Yangiliklar

6 fevral 2021, 18:35

Buxoroda bozor ma’muriyati Bukhara News ishiga to‘sqinliq qildi

Buxorodagi markaziy bozor ma’muriyati vakillari «Bukhara News» nashri so‘rovnomasini videoga olayotgan xodimlarning ishiga to‘sqinlik qildi. Jurnalistning mikrofoni va telefoni olib qo‘yilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha AOKA tomonidan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va viloyat hokimligiga so‘rov yuborildi.

6 fevral 2021, 17:40

Farg‘ona viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Yozyovon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bag‘dod tumani hokimi boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.

6 fevral 2021, 15:01

Andijonda bank xodimi dehqon bozoridagi bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Andijon viloyatida bank filialining bosh mutaxassisi o‘tgan yilning dekabr oyidan, shu yilning yanvar oyigacha bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirib oldi. Bundan tashqari, fuqaro o‘z ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.

6 fevral 2021, 13:57

Andijonda yuk avtomashinasi 83 yoshli piyodani urib yubordi. Qariya vafot etdi

Andijon viloyatida «MAN» yuk mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan paytda, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolib harakatlangan. Oqibatda 83 yoshli piyoda mashina tagida qolib, vafot etdi.

6 fevral 2021, 13:40

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanida «YeQUINOX AT», «Kamaz» ga urilib, zarb natijasida yo‘l chetida turgan «Nexia» bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bundan tashqari, «Kamaz» boshqaruvni yo‘qotib TMA-1 binosiga urilgan. YTHning barcha ishtirokchilari shifoxonaga yotqizildi.

6 fevral 2021, 13:00

Farg‘ona shahri rahbariyati ishdan olindi

Farg‘ona shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar boshqarmasi va soliq inspeksiyasi rahbarlari prezidentning shahar mahallalaridan biriga rejasiz tashrifidan so‘ng o‘z vazifalaridan ozod etildi.

6 fevral 2021, 12:52

Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi

Halimjon Umarov Quva tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bundan avval viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

6 fevral 2021, 12:47

UzAuto Motors Equinox sotuvini to‘xtatdi

UzAuto Motors Equinox hozirgi avlodi sotuvi to‘xtatilishini e’lon qildi. Shartnoma asosida rasmiylashtirgan xaridorlarga mashinalar yetkaziladi.

6 fevral 2021, 12:26

Buxoroda portlagan uy noqonuniy qurilgan — Qurilish vazirligi

Buxoro shahrida portlagan uyning 7−8 qavatli etib qurilishi uchun tasdiqlangan konsepsiya loyihasi buzilib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar soni oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan ogohlantirish ham berilganligi aytilmoqda.

6 fevral 2021, 10:39

Nima tayyorlaymiz: tvorogdan tayyorlangan nonushta

Zira.uz nonushta uchun tvorogdan tayyorlangan 7 ta mazali va foydali retseptlar ro‘yxatini taqdim etadi.

5 fevral 2021, 22:53

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan adliya vaziriga o‘rinbosar etib Alisher Karimov tayinlandi. U bunga qadar vazirlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

5 fevral 2021, 21:28

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHning mamlakatga qabul qilinadigan qochqinlar sonini oshirgani, YeOIIda Qozog‘iston tajribasi asosida ta’lim sohasida yagona portal yaratilishi, Germaniyada konslagerning 95 yoshli sobiq kotibasiga ayblov hukmi chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

5 fevral 2021, 18:49

“Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn shaklda o‘tkaziladi

2021-yilgi davlat dasturiga muvofiq, “Tashkent Law Spring” ikkinchi xalqaro forumi onlayn tarzda o‘tkaziladi. Uning muddati 1 aprel etib belgilangan, biroq tashkiliy jihatdan forum sanasi o‘zgarishi ham mumkin. O‘tgan yilgi forum pandemiya sabab qoldirilgan edi.

5 fevral 2021, 17:24

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasining sobiq raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi. U 2004−2005-yillarda ham mazkur lavozimda faoliyat yuritgan.

5 fevral 2021, 17:15

San-Marino O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 136-davlatga aylandi

3 fevral kuni O‘zbekiston va San-Marino mamlakatlari o‘rtasida diplomatik aloqalari o‘rnatildi va ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish rejalari muhokama qilindi.

5 fevral 2021, 17:15

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Farg‘ona viloyatidagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning boshqaruv ofislari tashkil etiladi. 2021−2022 yillarda 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

5 fevral 2021, 16:43

«Hozircha hammasi ish bermoqda». Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev haqida

4 fevral kuni Belarus prezidenti Minsk shahrida missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisini qabul qildi. U O‘zbekiston rejalari to‘g‘risida Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashganda «ba’zan cho‘chishini» tan oldi.

5 fevral 2021, 16:30

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi. Uning o‘rinbosari lavozimiga esa Baxrom Kuchkarov saylandi.

5 fevral 2021, 16:16

Sobiq Jizzax shahar hokimi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Akbar Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi. U bundan avval Jizzah shahri xokimi vazifasida faoliyat yuritib, yanvar oyida lavozimdan ozod etilgan.

5 fevral 2021, 16:02

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun $2,5 mlrd jalb qilinadi — Abdulla Aripov

O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun yaqin ikki yil ichida 2,5 mlrd dollar jalb etiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir Abdulla Aripov Olmaota shahridagi forumda. Ushbu mablag‘lar mobil aloqani modernizatsiya qilish, elektron hukumatni rivojlantirish va boshqa vazifalarga sarflanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting