Yangiliklar

19 fevral 2021, 11:51

Prezident — OAV, Namangan viloyati hokimi va muammolari to‘g‘risida

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga safari doirasida ilk bor mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. U OAVni to‘rtinchi emas, balki birinchi hokimiyat deb bilishini, viloyatga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsadlaridan biri hokim tayinlash ekanini ma’lum qildi. Prezident v. b. hokim Shavkatjon Abdurazzoqovni sinovdan o‘tgan inson ekanini aytib, viloyatdagi qator muammolarni sanab o‘tdi.

19 fevral 2021, 11:18

Alisher Usmonov o‘z hisobidan O‘zbekistonga 500 ming vaksina olib beradi

Alisher Usmonov o‘z hisobidan O‘zbekiston xarid qilayotgan 1 mln vaksinadan teng yarmini olib beradi. Birinchi bosqichda 1 mln vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

19 fevral 2021, 10:53

«Mahalla raisi islohotchi bo‘ladi» — prezident Namangandagi yangi tajriba haqida

Shavkat Mirziyoyev mahalla raislarini yoshlar orasidan saylashni taklif etdi. Bundan tashqari, prezident Namangan shahri to‘rtta sektor rahbarining taqdiri majlisdan so‘ng, mahallalarni aylanish vaqtida hal bo‘lishini aytdi. «Moshinaga o‘tirib, o‘zim xohlagan mahallaga boraman. Shunga qarab shaharning 4 ta sektor rahbari masalasi hal bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.

19 fevral 2021, 09:41

«Namanganliklar tartib-intizomni yaxshi ko‘radi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini va uning aholisini nega boshqa hududlarga namuna sifatida ko‘rsatishi haqida gapirdi. «Namanganliklarda tadbirkorlik, birlashish, natijaga ishlash degan odat bor. Ish uslubi madaniyati juda yuqori», — dedi u. Davlat rahbari pandemiya davrida viloyatning yalpi ishlab chiqishi 5 foizdan oshganini qayd etib, «hech qaysi viloyatda bunday natija bo‘lmaganini» aytdi.

18 fevral 2021, 23:24

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammo haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi chog‘ida mamlakat rivojiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni qayd etdi. Uning fikricha, kadrlar masalasi, korruputsiya va davlat idoralari rahbarlarining saviyasi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

18 fevral 2021, 20:51

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro yer almashadi — Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari

«Ba’zi joylardagi ayrim uchastkalarni beramiz, boshqa joylardagi uchastkalarni esa olamiz», — deya ma’lum qildi Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev o‘zbek-qirg‘iz davlat chegaralari demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar to‘g‘risida so‘zlar ekan.

18 fevral 2021, 20:28

Jahon yangiliklari dayjesti

Gruziya bosh vazirining iste’fosi, Janubiy Koreyaga KXDR tomonidan kuniga 1,6 mlnga yaqin xakerlik hujumlari, Ispaniyada reperning hibsga olinishiga qarshi tartibsizliklar va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

18 fevral 2021, 18:17

Jurnalist va blogerlar ham koronavirusga qarshi bepul emlanadi

«Jurnalist, bloger, OAV xodimlari, jamoat transporti xodimlari (metropoliten, temir yo‘l, aeroport xodimlari), chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, mehnat migrantlari ham ketma-ketlikda, bepul emlanadi», — Nurmat Otabekov

18 fevral 2021, 18:14

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham biroz pasaydi.

18 fevral 2021, 17:41

Markaziy bank 15 ta bankka nisbatan sanksiya e’lon qildi

Markaziy bank 15 ta tijorat banklariga nisbatan sanksiya e’lon qildi. Bunga sabab ushbu banklarning ayrim bo‘limlarida xodimlar asossiz ravishda plastik kartalari orqali mijozlar to‘lovlarini qabul qilishdan bosh tortgani bo‘ldi.

18 fevral 2021, 17:18

Xonobodda radiatsiya borligi mutaxassis bo‘lmagan odamlarning fikri — Mudofaa vazirligi

«Qarshi-Xonobod» harbiy zonasida radiatsiya mavjudligi masalasiga Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi. Vazirlikka ko‘ra, ushbu harbiy zonadagi barcha aholi va harbiylar doimiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tibbiy xizmat polkovnigi Nodir Fozilov aholi orasida nur kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar qayd etilmaganligini qayd etdi. «Bu mutaxassis bo‘lmagan odamlarning fikri ekanligi ko‘rinib turibdi», — dedi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi.

18 fevral 2021, 16:46 1

O‘zbekistonning ikki nafar shaxmatchisi FIDE reytingida TOP-10' dan joy oldi

Xalqaro shaxmat federatsiyasining fevral oyi uchun e’lon qilingan o‘smirlar reytingida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kuchli o‘ntalikdan joy oldi. O‘smirlar reytingini eronlik Alirizo Feruziy boshqarib bormoqda. Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar TOP-30'ga kiritilgan.

18 fevral 2021, 16:12

Vengriya O‘zbekistonda 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshiradi

Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida O‘zbekiston hududlarida 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolanib, shuningdek, yana 76 ta investitsion loyihalar amalga oshirilishiga kelishildi.

18 fevral 2021, 15:35

«Taqdir hazili», «Ishdagi ishq» filmlarida bosh rolni o‘ynagan aktyor olamdan o‘tdi

«Taqdir hazili», «Ishdagi ishq» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan aktyor Andrey Myagkov 82 yoshida vafot etdi.

18 fevral 2021, 15:30

BAAning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga investitsiyasi oshadi — BAAlik investor prezidentga

Prezident Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan BAAning «Sura General investment» korxonasi rahbari Abdulbariya Aymanga «BAA bilan do‘stlik ko‘prigimizga juda katta hissa qo‘shganingizdan minnatdorman», dedi. Tadbirkor O‘zbekistonga may oyida amirliklardan investorlarning katta guruhini olib kelishini ta’kidladi.

18 fevral 2021, 14:54

Turkmaniston poytaxtida «Toshkent» nomli istirohat bog‘i quriladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkmaniston rahbari Ashxobod shahrida «Toshkent» nomli istirohat bog‘i qurilishini ma’lum qildi.

18 fevral 2021, 14:51

Ellikqal’ada eshaklar qabristoni topildi

Ellikqal’a tumanida so‘yilib, 3 ta maydonga tashlangan eshak suyaklari topildi. Eshaklar tajribali qassob tomonidan so‘yilgani va qovurg‘a suyaklaridan go‘shtlar silliq ajratib olingani aytilmoqda. Eshaklarning qovurg‘a suyaklaridan tashqari kallasini, quloqlarini ko‘rish mumkin.

18 fevral 2021, 14:49

Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi

Prezident farmoyishi bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa olish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilgan. 2030 yilda davlat byudjetining ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan xarajatlari YAIMga nisbatan 1,5%ga yetkaziladi. Ijtimoiy himoya sohasida yagona mas’ul organ tuziladi.

18 fevral 2021, 14:07

Qurilish vazirligi Toshkentda noqonuniy qurilayotgan beshta bino haqida ma’lumot berdi

Qurilish vazirligi Toshkent shahrida ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi bo‘lmasdan va qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organni xabardor qilmasdan qurilishi davom etayotgan binolar haqida ma’lum qildi.

18 fevral 2021, 12:37

Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani demokratiya yo‘lida ekanligimizni anglatadi — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani — bu demokratlashuvning ko‘rinishi ekanligini aytdi. «Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchiman degani fojea emas. Men xursand bo‘ldim. Vanihoyat, O‘zbekistonda ham qo‘rqmasdan, odamlar men prezident bo‘lishni xoylayman, deb erkin ayta olish darajasiga yetib kelibmiz. Bu bizning yutug‘imiz emasmi?» — dedi deputat. Kusherbayev bu prezident olib borayotgan siyosatining natijasi ekanligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting