11 avgust, seshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

6 aprel 2020, 15:04

BMT bosh kotibi: Ko‘plab ayollar koronavirus sababli uyda zo‘ravonlikka duch kelishmoqda

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ko‘plab ayollar koronavirus epidemiyasi tufayli uyda zo‘ravonlikka duch kelayotganini ma’lum qildi. Ba’zi davlatlarda zo‘ravonlikka qarshi yordam xizmatiga murojaat qilgan ayollar soni ikki baravar ko‘paygan.

6 aprel 2020, 14:54

Fuqarolardan kundalik yuritish so‘raldi

Bosh prokuratura fuqarolarga 6 apreldan boshlab kundalik yuritishlarini so‘rab murojaat qildi. Karantin davrida har bir fuqaroga qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borish tavsiya etilgan.

6 aprel 2020, 13:51

Karantin sababli Xitoyda ajrashishlar soni keskin oshmoqda

Xitoyda karantin tugaganidan keyin ajrashish bo‘yicha murojaatlar soni keskin oshgan. Ba’zi provinsiyalarda uydagi zo‘ravonlik holatlarining ko‘paygani aytilmoqda.

6 aprel 2020, 13:32

Bir bemordan 52 kishiga koronavirus infeksiyasi yuqqan — sog‘liqni saqlash vaziri COVID-19 bemorlari haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan shaxslar yana kimlarga kasallik yuqtirganini ma’lum qildi. Jumladan, bir bemor avval ota-onasiga, otasi esa 36 hamkasbiga koronavirus yuqtirgan.

6 aprel 2020, 13:31

Boris Jonson koronavirus alomatlari yo‘qolmaganligi sababli kasalxonaga yotqizildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 5 aprel kuni koronavirus infeksiyasining alomatlari yo‘qolmaganligi uchun kasalxonaga yotqizildi. Uning shifokori bu holatni «ehtiyot chorasi» deb atamoqda.

6 aprel 2020, 13:25

Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan koronavirus bemorlari haqida ma’lumot berildi

Nukus shahrida yashayotgan bir erkak kishi va uning onasida «COVID-19» infeksiyasi aniqlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha erkak kishi ish yuzasidan 14 mart kuni Toshkent shahrida bo‘lgan.

6 aprel 2020, 12:45

Karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar 30 mingtaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar 29 953 taga yetdi.

6 aprel 2020, 12:14

Koronavirus bemorlarining 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir. Ulardan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda.

6 aprel 2020, 11:39

Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

1 maydan boshlab O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi,

6 aprel 2020, 11:31

Bu haftada yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim joylarda harorat kechalari -1 darajagacha tushadi.

6 aprel 2020, 11:19

Koronavirus aniqlangan bemorlar soni 390 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 390 taga yetdi.

6 aprel 2020, 02:31

Koronavirus aniqlanganlar soni 32 kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 342 taga yetdi.

5 aprel 2020, 22:51

COVID-19 aniqlangan holatlar 310 taga yetdi — SSV

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 310 taga yetdi.

5 aprel 2020, 17:16 1

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 30 kishiga yetdi

O‘zbekistonda yana 5 nafar bemor tuzalib, koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 30 nafarga yetdi.

5 aprel 2020, 15:47

O‘zbekistonda sun’iy nafas olish uskunalari ishlab chiqariladi

Slovakiyaning Chirana kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Sentyabrga qadar Bektemir tumanida zavod ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 9 mln AQSH dollariga teng bo‘lib, 100 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

5 aprel 2020, 14:44

DXX 9 ta terrorchilik harakatlarining oldini olgani ma’lum qilindi

2018 va 2019 yillarda DXX idoralari tomonidan xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda 9 ta terrorchilik harakatining oldi olingan. Ulardan 2 tasi O‘zbekistonda, 7 tasi hamdo‘stlik mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

5 aprel 2020, 13:00

Nyu-Yorkda 2 o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

AQSHning Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi ikki o‘zbekistonlik — bir ayol va bir erkak COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Nyu-Yorkda koronavirus bilan zararlangan o‘zbekistonliklar soni 10 kishidan oshganligi aytilmoqda.

5 aprel 2020, 12:38

Koronavirus holatlari 300 ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 298 ta koronavirus holati aniqlandi. Barcha yangi holatlar statsionar karantinda bo‘lganlar orasida aniqlandi.

5 aprel 2020, 01:58

«O‘zini yakkalash» tartibi majburiy ravishda joriy etilmoqda

6 apreldan Nukus, Toshkent va viloyatlar markazlarida «o‘zini yakkalash» hayot tarzi majburiy ravishda joriy etiladi. Mototransport va velosipedda harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Yirik savdo majmualariga tashrif buyurayotgan fuqarolarning tana harorati o‘lchanadi.

5 aprel 2020, 01:01

Propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha qonun loyihasi e’lon qilindi

«Ro‘yxatdan o‘tkazish» tushunchasining kiritilishi, Toshkent shahrida propiskasiz ko‘chmas mulk sotib olish huquqi, propiska uchun nikohdan keyin bir yil birgalikda yashash sharti, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddatining 15 kunga oshirilishi — propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha qonun va Vazirlar mahkamasi qarorining loyihalarida.