Yangiliklar

9 fevral 2021, 10:43

Andijon viloyatida $1,4 mlrd, Toshkent viloyatida $1,6 mlrdlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Andijon viloyatida trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 126 million yevrolik to‘qimachilik kompleksi ishga tushiriladi. Toshkent viloyatida velosipedlar ishlab chiqariladi. Shu va boshqa investitsiya loyihalari prezidentga taqdimot qilindi.

9 fevral 2021, 09:55

O‘qishga kiritib qo‘yish uchun 22,5 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shaxrizabzda 21 nafar fuqarolarni texnikumga kiritish uchun har biridan 5 ming AQSH dollari olgan shaxslar aniqlandi. Bundan tashqari, ular Qarshi davlat universitetiga ham o‘qishga kiritish va Toshkent shahridan uy olib berishni va’da qilib yana bir fuqarodan 17 ming 500 AQSH dollarini olgani ma’lum bo‘ldi.

8 fevral 2021, 21:34

Surxondaryoda bloger hibsga olindi. Advokat ish uydirilgan deb hisoblamoqda

Surxondaryo rahbariyatini tanqid qiluvchi bloger Otabek Sattoriy tovlamachilik yo‘li bilan telefonni qo‘lga kiritganlikda gumonlanib hibsga olindi. Huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Blogerning advokati ish uydirilgan deb hisoblamoqda. Vaziyatga deputat Rasul Kusherbayev va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi e’tibor qaratdi.

8 fevral 2021, 21:22

Jahon yangiliklari dayjesti

Parij sudining Fransiya hukumatini iqlim o‘zgarishiga befarqlik masalasida aybdor deb topgani, Damashqning Anqaraning Halab yaqinida turk universiteti filialini ochish qarorini noqonuniy deb topgani, Turkmaniston prezidentining teatrlarda «xalqning baxtli hayoti to‘g‘risida» spektakllar yo‘qligidan noroziligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

8 fevral 2021, 17:05

Zangiotada fermer xo‘jaligiga qarashli yerni 27,7 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Zangiota tumanida mashina traktor parki rahbari fuqaroga fermer xo‘jaligiga qarashli 30 sotix yerni 27,7 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Oldindan 10 ming 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

8 fevral 2021, 15:59

Hafta davomida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘irli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Juma kuniga kelib esa asosan kam bulutli ob-havo kuzatilib, ko‘proq bahor fasliga xos bo‘ladi.

8 fevral 2021, 15:43

Toshkentda «Cobalt» teplovoz bilan to‘qnashdi

Poytaxtda «Cobalt» avtomobili harakatlanib kelayotgan teplovoz bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.

8 fevral 2021, 15:32

Koronavirusga qarshi kurash uchun sarflangan mablag‘lar nima uchun ishlatilgan

2020 yilda O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga 4 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Xarajatlar dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va karantin zonalarini qurishga ajratilgani ma’lum qilindi.

8 fevral 2021, 14:07

«Tonirovka» ruxsatnomasini onlayn olish imkoniyati yaratilmoqda

1 apreldan avtotransport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati internet orqali — YAIDXP portalidan ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratilishi mumkin.

8 fevral 2021, 13:42

«Bu yo‘llar sharmandalik emasmi?» — Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yo‘l haqida

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmaganda tashrif buyurganda, bino va yo‘llarning nosozligini qattiq tanqid qildi. «Bu yo‘llar sharmandalik emasmi? Yo‘llarni sifatini qara. Men aytmasam nega qilmaysan shuni? Nimaga taklif bermaysan, hammang befarqsan?» deya prezident Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbariga murojaat qildi.

8 fevral 2021, 13:35

Toshkentda «SUM» qarshisidagi xiyobonda «Istiqlol» majmuasi qurilishiga qarshi imzo to‘planmoqda

Toshkentda «SUM» qarshisida joylashgan xiyobonda mustaqillikning 30 yilligiga atab «Istiqlol» majmuasi qurilishi bo‘yicha poytaxt ma’muriyati qaroriga qarshi imzo kampaniyasi boshlandi.

8 fevral 2021, 12:44

So‘xda aerodrom qurilishi boshlandi

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. 4,5 gektar yer maydonida quriladigan aerodromning uchish va qo‘nish maydonchasi 650 metr uzunlikka ega bo‘ladi. Loyiha qiymati 12 mlrd so‘mga baholangan.

8 fevral 2021, 12:29

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 530 so‘m etib belgilandi. Yevro ham biroz pasaydi, rubl kursi esa qimmatladi.

8 fevral 2021, 11:44

Rossiya OTMlarida o‘quvchi talabalarga mamlakatga kirishga hali ruxsat berilgani yo‘q — TIV

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya Federatsiyasi hududiga to‘sqinliklarsiz kirish huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmasligi haqida ogohlantirdi va o‘qishga qaytish uchun turli soxta hujjatlar tayyorlayotgan shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi.

8 fevral 2021, 10:27

Sardor Umurzakov ITB guruhi boshqaruvchilari kengashi raisi etib saylandi

Sardor Umurzakov Islom taraqqiyot banki guruhi boshqaruvchilari kengashi — bankning oliy boshqaruv organining raisi etib saylandi.

8 fevral 2021, 10:26

Buxoro tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

«Gazlineftqazibchiqarish» boshqarmasi kapital qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Rajabov Buxoro tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

8 fevral 2021, 10:24

Hindistonda muzlik ko‘chishi natijasida 170 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qoldi

Hindistonda muzlik ko‘chishi natijasida 14 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi, 170 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

8 fevral 2021, 10:20

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi. Bir kishi jarohatlandi

Toshkent shahrida 46 sonli yo‘nalishdagi MAN va 134 sonli yo‘nalishdagi Isuzu avtobuslari to‘qnashdi. Bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi.

8 fevral 2021, 10:15

12 ming AQSH dollariga jazoni yengillashtirishni va’da bergan IIB xodimlari qo‘lga olindi

Andijon viloyati katta tergovchisi va vaqtincha aqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi. Andijon viloyati IIB katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar olayotganda hibsga olingan. Ular suddagi tanishlari orqali shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun va bojxona qonunchiligini buzganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan jazoni yengillashtirishni va’da bergan.

8 fevral 2021, 09:45

Nukusda qurilish kompaniyasi asfalt yotqizishga ajratilgan 236,5 mln so‘mni talon-toroj qildi

Nukusda Granit Montaj Stroy qurilish kompaniyasi Nukus city hududida asfalt yotqizish hamda suv tarmoqlarini ta’mirlashga ajratilgan 246,1 mln so‘mni talon-toroj qildi. Kompaniya ishlarni to‘liq bajarmasdan, hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlarni kiritgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting