Yangiliklar

13 yanvar 2021, 09:42

OAV: O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi muammolar tufayli Afg‘onistonda elektr taqchilligi yuz berdi

O‘zbekiston elektr stansiyalaridagi «texnik muammolar» tufayli Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan energiya quvvati 450 MVtdan 300 MVtgacha tushib ketdi. Afg‘on OAVlari buning natijasida Qobulning katta qismida elektr taqchilligi yuzaga kelganini aytmoqda. Hozirda quvvat 400 MVtgacha tiklandi. Energetika vazirligi shartnomada kelishilgan quvvatning 85 foizi miqdorida yetkazilayotganini tasdiqladi.

13 yanvar 2021, 00:18

Bog‘cha yoshidagi 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan

Respublikada mavjud bolalar bog‘chasiga 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi qatnaydi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 27,7 foiz bo‘lgan. Ular bilan esa jami 116 996 nafar pedagog shug‘ullanadi. Prezident 2023-yilda maktabgacha ta’lim qamrovini 75 foizga yetkazish topshirig‘ini bergan.

12 yanvar 2021, 22:49

O‘zbekistonda islom moliyasiga asoslangan nobank kredit tashkilotlari ochiladi

Markaziy bank islom moliyasi konsepsiyasini o‘z ichiga olgan nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Nobank tashkilotlarga ko‘proq xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.

12 yanvar 2021, 22:30

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi

Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatining 2020 yilgi sarhisobi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Oliy bosh qo‘mondon milliy harbiy san’at tarixini chuqur o‘rganib, qo‘shinlarning tayyorgarlik usul va uslublarini yanada takomillashtirish vazifasi qo‘ydi.

12 yanvar 2021, 21:33

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etiladi

Davlat rahbarining hududlarning huquq ustuvorligi indeksini joriy etishga oid qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, indeksni aks ettiruvchi 32 ta indikator hamda 182 ta mezon belgilab berilmoqda. Indeksni aniqlash natijalari har yili 1-mayga qadar aniqlanadi va OAVda e’lon qilinadi.

12 yanvar 2021, 17:55

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etish taklif etildi

Qonunchilik palatasi tomonidan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha agentlik tashkil etish bo‘yicha taklifi kiritildi. Shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarida salohiyatli ayollarni rahbarlik lavozimiga tayinlash buyicha kvotalash tartibi masalasi ham ko‘rib chikildi.

12 yanvar 2021, 17:54

O‘zbekistonda farzand asrab olishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati o‘zgartiriladi

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan farzandlikka olishni taqiqlash tizimini ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilash ko‘zda tutilmoqda.

12 yanvar 2021, 17:40

Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi

Turkiya politsiyasi tomonidan shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi. Unga nisbatan ilgari surilgan barcha gumonlar tasdig‘ini topmadi.

12 yanvar 2021, 17:12

Eski namunadagi qog‘oz pul va tangalarni almashtirish muddati 2022 yil 1 yanvargacha uzaytirildi

Eski namudagi banktnotalar va tangalarni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi.

12 yanvar 2021, 17:11

«Mening umuman aloqam yo‘q» — «Barakali qorako‘l chorvador» rahbari Jizzaxdagi uy qulashi haqida

«Barakali qorako‘l chorvador» fermer xo‘jaligi rahbari Jizzaxda qulab tushgan 6 qavatli uyning egasi ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. «Qurilish qilolmayman, deb ko‘chmas mulkni sotganman. Men uni begonalashtirdim, keyin umuman aralashmadim», — dedi fermer.

12 yanvar 2021, 16:07

Olis hududlardagi ishga jalb qilingan malakali mutaxassislarga qo‘shimcha to‘lovlar ajratiladi

Yetib olish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

12 yanvar 2021, 14:58

IIV sobiq xodimasi oradan 8 yil o‘tib, lavozimiga tiklandi

IIV sobiq xodimasi Xurshida Djalilova 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emasligi xulosasi bilan ishdan bo‘shatilgan. Ombudsman Oliy sud ishga tiklash bo‘yicha ajrim chiqargan bo‘lsada, nima sababdan ijrosi ta’minlanmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Uning natijasida IIV sobiq xodimasi 8 yil o‘tib, lavozimiga qayta tiklanishiga erishildi.

12 yanvar 2021, 14:23

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtiradi

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakat O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtirishini ma’lum qildi.

12 yanvar 2021, 12:46

Yangiyo‘l shahrida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Yangiyo‘l shahrida 12 yanvar kuni 06:00 dan 20:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilib, bir qancha hududlarda uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.

12 yanvar 2021, 12:27

Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Moskva shahrida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhi tuzishga kelishildi.

12 yanvar 2021, 12:09

Tashkent City’ga pullik kirish tartibi 31 martga qadar uzaytirildi

31 martgacha Tashkent City bog‘iga pullik kirish tartibi saqlanib qolishi ma’lum qilindi. Yangi buyruqqa asosan, ushbu uzaytirish bog‘ faoliyatini saqlab turish xarajatlarini qoplashga qaratiladi.

12 yanvar 2021, 11:31

Andijonda «Cobalt» tez tibbiy yordam mashinasiga urildi. Bir kishi vafot etgan

Andijon viloyatida «Cobalt» va tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. YTH natijasida «Damas» haydovchisi vafot etgan.

12 yanvar 2021, 11:05

Armanistonda karantin cheklovlari 6 oyga uzaytirildi

Armaniston hukumati koronavirusning tarqalishi tufayli karantin choralarini yarim yilga uzaytirishni qaror qildi. Ushbu qaror bilan birga ommaviy tadbirlarda 60 nafargacha ishtirokchilarga ruxsat berilgani bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.

12 yanvar 2021, 11:05 2

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.

12 yanvar 2021, 11:01

Andijonda suv ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etildi

Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining «Anjirzor» ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Hozirda ta’mirlash va sozlash ishlari yakuniga yetkazilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting