Yangiliklar

Bugun, 14:39

Shveysariya hukumati aholiga 7000 yevrodan to‘lash taklifini berdi

Shveysariyada har bir fuqaroga, shu jumladan, bolalarga ham 7500 Shveysariya franki (taxminan 7 ming yevro) to‘lash taklifi berildi. Agar 2022 yil 22 aprelgacha ushbu tashabbusni 100 ming kishi qo‘llab-quvvatlasa, u referendumga qo‘yiladi.

Bugun, 14:37

Banklar faollik indeksi e’lon qilindi

Banklar faollik indeksi bo‘yicha reytingda Kapital bank birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Universal va Ziraat banklari, oxirgi o‘rinda esa TVS banki.

Bugun, 14:19

Sovuq qurollarni g‘ilofsiz olib yurganlar uchun javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni g‘ilofsiz olib yurgan fuqarolar jarimaga tortiladi. Jarima miqdori BHMning bir baravarigacha etib belgilanadi.

Bugun, 14:05

«Deyarli har kuni byudjet mablag‘larining noo‘rin sarflanishi masalasi ko‘tarilmoqda» — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayeva mutasaddilarda byudjetga qo‘shimcha manbalar aniqlash borasida tashabbuskorlik, izlanish yo‘qligi, ayrim hollarda ularning moliyaviy savodxonligi yetishmasligini tanqid qildi. Shuningdek, muhim ko‘rsatkichlarni qo‘shib yozish illatiga to‘liq barham berilmaganiga e’tibor qaratdi.

Bugun, 13:46

Qirg‘izistonda tashqi qarzni oddiy fuqarolar hisobidan to‘lash taklif qilindi

Qirg‘iziston parlamenti deputati fuqarolardan pul yig‘ish va mamlakatning tashqi qarzini to‘lashni taklif qildi. Ushbu taklif mamlakat tashqi qarzini oddiy fuqarolar hisobiga to‘lashga qaratilgan birinchi urinish emas.

Bugun, 13:39

GTL zavodini qurayotgan ishchilar «pogrom» uyushtirdi

Qashqadaryodagi GTL zavodi qurilayotgan joyda ENTER Engineering ishchilari norozilik bildirishdi. Derazalarga tosh otilib, binolardan birida «pogrom» uyushtirildi. Kompaniya ommaviy norozilik oshxonaga kirish joyida texnik nosozliklar tufayli kelib chiqqanini ma’lum qildi. Avvalroq xodimlar ish haqining o‘z vaqtida berilmasligidan shikoyat qilishgan edi.

Bugun, 12:50

Senatorlar «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni rad etishdi

Senatorlar «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni uning ayrim moddalari talablarga mos kelmasligi sababli rad etishdi.

Bugun, 12:33

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sobiq mehnat vaziri o‘rinbosari, professor Rustam Shodiyev hayotdan ko‘z yumdi.

Bugun, 12:04

Prezident ilk bor nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi

«Davlat tilining obro‘-e’tibori — butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir». Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini bu yil birinchi marta nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi.

Bugun, 11:55

Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat qo‘mitalariga rais etib saylanishdi

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida Boriy Alixonov Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasiga, Narimon Umarov esa Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga rais bo‘ldi.

Bugun, 11:19

Murat Kamalov Senat raisi o‘rinbosari etib saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov prezident taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosarligiga saylandi.

Bugun, 11:12

Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat a’zolari etib tayinlandi

Boriy Alixonov va Narimon Umarovning deputatlik vakolatlari tugatilib, prezident farmoniga asosan Senat a’zolari ro‘yxatiga kiritildi.

Bugun, 09:43

Qamchiqda Damas bilan to‘qnashgan yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida Toshkentga qarab harakatlanayotgan Damas va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Tan jarohati olgan ikki haydovchi ham shifoxonaga yetkazilgan.

Kecha, 22:49

Mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi

Maktablarda ona tili soatlari ko‘paytiriladi hamda mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi

Kecha, 20:23

Jahon yangiliklari dayjesti

BAA va Isroil o‘rtasidagi vizasiz rejim, koronavirusga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishni to‘xtatadigan omillar, Gretsiya va Turkiya chegarasida devor qurilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Kecha, 20:13

O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga oid prezident farmoni imzolandi

Prezident farmoni bilan 2020−2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

Kecha, 19:50

G‘allaorolda bankomatni tunamoqchi bo‘lgan yigit ushlandi

G‘allaorolda 21 yoshli yigit yarim tunda bankomatni tunamoqchi bo‘ldi. U bankomat xonasidan chiqmay turib Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Kecha, 19:20

Shavkat Mirziyoyev general Kennet Makkenzini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi

Kecha, 19:17

Isroil va BAA vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvga erishdi

Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘z fuqarolari uchun vizasiz sayohat tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olishdi.

Kecha, 18:46

Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Senat 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi yalpi majlisda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunlarni, Ma’muriy kodeksga va ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida va boshqa qonun hujjatlarini ko‘rib chiqadi


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting