7 iyun, yakshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

25 may 2020, 16:12

O‘zbekistonda yangi madrasa ochildi

Termizda yangi madrasa — “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi tashkil etildi. Bu yerda o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi. 2020−2021 o‘quv yili uchun qabul 15 iyundan boshlanadi.

25 may 2020, 14:59

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 9,7 so‘mga qimmatlashib, 10139 so‘mga yetdi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta arzonlashgan edi.

25 may 2020, 14:27

Eski propiska tizimi 1 sentyabrgacha amalda bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va poytaxt viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom 1 sentyabrdan kuchga kiradi. Ungacha propiska to‘g‘risidagi eski nizomga amal qilinadi.

25 may 2020, 14:14

Isroil bosh vaziri sud oldida javob bermoqda

Isroilda Benyamin Netanyaxu ustidan sud jarayoni boshlandi. Mamlakat tarixida ilk bor amaldagi bosh vazir sud qilinmoqda.

25 may 2020, 13:58

“Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi

Toshkentdagi respublika “Ipoteka bank” xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari 14 kunlik karantin nazoratiga, qolgan hamkasblari esa o‘z uylarida tibbiy nazoratga olingan.

25 may 2020, 13:15

Issiq ob-havo hafta oxiriga qadar saqlanib turadi

O‘zbekistonda kuzatilayotgan issiq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. Kunduzgi harorat +34…+39 darajani tashkil etadi.

25 may 2020, 12:51

DSQning boshqa xodimlarida koronavirus aniqlanmadi

Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan olingan COVID-19 test tahlillari natijalari manfiy bo‘lib chiqdi. DSQ Markaziy apparati karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi.

25 may 2020, 12:25

Andijon viloyatida 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi

2021 yil yakuniga qadar Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida jami 16 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochiladi. Ularda, jumladan, yoshlarni o‘qitish va axborot texnologiyalari yo‘nalishida har yili 5 mingdan ziyod o‘qituvchilar malakasi oshiriladi.

25 may 2020, 11:52

Janubiy Koreyadan yana bir insonparvarlik yordami yetib keldi

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga tibbiy karavotlar partiyasi yetkazib berildi. Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq bo‘lgan yana bir qism insonparvarlik yuklarining kelishi kutilmoqda.

25 may 2020, 11:30

«O‘zagrosug‘urta» qorako‘llik tadbirkorga qariyb 1 mlrd so‘m to‘ladi

«O‘zagrosug‘urta» AJ Buxorodagi tabiiy ofat oqibatida viloyatning qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari yuzasidan jami 2,7 mlrd so‘m to‘lab berdi. Xususan, kompaniyada mol-mulkini sug‘urtalagan qorako‘llik fermerga kuchli shamoldan yetkazilgan zarar uchun qariyb 1 mlrd so‘m qoplab berildi.

25 may 2020, 10:15

Koronavirus bemorlari soni 3180 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 3180 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (6), Qoraqalpog‘istondа (4), Samarqandda (5) va Toshkent viloyatlarida (1) qayd etildi. Respublikada infeksiyadan 602 kishi davolanmoqda, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

23 may 2020, 23:07

DSQ huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi. Hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda.

23 may 2020, 21:54

Prezident: “Bugungi qiyinchiliklar albatta o‘tib ketadi”

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti tabrigida bu yilgi Ramazonda sabru qanoat, shukronalik, ruhiy poklanish, mehr va ko‘makka muhtojlarga yanada e’tiborli bo‘lish, savobli amallar qilishdek olijanob fazilatlar har qachongidan ham yaqqol namoyon bo‘lganini ta’kidladi.

23 may 2020, 18:19

Keyingi ikki hafta ichida yana 17 ta charter reys tashkil etiladi

Chet eldan vatandoshlarni olib kelish uchun yana 17 ta charter reysi jadvali e’lon qilindi. Keyingi ikki hafta ichida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Donu, Istambul, Qohira va Sharjadan O‘zbekiston fuqarolarini olib keladi.

23 may 2020, 15:58

«O‘rikzor» bozori karantinga yopildi

Toshkentdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, bozor vaqtinchalik yopildi.

23 may 2020, 15:47

Karantin vaqtida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi borasida tushuntirish berildi

Musulmonlar idorasi nima uchun karantin vaqtida Ramazon hayiti namozini o‘qish musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishiga aniqlik kiritdi. Shuningdek, koronavirus yuqtirish ehtimoli borligi uchun hayit bayramini nishonlashda karantin choralariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi.

23 may 2020, 14:45

25 mayda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» onlayn-tadbiri bo‘lib o‘tadi

Bitiruvchilar uchun «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbiri bu yil onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi, uni Uzreport TV telekanali, Toshkent shahar hokimligi va Xalq ta’limi vazirligi tashkillashtirishmoqda. Tadbirni 25 may soat 8:30 dan boshlab tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

23 may 2020, 14:27

Sement importi bo‘yicha cheklov bekor qilindi

Sement importi bo‘yicha qo‘yilgan cheklov bir oy o‘tib olib tashlandi.

23 may 2020, 01:11

Sardoba suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olindi

Bosh prokuratura Sardoba suv ombori bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ikki kishining gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb etilganini ma’lum qildi. Ular qamoqqa olingan.

22 may 2020, 23:26

Yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi

Toshkentda yer usti metrosi ustunlari yaqinida yer o‘pirilishiga suv quvuri ustiga o‘rnatilgan P shaklidagi himoyalovchi beton plitaning yuk mashinalari og‘irligini ko‘tara olmasdan sinib ketgani sabab qilib ko‘rsatildi.