Yangiliklar

6 aprel 2021, 19:00

O‘zbekiston neft-gaz sohasida yirik loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi

6 aprel kuni Toshkentda 35 yilga mo‘ljallangan va taxminiy qiymati 2 mlrd dollarni tashkil qiladigan «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasiga moliyaviy mablag‘larni jalb etish bo‘yicha shartlar belgilab olindi. Shartnoma 10 yil muddatga 900 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda kredit liniyalarini jalb etish bo‘yicha imzolandi. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida tabiiy gaz zaxiralarini qidirish va qazib olish, hamda 5 mlrd kub metr quvvatga ega bo‘lgan gazni qayta ishlash zavodini qurish nazarda tutilgan (reklama huquqlari asosida).

6 aprel 2021, 18:39

O‘zbekistonda 1 km yo‘lni qurish narxi 950 ming dollarni tashkil etadi — Abdurahmon Abduvaliyev

O‘zbekistonda 1 km yo‘lni qurishning eng qimmat narxi 950 ming dollarni tashkil etishi ma’lum qilindi. Mazkur narxga o‘tish yo‘laklari, lotoklar va boshqalarni ta’mirlash hamda o‘rnatish ham kiradi. «Lekin dunyoda hech kim bunaqa summada yo‘l qurmaydi», — dedi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi.

6 aprel 2021, 17:56

AstraZeneca vaksinasi va tromboz holatlari o‘rtasida bog‘liqlik borligini tasdiqlashdi

Yevropa dori vositalari bo‘yicha agentligi koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi va vaksinani qabul qilganlar orasida kuzatilgan tromboz holatlari orasida bog‘liqlik borligi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Agentlik ushbu holatlarni vaksinaning juda kamdan-kam uchraydigan aks (yon) ta’siri deb atamoqda.

6 aprel 2021, 17:16

Qozog‘iston prezidenti «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi

Qozog‘iston davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev Qarag‘anda zavodida ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlandi.

6 aprel 2021, 17:02

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga arzonladi va jami 10 468 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham arzonladi, yevro esa biroz ko‘tarildi.

6 aprel 2021, 16:25

Angren shina zavodi quvvatining 15 foizida ishlamoqda — Alisher Qodirov

Qiymati qariyb 157 mln dollar bo‘lgan «Birinchi rezinotexnika zavodi» quvvatining 15 foizida ishlamoqda. Zavod 2018 yil avgustida qurilgan, biroq sifat talabga javob bermagani uchun 100 mingta shina sotilmay qolgan, bu muddat davomida UzAuto Motors 60 mln dollarga shina sotib olgan. Parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov tashqi qarzlar qanchalik samarali sarflanayotganini so‘radi.

6 aprel 2021, 16:09

Yoshlar ittifoqi raisi Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Akmal Jumaboyev Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

6 aprel 2021, 15:11

O‘zbekistonda 5 kun ichida 35 mingdan ortiq kishi COVID-19`ga qarshi emlandi

O‘zbekistonda 1 aprel sanasidan buyon 5 kun ichida 35 mingdan ortiq kishi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani qabul qildi. Eng ko‘p emlanish holati Samarqand viloyati (1783 nafar) hamda Toshkent shahriga (1691 nafar) to‘g‘ri kelmoqda.

6 aprel 2021, 15:08

Gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston $618 mlngacha kredit jalb qilishi mumkin

Moliya vazirligi, «O‘ztransgaz», VEB.RF va «Gazprombank» O‘zbekistonning gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Loyihaga 618 mln dollargacha kredit ajratilishi mumkin.

6 aprel 2021, 15:07

Turkmanistonda xalq itboqari va xizmat ko‘rsatgan itboqarlarga oylik ustamalar belgilandi

Turkmanistonda xalq itboqari va xizmat ko‘rsatgan itboqar unvonlari ta’sis etilib, unvonlar sohiblariga bir martalik pul mukofotlari hamda oylik, nafaqa va stipendiyalariga ustamalar belgilandi.

6 aprel 2021, 14:56

Toshkentda aviachipta sotuvchi operatorlar 130 ming dollarni talon-toroj qilishdi

Toshkentda aviachipta sotuvchi operatorlar aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln so‘m va 58,7 ming AQSH dollarini kirim qilmasdan talon-toroj qilishganliklari aniqlangan.

6 aprel 2021, 14:51

KXDR Tokio Olimpiadasida ishtirok etmaydi

Shimoliy Koreya Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaydi. KXDR ma’muriyati ushbu qarorni o‘z sportchilarini COVID-19`dan himoya qilish istagida ekanligi bilan izohladi.

6 aprel 2021, 13:54

Phanes Group kompaniyasi Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

Phanes Group xalqaro kompaniyasi Navoiy viloyatining Nurota tumanida 200 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini quradi.

6 aprel 2021, 12:25

Ukraina aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarini amalga oshiradi

Ukrainaning MAU aviakompaniyasi 8 apreldan 29 aprelgacha Kiyevdan Toshkentgacha va Toshkentdan Kiyevgacha charter reyslarini amalga oshiradi.

6 aprel 2021, 12:19

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 493 mln so‘m talon-toroj qilindi

Toshkent viloyatidagi 3 ta shahar va 3 ta tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 500 mlnga yaqin pul mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.

6 aprel 2021, 10:54

Makro rasman Samarqand Darvoza`dan ketdi

Carrefour brendi Samarqand Darvoza savdo markazidagi Makro o‘rnida o‘z supermarketining ochilishi haqida xabar bergan edi. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro`ning mazkur masala bo‘yicha da’volarini qondirmadi.

6 aprel 2021, 09:54

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Mirobod tumanida Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia avtomobillarining to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Nexia haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

5 aprel 2021, 23:58

O‘zbekiston Eronning dengiz portlariga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi.

5 aprel 2021, 23:46

Norsuluv Soyipova Nurobod tumani prokurori etib tayinlandi

Adliya maslahatchisi Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinladi. U bilan O‘zbekistonda ayol prokurorlar soni ikki nafarga yetdi.

5 aprel 2021, 23:30

Senator qurol to‘g‘risidagi qonunchilikda mavjud «huquqiy bo‘shliq»ni ma’lum qildi

Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi «huquqiy bo‘shliq"lar mavjud bo‘lgan qurol to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartish kiritishni ko‘rib chiqmoqda, deya qayd etdi senator Farhod Boqiyev. Qurol va o‘q-dorilar muomalasi ustidan davlat nazorati funksiyalarini Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazish, qolaversa, o‘qotar bo‘lmagan qurol muomalasi qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilash ko‘zda tutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting