Yangiliklar

25 may 2021, 11:26

Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.

25 may 2021, 11:23

Malayziyada 2 ta metro poyezdi to‘qnashdi, 200 dan ortiq qishi jarohatlandi

24 may kuni kechqurun Kuala-Lumpurda yer osti tunnelida ikkita metro poyezdi to‘qnashdi. 213 kishi jabrlandi, ulardan 47 nafarida og‘ir jarohatlar qayd etilgan.

25 may 2021, 11:10

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

DSQ Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Jaxongir Abdiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimi etib tayinlandi.

25 may 2021, 10:50

Qurilish vazirining o‘rinbosari o‘zgardi

Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan O‘ktam To‘rayev qurilish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

25 may 2021, 10:16

Shoazim Minovarov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Shoazim Minovarov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori hisoblanadi.

25 may 2021, 09:30

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosini nazorat qilish uchun elektron dastur yaratildi

«Obod qishloq», «Obod mahalla» va boshqa dasturlar doirasida qishloq va mahallalarda amalga oshiriladigan qariyb 21 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarni onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, dasturlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun esa maxsus telegram bot ishlab chiqildi.

25 may 2021, 00:26

25 may kuni velomarafon sabab Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi

Seshanba kuni poytaxtda «Mo‘ynoqqa madad» xayriya velomarofoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 9:30 dan 11:30 gacha ayrim ko‘chalar harakat uchun yopiladi.

24 may 2021, 23:55

Maktabgacha talim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov lavozimidan ozod etildi

Prezident ishtirok etgan yig‘ilishda o‘z faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Qahramon Olimov lavozimidan ozod etildi. Vazirning boshqa o‘rinbosarlari hamda vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari boshliqlari o‘z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi.

24 may 2021, 22:15

«Men sizlarga ishonaman, mening yosh do‘stlarim!». Prezident bitiruvchilarni tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta mamlakat maktablari bitiruvchilariga tabriknoma yo‘lladi. Bu yili qariyb 438 ming nafar o‘quvchi yoshlar yetuklik shahodatnomalarini qo‘lga olishadi.

24 may 2021, 21:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Litvaning Belarus havo hududi orqali havo qatnovlarni taqiqlagani, Hindistonda zamburug‘ning xavfli turini yuqtirish holatlarining ko‘payib borayotgani, Albert Eynshteyn maktubining 1,2 mln dollarga sotilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 may 2021, 20:30

24 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Mukofotlangan bosh vazir, Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlanishi, Toshkentdagi kuchli yomg‘ir oqibatlari, Qashqadaryodagi majburiy mehnat, Shavkat Mirziyoyevning ushbu haftadagi ish grafigi — «Gazeta.uz»ning 24 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

24 may 2021, 17:27

Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarni «Domodedovo» aeroportiga ko‘chirdi

15 iyundan boshlab Uzbekistan Airways Moskvaga reyslarni «Domodedovo» aeroportiga ko‘chirdi. Aviakompaniyaning xabar berishicha, bu qaror qulaylikni ta’minlash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilash maqsadida qabul qilingan.

24 may 2021, 17:23

O‘zi e’tiqod qilayotgan tushunchani hammaga qabul qildirishga urinish noto‘g‘ri — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov «san’atni harom deb e’tiqod qilish — dinni yaxshi tushunmaslik, hovliqmalikdan» deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «dinni yaxshi bilmasdan va tushunmasdan turib, jamoat oldida, minbardan turib dindan gapirish uchun, kamida 25 yillik bilim olgan bo‘lish kerak».

24 may 2021, 17:16

«Navbat O‘zbekistonga». Prezident saylovi oldidan YeXHTning maxsus missiyasi Toshkentga keldi

Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida YeXHTning maxsus missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Missiya bo‘lajak prezident saylovini DIIHB tomonidan kuzatishga zarurat bor yoki yo‘qligini o‘rganadi. «Agar bunga zarurat bo‘lsa, bo‘lajak kuzgi saylovlarda missiyani aynan qaysi formatda joylashtirish kerakligi haqida hulosa beramiz», — dedi missiya vakili Aleksey Gromov.

24 may 2021, 16:39

Angrendagi yirik avariyada 7 kishi halok bo‘ldi va 14 kishi jarohatlandi (yangilandi)

Toshkent viloyatining Angren shahrida MAN yuk mashinasi va yettita yengil mashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, 14 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

24 may 2021, 16:36

O‘zbekistonliklar Amazon`da savdo qilishlari mumkin

O‘zbekiston eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazon`da savdo qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Sotishni boshlash uchun tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z shaxsiy kabinetlarini o‘rnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘shishlari, bank hisob-raqami va xalqaro to‘lov kartalarini ochishlari kerak.

24 may 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 596,76 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarilgan, rubl esa biroz pasaygan.

24 may 2021, 15:00

Toshkentda xorijda ta’lim olish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi

26 may kuni Toshkentda QS World University Rankings reytingiga ko‘ra top 300 talikka kiruvchi AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya OTMlariga o‘qishga kirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Seminar doirasida Navitas Ltd xalqaro OTMlar assotsiatsiyasi eksperti Nikita Shileyev abituriyentlarning savollariga javob beradi.

24 may 2021, 14:39

Haftaning ikkinchi yarmi jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda

Shu kunlarda bir qator viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lib, shamol kuchayishi mumkin. Haftaning o‘rtalaridan boshlab mamlakatga juda iliq havo kira boshlaydi, kunduzgi harorat + 34 … + 37 darajaga ko‘tariladi.

24 may 2021, 13:17

Samarqandda elektr tarmog‘idagi uzilish sabab tramvay ikki soatga to‘xtab qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tramvay elektr tarmog‘idagi uzilish sabab to‘xtab qolgani va yo‘lovchilar tomonidan siljitib harakatga keltirilgani yuzasidan izoh berildi. Unda ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar tramvay boshqa yo‘nalishdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uchun itarib, chorrahani bo‘shatib qo‘yishga ko‘maklashishgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting