Zira.uz porsiyalarga bo‘lingan noodatiy va juda mazali desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
12-fevral kuni epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi. Jumladan, epitsentrdan 499 km uzoqlikdagi Toshkentda 2−3 ballik silkinish qayd etildi.
Rossiyaning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni uzishga tayyorligini ma’lum qilgani, Facebook’ning AQSH hukumatiga Vashingtondagi tartibsizliklar ishtirokchilarini aniqlashda yordam bergani, Turkmanistonda prezident o‘g‘li bosh vazirning o‘rinbosari etib tayinlangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev IIV hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida «hamma „kattakon“ uchastka noziriga buyruq beradi», deya ta’kidladi. Prezident shuningdek, «o‘zi eng katta mehnatkash — profilaktika inspektori» ekanini aytdi. Davlat rahbari IIV xodimlari maoshini 30 foizga, mahallada xizmat qilayotganlarning maoshini esa 60 foizgacha oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.
Yaponiyada yolg‘izlik va yakkalanishga qarshi kurashni boshqaruvchi vazir lavozimi joriy etiladi. Vazir shu bilan birga, keksa yoshdagi va kambag‘al oilalar farzandlarinining ahvolini kuzatib borishi kerak bo‘ladi.
Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.
«Qoraqalpoqagrokimyohimoya»ning Beruniy tumani filiali mansabdorlari 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident farmoyishiga asosan Baxodir Matlyubov IIV Akademiyasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Ushbu lavozimga ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Xatamov tayinlandi.
Prezident qarori bilan Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Najmiddin To‘raxodjayev vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yaxyojon Abdulxakov esa vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimini egalladi.
Toshkent prokurori bo‘lib faoliyat yuritgan Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.
“So‘x voqealari” bo‘yicha navbatdagi sud majlisida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvohning ko‘rsatuvi tinglandi. “Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman”, — dedi guvoh. Jabrlanuvchilarning ikki nafari esa ayblanuvchilarni voqea joyida bo‘lmaganini, ulardan shikoyati yo‘qligini aytdi.
O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati bahoriy ko‘rsatkichlarga qadar ko‘tariladi.
Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilib zaharlandi. Ulardan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etdi. Qolgan shaxslar jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
Kam foizli avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari 100 dan ortiq fuqaroning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi. Unga nisbatan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda maktab qozonxonasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada o‘t yoquvchi halok bo‘lgan. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi esa quvurda ishlayotganda ustiga chiqindi va suv kelib qolishi oqibatida suv ostida qolib vafot etgan. Har ikki holatda ham marhumlarning yaqinlariga bir martalik nafaqa va oylik tovon pullari to‘lab berilmagan. Viloyatda mehnat xavfsizligi borasida qator qoidabuzarliklar aniqlangan.
Abduqodir Toshqulov OTMlar talabalar turar joylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. U bino bitta bo‘lgan taqdirda, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekistonlik paralamiyachilar yengil atlektika bo‘yicha Dubaydagi musobaqaning ikkinchi kunida yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Endi jamoada sakkizta medal bor.
Navoiy viloyatida «Cobalt» qarama qarshi yo‘lga chiqib ketib ketib, «Tico» bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH oqibatida mashinalar yongan va «Tico» dagi ikki nafar fuqaro vafot etgan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting