Yangiliklar

12 yanvar 2021, 16:07

Olis hududlardagi ishga jalb qilingan malakali mutaxassislarga qo‘shimcha to‘lovlar ajratiladi

Yetib olish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

12 yanvar 2021, 14:58

IIV sobiq xodimasi oradan 8 yil o‘tib, lavozimiga tiklandi

IIV sobiq xodimasi Xurshida Djalilova 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emasligi xulosasi bilan ishdan bo‘shatilgan. Ombudsman Oliy sud ishga tiklash bo‘yicha ajrim chiqargan bo‘lsada, nima sababdan ijrosi ta’minlanmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Uning natijasida IIV sobiq xodimasi 8 yil o‘tib, lavozimiga qayta tiklanishiga erishildi.

12 yanvar 2021, 14:23

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtiradi

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakat O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtirishini ma’lum qildi.

12 yanvar 2021, 12:46

Yangiyo‘l shahrida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Yangiyo‘l shahrida 12 yanvar kuni 06:00 dan 20:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilib, bir qancha hududlarda uzilishlar kuzatilishi ma’lum qilindi.

12 yanvar 2021, 12:27

Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Moskva shahrida Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhi tuzishga kelishildi.

12 yanvar 2021, 12:09

Tashkent City’ga pullik kirish tartibi 31 martga qadar uzaytirildi

31 martgacha Tashkent City bog‘iga pullik kirish tartibi saqlanib qolishi ma’lum qilindi. Yangi buyruqqa asosan, ushbu uzaytirish bog‘ faoliyatini saqlab turish xarajatlarini qoplashga qaratiladi.

12 yanvar 2021, 11:31

Andijonda «Cobalt» tez tibbiy yordam mashinasiga urildi. Bir kishi vafot etgan

Andijon viloyatida «Cobalt» va tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. YTH natijasida «Damas» haydovchisi vafot etgan.

12 yanvar 2021, 11:05

Armanistonda karantin cheklovlari 6 oyga uzaytirildi

Armaniston hukumati koronavirusning tarqalishi tufayli karantin choralarini yarim yilga uzaytirishni qaror qildi. Ushbu qaror bilan birga ommaviy tadbirlarda 60 nafargacha ishtirokchilarga ruxsat berilgani bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi.

12 yanvar 2021, 11:05 2

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.

12 yanvar 2021, 11:01

Andijonda suv ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etildi

Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi «Xonobod-Andijon» markaziy suv quvurining «Anjirzor» ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Hozirda ta’mirlash va sozlash ishlari yakuniga yetkazilgan.

11 yanvar 2021, 23:39

Temir yo‘l shlagbaumini aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki mashina to‘qnashib ketdi

Lokomotiv parki oldidagi temir yo‘l kesishmasida shlagbaumni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan «Nexia» haydovchisi boshqa bir mashinaga borib urildi. Natijada «Lacetti» haydovchisi muvozanatni yo‘qotib, mashina yon tomoni bilan turib qoldi.

11 yanvar 2021, 23:24

IIV tiktokerlarni ogohlantirdi

IIV TikTok platformasidagi videolar mualliflarini fuqarolarning osoyishtaligi va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish mayda bezorilik hisoblanishi va qamoq bilan jazolanishi haqida ogohlantirdi. Ota-onalarga murojaat qilib: «Farzandlaringizni nazorat qiling. Yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang», deya qayd etdi.

11 yanvar 2021, 20:29 1

Doniyor G‘aniyev Energetika vazirligi rahbariyatidan iste’foga chiqishini so‘radi

Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.

11 yanvar 2021, 19:16

Prezident «Forish» tog‘ poligoniga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Forish» tog‘ poligoniga tashrif buyurib, uning yangilangan infratuzilmasi va Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi.

11 yanvar 2021, 18:42 2

O‘zbekiston bo‘ylab ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarining yangi narxlari belgilandi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari (suv hisoblagichi borlar uchun) narxlari 1,5−3 baravargacha oshirildi. Navoiy viloyatida eng yuqori tariflar qayd etilmoqda.

11 yanvar 2021, 18:15

Yoshlar forumi va prezident murojaatida aytilgan tadbirlarni o‘tkazish uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ kerak bo‘ladi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yoshlar forumi va prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ zarur bo‘lishi mumkin.

11 yanvar 2021, 17:43

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi hali «Oskar» da ishtirok etishi mumkin — «O‘zbekkino»

Xalqaro «Oskar» mukofotiga O‘zbekiston nomidan nomzod sifatida tanlangan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi vaqtida taqdim etilmagani uchun ishtirokchilar ro‘yxatidan olib tashlandi. Film prodyusseri uni O‘zbekiston «Oskar» qo‘mitasiga o‘z vaqtida topshirganini ma’lum qildi. «O‘zbekkino» matbuot kotibi film hali «Oskar»da ishtirok etish imkoniyati borligini ta’kidladi.

11 yanvar 2021, 17:17

Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berib, bolalarni kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

Poytaxtdagi Shayxontohur tumanida noqonuniy diniy ta’lm beruvchi xujra aniqlandi. Unda ta’lim olayotgan voyaga yetmagan bolalar o‘qlov bilan urilgan. Ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limi uchun 150−200 dollar pul to‘lashgan.

11 yanvar 2021, 16:54

2020 yilda inflyatsiya darajasi 11,1 foizni tashkil etdi

2020 yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 15,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 8,8 foiz va xizmatlar 7,1 foizga qimmatlashdi — batafsil ma’lumotlar.

11 yanvar 2021, 16:39

Qozog‘istondagi parlament saylovlarida Nur Otan partiyasi g‘olib bo‘ldi

Parlament saylovlarida Qozog‘istondagi hukmron partiya Nur Otan 71,09% saylovchilar ovozi bilan g‘olib bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting