Yangiliklar

31 mart 2021, 17:53

AOKA blogerlar va internet nashrlarining chiqishlari bo‘yicha xulosalarini tayyorlamoqda

AOKA 28 mart kuni kaltaklangan bloger Miraziz Bozorovning xatti-harakatlari to‘g‘risida alohida xulosa tayyorlaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, LGBT va so‘nggi kunlardagi voqealar haqida fikr bildirilgan jamiyat va internet faollari pozitsiyalari yuzasidan xulosalarini e’lon qiladi.

31 mart 2021, 17:44

Tuman hokimlarining oyligi 5−6 mln atrofida — Sergeli hokimi

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning aytishicha, tuman hokimlarining oylik maoshi 5 mlndan 6 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u o‘ziga xodimlari bilan bir hil miqdorda rag‘bat puli ajratishini aytib o‘tdi.

31 mart 2021, 16:55

«U qaror qabul qilishda demokrat». Sergeli hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev haqida

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Toshkent shahar rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishlash tartibi va shaxsiy sifatlari haqida so‘zlab berdi. «U chapani odam va tadbirkorlarga xos fikrlaydi», dedi u.

31 mart 2021, 16:32

O‘zbekistondagi masjidlar Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorlanmoqda

Ramazon oyining kirib kelishiga respublika bo‘ylab masjidlarda tayyorgarliklar boshlandi. Taroveh namozlari uchun shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida 10 aprelda «Ozodalik kuni» o‘tkaziladi.

31 mart 2021, 16:13

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmi kursi 10,68 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 485,66 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

31 mart 2021, 16:00

Konteynerga ko‘chib o‘tish uchun ayb ish qilganim yo‘q — Sergeli tumani hokimi

Sergeli tumani hokimi konteynerga ko‘chib o‘tmasligini va bu uchun «ayb ish qilmaganini» ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, prezident hamma konteynerga ko‘chish kerakligi haqida aytmagan. «Lekin odamga ishlashi va yashashi uchun konteyner qulay bo‘lsa, nega unday qilmasligi kerak?» — dedi tuman hokimi.

31 mart 2021, 15:06

Yana 3,5 million xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelinadi — Sog‘liqni saqlash vaziri

O‘zbekistonga may-iyun oylarida COVAX dasturi doirasida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida 3,5 million doza o‘zbek-xitoy vaksinalari olib kelinadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.

31 mart 2021, 12:57

BMT sodir bo‘lgan «xavotirli voqealar»ni xolis tergov qilishga chaqirdi

BMTning O‘zbekistondagi jamoasi O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralarini o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lgan xavotirli voqealar yuzasidan xolis tekshiruv o‘tkazishga chaqiradi.

31 mart 2021, 12:33

Prokuratura Andrey Kubatinning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish ochishni rad etdi

Sharqshunos olim Andrey Kubatin koronavirus asoratlari tufayli vafot etganidan so‘ng, uning opasi Zangiota kasalxonasi tibbiyot xodimlarining harakatlarini baholashni prokuraturadan so‘ragan edi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, tashxis to‘g‘ri qo‘yilgan va davolash Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyalari asosida amalga oshirilgan.

31 mart 2021, 11:57

Ommaviy tartibsizlik va zo‘ravonlikka da’vat qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Ommaviy tartibsizliklar va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga chaqirganlar 100 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin bo‘ladi.

31 mart 2021, 11:44

Qonunchilik hujjatlarini buzishga da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun bilan belgilangan yangi tartibga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarini bajarmaslikka yoki buzishga da’vat qilganlik uchun 20 mln so‘mgacha miqdorda jarima qo‘llaniladi.

31 mart 2021, 11:32

Prezidentni internetda haqoratlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Internetda O‘zbekiston prezidentini haqoratlaganlik yoki unga tuhmat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

31 mart 2021, 11:02

O‘zbekistonda ko‘chma kinoteatr platformasi yo‘lga qo‘yildi

Viloyatlar bo‘ylab harakatlanuvchi «Sinemobil» platformasi tashkil etildi. Samarqand viloyati qishloqlarida mazkur ko‘chma kinoteatrda filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

31 mart 2021, 09:46

Komil Allamjonov LGBT mavzusini yoritishni to‘xtatishga chaqirdi

Komil Allamjonov «O‘zbekistonga biror talab qo‘yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishi kerak» deya ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, besoqolbozlikka qarshi qonunlar yumshatilgan taqdirda ham, ular qog‘ozda qoladi.

31 mart 2021, 03:18

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta’siriga tushgan 25 yoshli yigit ushlandi

Toshkent aeroportida «Hizb ut-Tahrir» ta’siridagi 25 yoshli qashqadaryolik yigit ushlandi. U Rossiyada ishlash davomida ushbu tashkilot ta’siriga tushib qolgani, O‘zbekistonga qaytgach, yonidagi telefonida taqiqlangan materiallar ham bo‘lgani aytilmoqda. Yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va unga 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.

31 mart 2021, 02:53

O‘zbekiston 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplamoqchi

O‘zbekiston O‘zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi yordamida 50 dan ortiq navlarni mahalliylashtirish va kartoshkachilik genofondini yaxshilash orqali 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplashni maqsad qilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mazkur markazga tashrif buyurdi.

31 mart 2021, 02:26

Vengriyaning OTP banki «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirishda ishtirok etadi — prezident

Vengriyaning yirik banklaridan biri O‘zbekiston bankini xususiylashtirish jarayonlarida qatnashadi. «Vengriyaning OTP banki O‘zbekistonning «Ipoteka bank"ining davlat ulushini xususiylashtirishda ishtirok etishini boshlaganini qizg‘in qutlaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga murojaat qila turib.

30 mart 2021, 22:13

«Muammoli masalalar tartibsizlik bilan hal qilinmaydi». Deputatlar ruxsatsiz namoyish va LGBT targ‘ibotiga qarshi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bir jinsli munosabatlarga qarshi yoshlarning Toshkent markazida ruxsatsiz norozilik aksiyasi o‘tkazgani hamda LGBT targ‘ibotini qoralab o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi.

30 mart 2021, 17:50

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi

Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana 9 ta hujjat imzolandi. Mamlakatlar bandlik, atom energetikasi, qishloq va suv xo‘jaliklari sohalarida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

30 mart 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga pasaydi va jami 10 474,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting