Shanba kuni O‘zbekistonda 140 ga yaqin (bir kun avval 120 ga yaqin) koronavirus holati aniqlandi. Shundan 56 tasi Toshkentda qayd etilgan.
Bokschi Murodjon Ahmadaliyev amerikalik Ronni Rios ustidan g‘alaba qozonib, WBA va IBF chempionlik kamarlarini himoya qildi. Bellashuvdan so‘ng o‘zbekistonlik sportchi jangni jarohatlangan qo‘l bilan o‘tkazganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar loyihasida Qoraqalpog‘iston maqomini o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Hozirda u referendum asosida O‘zbekiston tarkibidan chiqish huquqiga ega suveren respublika hisoblanadi. Mazkur bandni bekor qilish taklif etilmoqda.
Taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Jasur Jaysunov hamda Nikita Rafalovich oltin, Feruza Sadikova va Svetlana Osipova bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikda bormoqda.
Biznes ombudsman o‘rganishlari natijasida Qurilish vazirligi tizimida 1326 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilgani ma’lum bo‘ldi. Kamchiliklar uchun vazirlik va uning hududiy bosh boshqarmalarining 143 nafar xodimiga nisbatan bayonnoma tuzildi.
Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi «Bu mening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi. U PDF formatida joylashtirilgan bo‘lib, alohida moddalarga izoh qoldirish imkoniyati mavjud emas. Lekin fuqarolar o‘z fikrlarini yozib qoldirish imkoniyatiga ega. Muhokama 10 kun davom etadi.
O‘zbekiston zilzila va toshqindan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga 74 tonna gumanitar yordam jo‘natdi.
AKT vaziri Apple kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda ApplePay tizimini joriy etish, 5G tarmoqlarida iPhonedan foydalanish imkoniyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Coursera ta’lim platformasi vakillari bilan o‘zbekistonlik yoshlariga IT kasblarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kelishildi.
25−26 iyun kunlari «Yangi nafas» yoshlar marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxt markazidagi ayrim ko‘chalar soat 18:00 dan ertasi kuni 10:00 gacha yopiladi.
24 iyun kuni respublikada 119 kishining koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ularning deyarli yarmi Toshkent shahrida aniqlangan.
Konstitutsiyaga taklif qilingan o‘zgartishlarda O‘zbekiston prezidentining vakolat muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish g‘oyasi ilgari surildi.
DXX Chegara qo‘shinlari 1 mln AQSh dollarining o‘zbek-qirg‘iz chegarasidan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.
Dam olish kunlari Turkmanistondan O‘zbekistonga juda issiq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida havo harorati +45 darajagacha ko‘tariladi. O‘zgidromet 25 iyundan mamlakatda chilla boshlanishi va u 3 avgustgacha davom etishini ma’lum qildi.
Samarqand viloyatining Toyloq tumanida Nexia 2 va Malibu to‘qnashuvi natijasida uch kishi, jumladan ikki nafar IIB xodimi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.
Toshkentning barcha tumanlarida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun maxsus poliklinikalar qaytadan ish boshlamoqda.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Moskvada MDH mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi. Unda ishtirokchilar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini hisobga olgan holda dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qildi.
Yo‘lo‘tkazgich qurish uchun davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan «Qo‘yliq» bozori, hokimiga o‘rinbosari bo‘lish uchun $200 ming, «pilot»dan keyin kompyuter sovg‘asini olgan Chimboydagi IT-tanlov g‘oliblari, jinoyat kodeksidagi o‘zgarish va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 24 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev «BRIKS plyus» formatidagi onlayn forumda qatnashib, xalqaro keskinlik tobora kuchayib borayotgani va tizimli iqtisodiy inqiroz belgilari namoyon bo‘layotgan sharoitda O‘zbekiston keng ko‘lamli hamkorlik, shu jumladan «Janub-Janub» formatidagi sheriklik uchun ochiq ekanini ma’lum qildi.
Toshkent hokimligi davlat ehtiyojlari uchun hududi tortib olinayotgan «Qo‘yliq» bozori to‘liq buzilmasligini ma’lum qildi. Yo‘lo‘tkazgich qurish uchun avtoturargohning bir qismi va bir nechta vaqtinchalik qurilmalarning o‘rni ajratiladi.
2023 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqil OTM bo‘ladi. 2024/2025 o‘quv yilida pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul vaqtida avval abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi. Undan o‘tganlar kirish test sinovlarida qatnashadi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting