Yangiliklar

29 aprel 2021, 14:05

O‘zbekiston Hindistonga gumanitar yordam ko‘rsatadi

O‘zbekiston Hindistonga koronavirus bilan kurashish uchun «Remdesivir» preparati, etil spirti, mobil kislorod konsentratori to‘plamlarini yuboradi. Mamlakatda hozirda og‘ir epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda.

29 aprel 2021, 13:29

«Asosiy mansabdor shaxslarni tayinlashni saylovlar orqali qilar edim» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev davlat xizmatini isloh qilish to‘g‘risida gapirib, prokurorlar, sudyalar va ichki ishlar organlari boshliqlarining tayinlovini saylovlar orqali tashkillashtirgan bo‘lishini aytdi. «Odamlar tayyor. Xalq prezidentni, deputatni saylaydi-ku», — dedi u.

29 aprel 2021, 13:21

Kunlik ishchilar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun «Mening ishim» onlayn-maydoni ishga tushiriladi

Prezident qarori bilan joriy yilda 457 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, kunlik ishchilar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun «Mening ishim» onlayn-maydoni ishga tushiriladi. Ularning faoliyat turlari hamda xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar platforma orqali bepul e’lon qilib boriladi.

29 aprel 2021, 13:13

Zoyir Mirzayev koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev COVID-19ga chalindi.

29 aprel 2021, 12:32

Qirg‘iz-tojik chegarasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara hududida nizoli vaziyat yuzaga kelib, ikkala tomon mahalliy aholisi bir-biriga tosh otdi. Umumiy 11 kishi jarohatlanganligi aytilmoqda. Tomonlar nizo kelib chiqishida bir-birlarini ayblashmoqda. Qirg‘izistonning 3 ta qishlog‘ida favqulodda vaziyat joriy etildi.

29 aprel 2021, 12:31

Ulug‘bek Toshxo‘jayev Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi

Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ulug‘bek Toshxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori etib tayinlandi.

29 aprel 2021, 12:11

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasiga Volkswagen homiylik qiladi

Volkswagen brendi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasi o‘z homiysiga aylanadi. Volkswagen barcha translyatsiyalar, tijorat bannerlari, shuningdek reklama va media-mahsulotlardan o‘rin egallaydi.

29 aprel 2021, 11:35

Toshkentda YTH ga uchragan Lacetti haydovchisi voqea joyida vafot etdi

Toshkent shahrida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan. Natijada, haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

29 aprel 2021, 10:29

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Nodir Erkayev Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

29 aprel 2021, 10:08

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Davlat rahbarining Turkmaniston prezidentining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

29 aprel 2021, 09:53

Turkmanistonda «prezident imijini buzmaslik» uchun do‘konlarda navbat hosil qilish taqiqlandi — OAV

Turkmanistonning Turkmanobod shahrida «prezident imijini buzmaslik» uchun do‘konlar oldida odamlarning yig‘ilishi taqiqlanganligi aytilmoqda. Mahalliy aholi do‘konda 4 kishidan ko‘proq odam to‘plansa, politsiya hibsga olish bilan tahdid qilayotganligini ta’kidlamoqda.

29 aprel 2021, 09:35

Pullar xalqqa borishi kerak, amaldorlarning cho‘ntagiga emas — Tanzila Norboyeva

«Byudjet puli, bu — xalqning puli. Bu xalqqa borishi kerak, qandaydir amaldorlarning cho‘ntagiga borishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar shunday bo‘layotgan bo‘lsa, ularga ayovsiz qonuniy chora ko‘rishni ta’minlashimiz kerak», — dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva

28 aprel 2021, 23:24

Metroda yo‘lovchilar huquqlari buzilayotgani o‘rganilmoqda

«„Poytaxt yer ostidagi“ voqealar xizmat ko‘rsatuvchining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganiga dalolat bermoqda», — deya ma’lum qildi MQKQ huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi.

28 aprel 2021, 23:07

O‘zbekiston va Ukraina may oyida aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

May oyida O‘zbekiston va Ukraina to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, haftasiga 2−3 ta reys amalga oshiriladi. Vazir Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlariga reyslar bekor qilinganiga ham izoh berdi.

28 aprel 2021, 21:07

BuxDTIda davlat xaridlaridagi qonunbuzarliklar tasdig‘ini topdi

Korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish idoralari Buxoro davlat tibbiyot institutida davlat xaridlari jarayonida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini tasdiqladi. OTM rektor va shartnoma tuzilganidan keyin noshirlik litsenziyasini olgan kompaniya xodimasi muallifligidagi kitoblarni sotib olgan. Xizmat mashinalari uchun ortiqcha sarflangan gaz xarajatlari sobiq rektor Amrillo Inoyatov (hozirda SSV rahbarining birinchi o‘rinbosari) va amaldagi rektor Shuhrat Teshayevdan undirilgan.

28 aprel 2021, 20:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Nursulton Nazarboyevning Qozog‘iston xalqi Assambleyasini boshqarish huquqini amaldagi prezidentga topshirgani, Kipr hukumatining noqonuniy ravishda 3,5 mingta «oltin pasport» bergani, Rossiyaning Boltiqbo‘yi davlatlari va Slovakiya diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

28 aprel 2021, 19:11

Metro to‘xtab qolgani yuzasidan ishchi guruh tuzildi — O‘zbekiston temir yo‘llari AJ

Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qolgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi. Metro texnik nosozlik sabab to‘xtab qolgani aytildi hamda vaziyatga oydinlik kiritish uchun tezkorlik bilan ishchi guruh tuzilganligini ma’lum qilindi.

28 aprel 2021, 18:48

O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari strategik hamkorlik dasturini imzoladilar

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Buxoroda 2021−2025 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturini imzoladilar. RF mudofaa vaziri O‘zbekistonga fashizm ustidan erishilgan g‘alabada o‘zbek xalqining hissasi to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini tortiq qildi.

28 aprel 2021, 18:31

Navoiyda bir ayol uch yashar qizini sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida uch yoshli qizini 60 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.

28 aprel 2021, 18:17

“Novza” metro bekati yaqinida poyezd to‘xtab qoldi, yo‘lovchilar bekatgacha relslardan yurib borgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qolgani va metro yo‘lovchilari bekat tomon tunnel bo‘ylab piyoda ketishgani to‘g‘risida video tarqaldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting