15 oktabr 2020, 11:00

Muzli sentyabr. Toshkent viloyati tog‘lariga qilingan sayohat iqlim sinoviga aylangani haqida

Sentyabr oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyevning jamoasi sarguzashtlarni sevuvchilar bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi tog‘li vodiyga yo‘l oldilar. Safar iqlim sinoviga aylandi — harorat -22°C ga tushdi. Ekstremal ob-havo sharoiti ustidan qozonilgan g‘alaba badali — “Gazeta.uz” materialida.

14 oktabr 2020, 12:00

«Bizda gender kamsitishlar yo‘q deyish — o‘z-o‘zimizni aldashdir» — Sayyora Xodjayeva

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nima uchun oiladagi zo‘ravonlik holatlari sudgacha yetib bormasligi, ayollar uchun siyosat va biznesda kvotalar nima uchun zarurligi, nega Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z vazifalarini yangi Mahalla vazirligiga topshirmasdan, Ayollar ishlari bo‘yicha vazirlikka aylanishi lozimligi haqida gapirib berdi.

13 oktabr 2020, 09:33

Fizika bo‘yicha «Nobel» mukofoti qora tuynuk tadqiqotlari uchun berildi. Astrofizik buning ahamiyati haqida

Bu yil fizika bo‘yicha «Nobel» mukofotiga olimlar qora tuynuklar ustida olib borgan tadqiqotlari uchun sazovor bo‘lishdi. Astrofizik Po‘lat Tadjimuratov fiziklar qanday yetuk ishlarni amalga oshirganini va nima uchun bu muhimligi to‘g‘risida.

9 oktabr 2020, 16:30

“Men maymunlarga tvorogli pishiriqlar tayyorlayman”. Hayvonot bog‘i xodimlari o‘z ishlari haqida

Toshkent hayvonot bog‘ining ko‘plab xodimlari sevimli jonivorlariga shunchalik bog‘lanishganki, ular o‘z hayotlarini ishlarisiz tasavvur qila olmaydilar. Biz ular bilan suhbatlashdik va sher nima uchun bu qadar semizligini, plastik qanday xavf tug‘dirishini va hayvonot bog‘i hayvonlarga nisbatan tashrif buyuruvchilar tomonidan qanday munosabatni ko‘rishni istashini bilib oldik.

7 oktabr 2020, 11:31 1

Ta’lim ildiziga bolta urayotgan imtiyozlar

Konstitutsiya va testologiya fani talablariga muvofiq kelmaydigan mantiqsiz imtiyozlar tizimi yosh avlodning adolatga ishonchini yo‘qqa chiqaradi hamda universitetlarga haqiqatan munosib nomzodlarni qabul qilishga to‘sqinlik qiladi, deya yozadi Komil Jalilov.

7 oktabr 2020, 10:24

«Kino davlatning bo‘ynida o‘tirmasligi kerak» — Rashid Malikov

Kinorejissyor va «O‘zbekkino» badiiy kengashining a’zosi Rashid Malikov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kino sohasida davlat-xususiy sherikligining roli, kinematografiyaning asosiy muammolari va kutilayotgan islohotlar, o‘zbek kinematografiyasining eng kassabop filmlari, san’at va biznes haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

5 oktabr 2020, 09:20

«Davlatning yordamisiz kino o‘ladi» — Zulfiqor Musoqov

Kinorejissyor va xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Zulfiqor Musoqov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida «O‘zbekkino» rahbariyati bilan yaqinda yuzaga kelgan mojaro, kino sohasidagi muammolar, kinematograflar uchun to‘siqlar, kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati, o‘zining yangi loyihasi va sevimli filmlari haqida gapirdi.

30 sentabr 2020, 10:44 1

Katta yoshdagilarga ta’lim berish — dolzarb masala

O‘zbekiston katta yoshdagi aholisining deyarli 60 foizida zarur bilim va malaka yetishmasligi seziladi. Bu ko‘p yillar davomida aholi uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati cheklangani bilan izohlanadi. Katta yoshdagilarga ta’lim berish rivojlantirish ushbu bo‘shliqni to‘ldirish imkonini berib, ish kuchi malakasini oshirishga xizmat qilardi. Senator Diloram Toshmuhamedova «Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri va katta yoshdagilarga ta’lim berish qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yuritadi.

24 sentabr 2020, 14:30

O‘zbek imo-ishoralar tili paydo bo‘ladi (mi)?

23 sentyabr — Xalqaro imo-ishoralar tili kuni. Imo-ishoralar tilining O‘zbekistondagi maqomi qanday va karlarning ma’lumot olish huquqlari qay darajada himoyalangan? Karlar huquqlari faoli Ma’mur Ahliddinov va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov savollarga oydinlik kiritishga harakat qilishdi.

14 sentabr 2020, 12:14

Erkinlik chegaralari

So‘z erkinligi va nafratga to‘la ritorika o‘rtasidagi huquqiy chegaralar qayerda? Internetdagi bullingga (boshqalarni tahqirlash, zo‘ravonlik) qarshi huquqiy himoyani qanday kuchaytirish mumkin? Inson huquqlari bo‘yicha huquqshunos, Global Shapers Tashkent Hub tashabbusining kurator-asoschisi Dilfuza Kurolovaning maqolasida.

9 sentabr 2020, 14:03

O‘zbekistonda o‘lim darajasi iyul oyida 26,4%ga, Toshkentda deyarli 166%ga o‘sdi

Iyul oyi bo‘yicha o‘lim holatlari soni so‘nggi to‘rt yilga nisbatan O‘zbekistonda 26,4%ga, Toshkentda deyarli 166%ga, Toshkent viloyatida 43,8%ga, Navoiy viloyatida 51,7%ga o‘sdi. «Gazeta.uz» so‘nggi besh yil ichida yanvar oyidan iyul oyigacha bo‘lgan o‘lim darajasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rgandi va koronavirus pandemiyasi davrida raqamlar qanday o‘zgarganligini tahlil qilib chiqdi.

7 sentabr 2020, 16:00

Husniddin Ato: «Charchadim, yengildim, boshqa bu haqda yozmayman»

«O‘z milliy madaniyating, mumtoz merosing himoyasi va rivoji uchun hukumatga qanchalik taklif kiritmagin, barchasi bekor ketmoqda», — badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Husniddin Ato konsert faoliyatini litsenziyalash tartibi mumtoz musiqa rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi, ushbu sohadagi xonanda va sozandalarga qiyinchilik tug‘dirishi haqida.

5 sentabr 2020, 14:00

«Korrupsiya darajasi — mamlakat taraqqiyoti va demokratiyasining ko‘rsatkichi hisoblanadi» — Akmal Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida oldin egallagan lavozimlarida uchragan korrupsiya holatlari, O‘zbekistonda korrupsiyani qo‘zg‘atuvchi omillar, qonunchilikda qanday bo‘shliqlar borligi va agentlik davlat byudjetini talon-taroj qilish holatlari bilan qanday kurashishi haqida so‘zlab berdi.

1 sentabr 2020, 19:10

Mustaqillik — bu katta imkoniyatlar va ulkan mas’uliyatdir

Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan davlat arboblari Sodiq Safoyev va Aziz Abduhakimov hamda tadbirkor Zafar Hoshimov “Gazeta.uz"ga 1991 yil 31 avgust kunini qanday eslab qolganliklari, o‘sha vaqtda qanday tuyg‘ularni his qilganliklari va mustaqillik ular uchun nimani anglatishi haqida aytib berishdi.

1 sentabr 2020, 10:30

“Shifokor kasalliklardan qo‘rqmasligi kerak”. Tibbiyot xodimi “O‘zekspomarkaz"da bemorlarni davolash to‘g‘risida

Umumiy amaliyot shifokori Imil Xalitov “O‘zekspomarkaz"ning jonlantirish bo‘limida pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlarni 15 kun davomida davoladi. “Gazeta.uz” undan 12 soatlab ishlash mashaqqatlari, qaysi bemorlar jonlantirish bo‘limiga yotqizilishi va milliy sog‘liqni saqlash tizimi koronavirus pandemiyasiga qanchalik qarshi tura olganligi to‘g‘risida so‘radi.

31 avgust 2020, 12:56

O‘rganilmagan Zikirko‘l: O‘zbekistondagi eng baland tog‘li ko‘llardan biriga sayohat

Yilda atigi ikki oy davomida O‘zbekistondagi Chotqol tizmasining eng baland qismida joylashgan ulkan Zikirko‘l ko‘li muz qatlam bilan qoplanmaydi. U tomon yo‘l baland tog‘lar va qoyatoshlar orqali o‘tadi. Avgust oyida sayohatchi Sharof Egamberdiyev bu yerlarga sayohatga chiqdi.

27 avgust 2020, 13:51 1

XXI asrda ota-onalar nazorati: bolalarning internetdan foydalanishini cheklash zarurmi?

Bolalar foydalanayotgan internet-kontentni nazorat qilish shartmi? Bunda nimalarga e’tibor berish kerak va qanday harakatlarni amalga oshirmaslik zarur? «Gazeta.uz» ikki farzandning otasi, restorator Pavel Georganovdan internetdan foydalanishda ota-onalarning nazorati haqidagi fikrlarini so‘radi.

24 avgust 2020, 11:00

«Mehribonlik uylari — bolalarning joyi emas» — Aliya Yunusova

Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusova maxsus ixtisoslashtirilgan muassasalardagi bolalarni deinstitutsionalizatsiya qilish vazifalari haqida gapirib berdi.

23 avgust 2020, 11:14

Pnevmoniyadan keyin o‘pkani qayta tiklash. Shifokor tavsiyalari

Koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pnevmoniyadan so‘ng nafas mashqlari bemorning samarali tiklanishiga yordam beradi. Ftiziatr Nadejda Shklovets kasallik paytida va undan keyin nafas mashqlarini qanday bajarish kerakligi haqida gapirib berdi.

19 avgust 2020, 11:11

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning kuchi

Inson kapitali hamda jamiyat va davlatning iqtisodiy yutuqlari chambarchas bog‘liqdir. Faylasuf, jamiyatshunos va antropolog Valeriy Xan nima uchun pedagogik ta’lim sifati O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga egaligi to‘g‘risida fikr yuritadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting