Yangiliklar

25 fevral 2021, 15:58

Qashqadaryoda «Jiguli» 15 yoshli qizni urib yubordi

Qashqadaryo viloyatida «Jiguli» haydovchisi yo‘lning katnov qismini kesib o‘tayotgan 15 yoshli qizni urib yubordi. Piyoda tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

25 fevral 2021, 15:03

Ikki nafar sirdaryoliklar Andijondan Mo‘ynoqqacha piyoda yo‘lga chiqdi

Ikki nafar sirdaryoliklar Andijondan Mo‘ynoqqa qarab piyoda yo‘lga chiqishdi, ular Navro‘zni qoraqalpoq xalqi bilan birga nishonlamoqchi. Havaskor sportchilar 15 fevral kuni Andijondan yo‘lga otlanib, 9 kun deganda Toshkentga yetib kelishdi.

25 fevral 2021, 14:49

Samarqandda xotini va uning o‘ynashini o‘ldirgan erkak 22 yilga qamaldi

Samarqandda xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan bo‘lgan erkakni savdo markazida pichoqlab o‘ldirgan fuqaroga 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

25 fevral 2021, 13:29

Pfizer/BioNTech vaksinasi 94 foizga samarali deb topildi

AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Isroildagi ommaviy vaksinatsiya jarayoni natijalariga ko‘ra, birinchi dozadan so‘ng samaradorlik 57%, ikkinchisidan so‘ng 94% deb topildi.

25 fevral 2021, 13:19

Yo‘l harakati xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif etildi

Yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga qarshi jinoyatlarni og‘ir jinoyat deb topish tavsiya etildi. Jinoyat kodeksining yangi tahririda bunday qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.

25 fevral 2021, 13:13

AQSH O‘zbekistonga mingga yaqin tilshunos o‘qituvchilarni yuboradi

Amerika Kengashlari tomonidan O‘zbekistonga ingliz tilini rivojlantirish uchun 1000 ga yaqin o‘qituvchilarning yuborilishi rejalashtirmoqda. 2022 yil oxirigacha respublika hududida ta’lim yarmarkasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, «English Speaking Nation» dasturi doirasida 15 mingdan ziyod o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

25 fevral 2021, 12:38

Toshkent avtovokzalidagi reyslar qayta tiklandi

Avvalroq noqulay ob-havo sharoiti sababli barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilingani haqida xabar berilgan edi. Hozirgi paytga kelib esa Toshkent avtovokzalidagi shaharlararo reyslar qayta tiklandi.

25 fevral 2021, 11:53

IELTS, TOEFL va boshqa xalqaro imtihonlarda yuqori ball olganlarga imtihon xarajatlari kompensatsiya qilinadi

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 1 maydan boshlab IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT imtihonlaridan yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishi kutilmoqda. 2022 yildan boshlab yana 12 ta xalqaro imtihon bo‘yicha ham ushbu tartib joriy etiladi. Kompensatsiya olish tartibi va har bir imtihon uchun minimal ko‘rsatkich haqida.

25 fevral 2021, 11:34

“Bu koronavirusdan battar” — Sherzod Kudbiyev “obnalchi"lar haqida

“„Obnalchi“ halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi”, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS bilan hisob-kitoblarni bekor qilish bo‘yicha yangi to‘lqin kutilayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “obnalchi” firmalarning umri keskin qisqardi.

25 fevral 2021, 11:28

Bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumanidagi 18 ta bankomatdan 7 oy davomida jami 2,3 mlrd so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

25 fevral 2021, 10:36

Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar qatnovi bekor qilindi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent shahridan qatnaydigan 25 fevral sanasidagi barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi.

25 fevral 2021, 01:46

2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilmoqda

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda 2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shu bois, 430 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali 3 mlrd kubmetr suvni tejash lozimligi ta’kidlandi.

25 fevral 2021, 01:28

Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga 24 trln so‘m yo‘naltiriladi

Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda bu yil Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga 24 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ma’lum qilindi. Bunda, birinchi marta, sabzavot yetishtirishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar berish uchun 300 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish nazarda tutilgan.

25 fevral 2021, 00:35

Toshkentda yangi yo‘llar quriladi, yopilganlari qayta ochiladi va mavjudlari kengaytiriladi — IIV

Prezidentning poytaxt ko‘chalarini kengaytirish bo‘yicha bergan topshirig‘idan so‘ng, IIV tomonidan poytaxtda kengaytiriladigan ko‘chalar, qayta ochiladigan yo‘llar hamda yangi qurish reja qilingan yo‘nalishlar ro‘yxati e’lon qilindi. Batafsil.

24 fevral 2021, 23:55

«O‘zbekiston temir yo‘llari» «Shovvozsoy» dam olish maskani bo‘yicha izoh berdi

«Shovvozsoy» dam olish maskani nafaqat temiryo‘lchilarga, balki, prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, respublika aholisi va chet ellik investorlarga xizmat ko‘rsatadi, deya bayonot berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari».

24 fevral 2021, 21:13

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainaning MDHning havo makoni to‘g‘risidagi shartnomasidan chiqayotgani, Belarusda muhim tovarlar narxlariga cheklovlar qo‘yilgani, Xitoy sudining fuqaroga uy ishlari uchun rafiqasiga pul to‘lashni buyurgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 fevral 2021, 18:42

“Avvalgi yil bilan juda katta farq bo‘lmaydi”. DTM — 2021-yilgi fanlar majmuasi haqida

Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabovning ma’lum qilishicha, “hozirda Davlat test markazi va tegishli vazirliklar bilan birgalikda fanlar majmuasi ishlab chiqilgan. Avvalgi yil bilan solishtiradiganda, juda katta farq bo‘lmaydi”. Fanlar majmuasi kechikayotganiga blogerlar o‘z munosabatini bildirdi.

24 fevral 2021, 18:07 1

Internet savdogarlar o‘z faoliyati boshlagani to‘g‘risida soliq organlariga xabar berishi majburiy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab internet (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar) orqali savdo qiladiganlar ish boshlagani to‘g‘risida soliq organlariga xabar berishlari va maxsus raqamli kodlarni olishlari shart bo‘ladi. Ushbu tartib soliq yig‘imini 196 mlrd so‘mga oshirishi kutilmoqda.

24 fevral 2021, 17:58

Suv tejovchi texnologiyadan foydalanganlarga subsidiyalar beriladi

Suv tejovchi texnologiyadan foydalangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar beriladi. Biroq, besh yilgacha bo‘lgan muddatda texnologiya ishlatilmasa, yillar kesimida subsidiyaning 100 foizidan 20 foizgacha miqdori qaytarib olinadi. Texnologiyadan foydalanmaslik holati haqida video tasvirlarni yuborgan shaxslar rag‘batlantiriladi.

24 fevral 2021, 17:46

Toshkentda tirbandliklar yuzaga kelayotgan o‘ndan ortiq ko‘chada qo‘shimcha harakat yo‘nalishlari ochiladi

Prezident Toshkentda tirbandliklar yuzaga kelayotgan o‘ndan ortiq ko‘chada qisqa muddatlarda qo‘shimcha harakat yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha topshiriq berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting