Yangiliklar

8 avgust 2018, 18:23

Bojxona tizimida 5215 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 69,9 milliard so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi

Ayni paytda 2018 yil 1 noyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda.

8 avgust 2018, 18:07

«O‘zbektelekom» bosh direktori almashdi

Shuhrat Qodirov yana «O‘zbektelekom» rahbari bo‘ldi. Avvalgi rahbar Farhod Roziyev esa kompaniyaning tijorat direktori lavozimini egalladi.

8 avgust 2018, 17:56

Respublika bo‘ylab 1325 ta maktab yarmarkalari tashkil etiladi

10 avgustdan 10 sentyabrgacha respublika bo‘ylab 1325 ta maktab yarmarkalari tashkil etiladi. 26 turdagi zaruriy o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi tashkil etiladi.

8 avgust 2018, 17:49

USAID Toshkent viloyatida intensiv bog‘ni ishga tushirdi

USAID 0,5 gektarli namunali olma bog‘ini yaratdi va bozorda talab yuqori bo‘lgan «Golden Delicious», «Star Crimson», va «Saltanat» kabi mahsuldorligi va qiymati yuqori bo‘lgan olma ko‘chatlari bilan ta’minladi.

8 avgust 2018, 17:34

TXVU talabasi Davlat turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi Saidakbarxon Akbarov Davlat turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.

8 avgust 2018, 17:16

Toshkent viloyatida 15 nafar o‘qituvchi majburiy mehnatga jalb qilindi

Yangiyo‘ldagi 13-maktab rahbariyati o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan. Adliya vazirligi maktab ma’muriyatiga chora ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi.

8 avgust 2018, 16:22

Mudofaa vazirligida Tojikiston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

8 avgust 2018, 15:56

Ravshan G‘ulomov Davlat raqobat qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi

Davlat raqobat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Ravshan G‘ulomov Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentiga rahbar bo‘ldi.

8 avgust 2018, 14:57

Sergeli tumanidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Sergeli tumanining Choshtepa ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sababli yong‘in yuz berdi.

8 avgust 2018, 14:45

Brigadalar va alohida batalonlarda «harbiy psixolog» lavozimi joriy etildi — Qurolli Kuchlar

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

8 avgust 2018, 12:46

ID-kartalar pasport o‘rnini egallamaydi

IIV taqdim etgan hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarida ikkita — milliy va xorijga chiqish pasporti bo‘ladi.

8 avgust 2018, 11:48

«Hukumat soati"da turizmni rivojlantirish borasidagi ishlar muhokama etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar birlashmalarining taklifiga binoan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari deputatlarga axborot berish uchun taklif etildi.

8 avgust 2018, 11:45

Maktablar qurilishi va ta’mirlanishi onlayn monitoring qilinadi

Xalq ta’limi vazirligi maktablardagi qurilish va ta’mirlash ishlarini onlayn monitoring qilish tizimini ishga tushirdi.

8 avgust 2018, 11:29

Qalbay Turdiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlandi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatri direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Qalbay Turdiyev Qoraqalpog‘iston Madaniyat vaziri etib tayinlandi.

8 avgust 2018, 11:13

Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qamoqqa olindi

Toshkent shahar IIBB PPX va JTSBB Bosh boshqarma boshlig‘i Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan IIBB HPB katta inspektori qamoqqa olindi.

8 avgust 2018, 10:25

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki chegara uchastkasi bo‘yicha Bayonnoma imzolandi

2018 yilning 1−7-avgust kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati delegatsiyalari ishchi guruhlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

8 avgust 2018, 10:13

«O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida» va «Ijara to‘g‘risida"gi qonunlar juda eskirib ketdi — Adliya vazirligi

Adliya vazirligi «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida» va «Ijara to‘g‘risida"gi qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni taklif etmoqda.

8 avgust 2018, 10:02

Hafta davomida 160 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

30 iyuldan 5 avgustgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida YTH oqibatida 44 nafar fuqaro halok bo‘lib, 142 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

8 avgust 2018, 09:43

895 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi, 48 nafari imtihondan chetlatildi

Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamda nazoratchilar tomonidan nazorat yanada kuchaytirildi.

7 avgust 2018, 23:50

Tojikistonning Somon Air aviakompaniyasi Buxoroga ilk parvozni amalga oshirdi

Tojikistonning Somon Air aviakompaniyasi Dushanbedan Buxoroga texnik-tanishuv parvozini amalga oshirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting