23 oktabr 2022, 12:00

«O‘zbekistonning qayerida o‘zbek tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi»

O‘zbekistonning qayerida o‘zbek (turkiy) tili qo‘llanmayotgan ekan, o‘sha joyga hali istiqlol yetib bormabdi, degandi Abduqahhor Ibrohimov 1992 yilda yozgan maqolasida. Uning fikricha, o‘zbek tilining qaddini qonuniy o‘rniga ko‘tarish uchun ichki muxoliflarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish lozim.

22 oktabr 2022, 12:00

Biz nega lotin yozuviga o‘tayapmiz?

Alifboni isloh qilishning ikki yo‘li bor edi: kirill yozuvini takomillashtirish yo birato‘la yangi alifboga o‘tish. Kirill yozuvini saqlab qolish to‘g‘ri yechim bo‘lolmasdi. Agar afzal tarafi bo‘lsa, bir yo‘la yangi yozuvdagi alifboga o‘ta qolgan tuzuk. Bu so‘zlar Sultonmurod Olimning 2000 yildagi maqolasidan olindi.

21 oktabr 2022, 12:00 1

Tilimizda og‘riq bormi?

«Gazeta.uz» so‘roviga ko‘ra professor Baxtiyor Mengliyev 21 oktabr sanasiga bag‘ishlangan maqolani taqdim etdi. Unda muallif bugungi kunga kelib yuzaga kelgan muammolar haqida so‘z yuritgan. Uning fikricha, o‘zbek tilini Internet tiliga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tashabbus darajasida qolmoqda.

20 oktabr 2022, 12:00

O‘zbekistonda hatto itni sevuvchilar jamiyati bor. Lekin negadir o‘zbek tili ko‘ngilli jamiyati yo‘q

Davlat tili martabasi berilganidan so‘ng xursand bo‘lib xotirjamlikka berildik. Ko‘cha nomlarini o‘zbekchalashtirish bilan ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi. Ona tilimizni asl holiga keltirish uchun hali juda ko‘p mehnat qilish kerak. Tohir Malikning ushbu fikrlari oradan 32 yil o‘tsada, hanuz dolzarbligicha qolmoqda.

20 oktabr 2022, 09:15

Yaponiyaga o‘qish uchun qanday ketish mumkin? Yapon universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonovaning hikoyasi

Xorijiy ta’lim — bu inson hayotidagi noyob tajriba va omadli karera qurish imkoniyati. “Gazeta.uz"ning yangi “Xorijiy diplom” loyihasi doirasida talabalardan universitet tanlash, grantlarni topish va xalqaro ta’lim tizimi haqida so‘raymiz. Ilk mehmon — Yaponiya universiteti bitiruvchisi Nargiza To‘raxonova.

20 oktabr 2022, 00:01

Ma’rifat va hurlik tongi otguncha…

Mirzakalon Ismoiliyning XX asr boshlarida mustabid tuzum, mahalliy boy va amaldorlar, mutaassib din peshvolari zulmidan qon qaqshagan Turkiston va uning yorug‘ kunga umid bog‘lagan tolesiz xalqiga bag‘ishlangan “Farg‘ona tong otguncha” romani haqda “Gazeta.uz” kolumnisti Muqaddamxon Saidrasulova hikoya qiladi.

19 oktabr 2022, 12:00

«Insonning kim ekanligi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi»

Insonning kim ekanligi, ichki dunyosi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi. Zero, maqolda aytilganadek, ovqat ta’mi tuz bilan, odam ta’mi so‘z bilan. Mazkur fikrni 2007 yilda Shodmon Otabek o‘zbek tilini bilsada, xorijiy tillarda so‘zlashuvchi ayrim odamlarni tanqid qila turib yozgandi.

18 oktabr 2022, 21:09

Toshkentning Navoiy ko‘chasida avtobuslar uchun alohida yo‘lak paydo bo‘ldi. U foyda beryaptimi?

Toshkentdagi Navoiy ko‘chasining bir qismida jamoat transporti uchun alohida yo‘lak tashkil etildi. Hozircha u lozim darajada ishlayotgani yo‘q. «Gazeta.uz» muxbiri buning sabablarini aniqlashga harakat qildi.

18 oktabr 2022, 12:00

«Tilimiz boy, ammo lug‘atimiz qashshoq»

Darhaqiqat, ko‘p tilli bu kurrai zaminda o‘z tilini a’lo darajada bilgan va ko‘p tilni puxta o‘zlashtirgan xalq yutadi. Agar tilga hozrgidek munosabat davom etaversa, bir necha yildan keyin so‘z boyligimiz yonga solib yuradigan lug‘atga jo bo‘ladi-qoladi, deb yozgandi 2006 yildagi maqolasida Suyun Qorayev.

18 oktabr 2022, 00:01

Nima uchun tezlikni pasaytirish tirbandlikni yuzaga keltirmaydi?

Toshkentda tezlik pasaytirilishi haqidagi xabar, kutilganidek, aksariyat aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Transport vazirligi vakili Murod Obidov haydovchilarning xavotiri nega asossiz ekanini tushuntirib berdi. Odamlarning hayotini saqlab qolish uchun «tezlikni pasaytirish birinchi va minimal choradir».

17 oktabr 2022, 15:15

Islom moliyasi haqida nimalarni bilamiz?

Hozirda islom moliyasi sektori yiliga 15% dan 25% gacha o‘sib bormoqda, bu yo‘nalishdagi institutlar esa jahonda $2,7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda. Islom moliyasining O‘zbekistondagi o‘rni qanday? Foiz bo‘lmasa, foyda qayerdan keladi? Undan kimlar foydalana oladi? Javoblar — «Gazeta.uz» materialida.

17 oktabr 2022, 12:00

E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!

Ona tiliga ehtiyoj sezmagan ijtimoiy sharoit tirik tilni ham o‘ldirishi mumkin. Xulosa aniq: xato qilishdan qo‘rqmay ona tilini faol nutqiy vaziyatda charxlash lozim. E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!, deb yozgandi Irisali Toshaliyev 1991 yildagi maqolasida.

16 oktabr 2022, 20:00

Nega Dubay — «kelajak shahri» deb ataladi?

Fors ko‘rfazi bo‘yida joylashgan Dubay shahri hozirda ko‘pchilik tomonidan «kelajak shahri» deya tilga olinadi. Bir paytlar sahroning bir qismi bo‘lgan va undan «tortib olingan» ushbu shahar haqida sizga batafsil ma’lumot beramiz.

15 oktabr 2022, 12:00

«Eng boy va eng baxtsiz» tilimiz

Ona tilimiz tarixining yechimini kutayotgan nazariy va amaliy muammolari talaygina. Ularni ilmiy asosda hal etish o‘zbek adabiy tili rivojida yangi bosqichni boshlab beradi, deb yozgandi Umarali Normatov va Nasimxon Rahmon 2007 yilda. «Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida maqolani qayta e’lon qiladi.

14 oktabr 2022, 12:00

«Shohmotchi bellashmaydi — dona suradi»

Alibek Rustamov 1990 yildagi maqolasida iboralarning noto‘g‘ri qo‘llanishini tanqid qilib, o‘ynab gapirsa ham, o‘ylab gapirish zarurligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «shohmotchi bellashmaydi — dona suradi», bundan Farg‘onacha bel ushlashib ko‘rishdilar, degan mazmun chiqadi. Maqolada bu kabi misollar talaygina.

13 oktabr 2022, 23:00

XX asrning «Temir xonimi» Margaret Tetcherning hayot yo‘li suratlarda

1925 yil 13 oktabr. Bundan 97 yil avval Buyuk Britanining ilk ayol bosh vaziri Margaret Tetcher dunyoga kelgandi. O‘zining shaxsiy sifatlari va qat’iyatliligi orqali hukumatni 12 yil davomida boshqargan Tetcher tarixga «Temir xonim» nomi bilan kirgan. Uning hayotiga oid qiziq faktlar «Gazeta.uz» materialida.

13 oktabr 2022, 12:00 1

Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara…

21 oktabr… Tilimizni ulug‘lab ma’ruza o‘qidim, uning qadim va boyligi, dunyodagi boshqa hech bir tildan qolishmasligini dalillashga urindim. Go‘yo buni bilib olishsa, ish pishadiyu odamlar til qadrini o‘z joyiga qo‘yadigandek. Yigirma yildan beri shu gap! Shu manzara, deb yozgandi Zuhriddin Isomiddinov 2015 yilda.

13 oktabr 2022, 00:01

Talaba va ijara uyi: haqiqiy manzara, sarson-sargardonlik, ijarador talabi va tuganmas tashvishlar

Non shahri — poytaxtda nega talabaga boshpana topilishi qiyin? Nima uchun uy egalari ijarachi sifatida talabalarni tanlamaydi? E’lonlarda “Talabalar bezovta qilmasin, faqat oilaga beriladi” deb yozilishiga sabab nima? “Gazeta.uz” har ikki tomon bilan suhbatlashib, muammoga yechim topishga harakat qilib ko‘rdi.

12 oktabr 2022, 13:00

«Bunday go‘zallikni o‘ldirish mumkin emas». Yo‘ldosh mavzesi aholisi — yog‘och uylarning buzilishi va daraxtlarni saqlab qolish haqida

Yangihayot tumani Yo‘ldosh mavzesida avariya holatidagi yog‘och uylarda 15 mingdan ziyod aholi yashaydi. 5000 ta ulkan chinor va eman daraxtlari tufayli ularni ko‘chirish kechikmoqda. Hokimlik muammoni qanday hal qilishni rejalashtirayotgani va aholining bu yerdagi hayot haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» reportajida.

12 oktabr 2022, 12:00

«O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir»

Erkin A’zam 26 yil avval «ustuvor», «boqimonda», «lutfan», «qadamranjida», «tashrif buyurdi» kabi «g‘alati mashhur» iboralarni tanqid qilib, ular aslida boshqa ma’noni anglatishini ta’kidlagandi. Yillarga cho‘zilgan harakatsizlik sabab yot so‘zlar hali ham suhbat-muloqotlarimizda hukmron.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting