Yangiliklar

26 mart 2020, 13:11

Andijon shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi

27 martdan Andijon shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar ikki oy davomida xizmatlardan uzilmaydi.

26 mart 2020, 12:41

Koronavirusga qarshi kurashish uchun kasalxonalar qurilishi boshlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun shifoxonalar qurilishi boshlandi. Ulardan birinchisini 5 kun ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

26 mart 2020, 12:00

1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

YATTlar uchun ijtimoiy soliq miqdorining kamaytirilishi, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelganlarning fuqaro deb tan olinishi, yer uchastkalarini dehqonchilik uchun ochiq tanlov orqali ajratish tajribasi va boshqalar — 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

26 mart 2020, 11:24

Shoir Oxunjon Hakimov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

26 mart 2020, 11:16

O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

Tojikiston hududida sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa shaharlarda ham sezildi. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 balni tashkil etdi.

26 mart 2020, 11:08

Koronavirus: Infeksiya aniqlanganlar soni 65 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda.

26 mart 2020, 00:09

O‘zbekistonda Covid-19 koronavirus bemorlari soni 60 kishiga yetdi

Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Koronavirus bemorlari soni 60 kishiga yetdi.

25 mart 2020, 23:59

Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi

26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ikki oy davomida kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar xizmatlardan uzilmaydi.

25 mart 2020, 22:26

Yana uch fuqaroda koronavirus aniqlandi

Xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch fuqaroda COVID-19 aniqlanib, holatlar soni 59 taga yetdi. 25 mart kuni jami 9 kishining virus yuqtirgani tasdiqlandi.

25 mart 2020, 18:53

Mazmunli karantin — #01

«Gazeta.uz» karantin davomida unumli vaqt o‘tkazishingiz uchun «Mazmunli karantin» loyihasini boshladi. Loyiha davomida o‘zbek tiliga tarjima qilingan TED chiqishlari va TED-Ed darslari taqdim etib boriladi.

25 mart 2020, 18:47

Rubl qadrsizlanishining so‘mga ta’sir etmayotgani sabablari tushuntirildi

Markaziy bank rubl va tengening qadrsizlanayotgani so‘mning almashinuv kursiga ta’sir ko‘rsatmayotgani sabablarini sanab o‘tdi. Xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning pasaygani, bank kreditlariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada kamayishi shular jumlasidan.

25 mart 2020, 18:15

Davlat obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar foydalanmagan davr uchun to‘lovlardan ozod qilindi

Davlat mulki obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar karantin sababli foydalanilmagan davr uchun ijara to‘lovidan ozod qilindi.

25 mart 2020, 17:57

So‘rov: Respondentlarning 54 foizi oziq-ovqat mahsulotlar narxlari oshganini ma’lum qildi

«Ijtimoiy fikr» so‘rov o‘tkazgan 54 foiz respondentlar oziq-ovqat mahsulotlari narxlari koronavirus sababli oshganini ma’lum qildi. Ayniqsa, Buxoro, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari aholisi narx oshganini qayd etgan.

25 mart 2020, 17:13

Ai-92 markali benzin narxi pasaydi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi Ai-92 markali benzin narxini 200 so‘mga pasaytirdi. Neft mahsulotlari narxi bosqichma-bosqich arzonlashishi kutilmoqda

25 mart 2020, 17:03

Koronavirus aniqlanganlar soni 56 nafarga yetdi

Xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Jami bemorlar soni 56 nafarga yetdi.

25 mart 2020, 16:26

Koronavirus bemorlari orasida turli hududlardan fuqarolar bor

Hozirda 55 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ular orasida Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari va poytaxtdan bo‘lgan fuqarolar bor.

25 mart 2020, 16:03

IIV chiqindixonadan tibbiy niqoblar yig‘ib yurgan erkak haqida ma’lumot berdi

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati chiqindi to‘kish joyidan tibbiy niqoblar yig‘ayotgan kishi bilan bog‘liq videoni o‘rganib chiqdi va tibbiy mahsulotlar qayta sotilmaganini ma’lum qildi. Vazirlik fuqarolardan foydalanilgan tibbiy niqoblarni imkon qadar yo‘q qilish yoki yaroqsiz holga keltirishni so‘radi.

25 mart 2020, 15:12

Surxondaryoliklar uyidan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar topildi

Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.

25 mart 2020, 14:16

O‘zbekistonda biznes «fors-major» rejimiga o‘tmoqda

Koronavirus sababli tadbirkorlarga Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish boshlandi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin.

25 mart 2020, 14:08

Karantin qoidalariga rioya qilmagan 67 kishi javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga rioya qilmagan 64 kishi ma’muriy, 3 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting