Saylov-2019

Qonunchilik palatasi to‘liq shakllandi
6 yanvar 2020, 14:01 1

Qonunchilik palatasi to‘liq shakllandi

Saylov yakunlari bo‘yicha O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinlarni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarni «Milliy tiklanish», «Adolat», XDP va Ekopartiya egalladi.

5-yanvar kuni 25 okrugda takroriy saylovlar bo‘lib o‘tadi
4 yanvar 2020, 15:30

5-yanvar kuni 25 okrugda takroriy saylovlar bo‘lib o‘tadi

Ertaga O‘zbekistonning 25 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

MSK kuzatuvchilarning barcha tavsiyalarini hisobga oladi
26 dekabr 2019, 12:49

MSK kuzatuvchilarning barcha tavsiyalarini hisobga oladi

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarning xulosalari va tavsiyalari saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishda hisobga olinishini ma’lum qildi. 2020 yil yozgacha MSK bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

25 ta okrugda takroriy saylovlar bo‘lib o‘tadi
25 dekabr 2019, 16:52

25 ta okrugda takroriy saylovlar bo‘lib o‘tadi

Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi uchta okrugda bayonnomalarda arifmetik xatolarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Takroriy saylovlar avval xabar qilinganidek 22 ta emas, balki 25 ta saylov okrugida bo‘lib o‘tadi.

Bosh prokuratura saylov bilan bog‘liq shikoyat va e’tirozlar natijalari bo‘yicha bayonot berdi
24 dekabr 2019, 22:01

Bosh prokuratura saylov bilan bog‘liq shikoyat va e’tirozlar natijalari bo‘yicha bayonot berdi

Bosh prokuratura tomonidan saylov jarayonida aniqlangan bir qator qonun buzilishi holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

DIIHB saylovlardagi qonunbuzarliklarni tilga olib o‘tdi
24 dekabr 2019, 21:02

DIIHB saylovlardagi qonunbuzarliklarni tilga olib o‘tdi

YeXHT DIIHB missiyasi rahbari Tana de Zuluyeta saylov uchastkalarida jiddiy qonunbuzarliklar sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

YeXHT: «Saylovlar hukumatning asosiy huquq va erkinliklarga nisbatan hurmati oshib borayotganini ko‘rsatdi»
24 dekabr 2019, 19:57

YeXHT: «Saylovlar hukumatning asosiy huquq va erkinliklarga nisbatan hurmati oshib borayotganini ko‘rsatdi»

YeXHT DIIHB missiyasi 25 noyabridan 25 dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi parlament saylovlarining kuzatuvlari natijalari to‘g‘risidagi dastlabki hisoboti e’lon qilindi.

«Milliy tiklanish» yetakchisi ikkinchi davraga qoldi
23 dekabr 2019, 20:22

«Milliy tiklanish» yetakchisi ikkinchi davraga qoldi

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov deputatlikka saylanish uchun yetarli ovoz to‘play olmadi. U ovoz berishning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

Saylovlar qonunbuzarliklarsiz o‘tmadi
23 dekabr 2019, 14:45

Saylovlar qonunbuzarliklarsiz o‘tmadi

Deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov kunida qonunbuzarliklar, jumladan soxta bayonnomalar va kuzatuvchilar faoliyatiga to‘sqinliklar haqida xabar qildi. MSK va Bosh prokuratura ushbu xabarlarni o‘rganmoqda.

O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi
23 dekabr 2019, 14:30

O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, yana Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi.

Saylovda 71,1 foiz saylovchi ovoz berdi
22 dekabr 2019, 22:01

Saylovda 71,1 foiz saylovchi ovoz berdi

MSKning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovida 71,1 foiz saylovchi ovoz berdi.

Saylov kampaniyasi vaqtida prokuraturaga 65 ta murojaat kelib tushdi
22 dekabr 2019, 18:19

Saylov kampaniyasi vaqtida prokuraturaga 65 ta murojaat kelib tushdi

Saylov kampaniyasi vaqtida Bosh prokuratura tomonidan shakllantirilgan shtabga saylovlar bilan bog‘liq 65 ta murojaat kelib tushdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
22 dekabr 2019, 13:57

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 162- saylov uchastkasida saylovda ovoz berib, fuqarolar, xorijlik kuzatuvchilar va OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari matbuot xizmatining fotoreportaji.

Muddatidan oldin ovoz berish 12−18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi
12 dekabr 2019, 10:14

Muddatidan oldin ovoz berish 12−18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Deputatlar saylovida muddatidan oldin ovoz berish O‘zbekiston va chet eldagi saylov uchastkalarida 12−18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Xorijdagi saylov uchastkalari ro‘yxati e’lon qilindi
25 noyabr 2019, 12:36

Xorijdagi saylov uchastkalari ro‘yxati e’lon qilindi

TIV O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsulxonalari qoshida tashkil etilgan saylov uchastkalari ro‘yxati va manzillarini e’lon qildi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting