Saylov-2021

29 may 2021, 12:31

Senatorlar Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qulladi

Senatning 15 yalpi majlisida Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi ma’qullandi. Unga ko‘ra, endilikda saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi, ish joyi ko‘rsatilmasligi, qolaversa, fuqarolar ovoz berishda nafaqat pasport, balki ID-kartalar orqali ham o‘z shaxsini tasdiqlashi mumkin.

24 may 2021, 17:16

«Navbat O‘zbekistonga». Prezident saylovi oldidan YeXHTning maxsus missiyasi Toshkentga keldi

Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida YeXHTning maxsus missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Missiya bo‘lajak prezident saylovini DIIHB tomonidan kuzatishga zarurat bor yoki yo‘qligini o‘rganadi. «Agar bunga zarurat bo‘lsa, bo‘lajak kuzgi saylovlarda missiyani aynan qaysi formatda joylashtirish kerakligi haqida hulosa beramiz», — dedi missiya vakili Aleksey Gromov.

4 may 2021, 14:42

Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

3 may 2021, 13:48

Yaqin kunlarda O‘zbekistonga DIIHBning saylov bo‘yicha dastlabki missiyasi keladi

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi o‘zining prezident saylovlariga taalluqli dastlabki missiyasini yaqin haftalar ichida yuborishi kutilmoqda. Mazkur tashrifdan maqsad — saylovoldi vaziyat va unga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdan iborat. Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisoboti asosida saylovda qatnashadigan ekspertlar, uzoq va qisqa muddatlari kuzatuvchilar soni aniq bo‘ladi.

19 aprel 2021, 12:45

«Saylovlar bo‘yicha bizga xolisona baho kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi va Parlament assambleyasi to‘laqonli missiyasini oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatishga taklif qildi.

14 aprel 2021, 13:47

MSK prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshladi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Dastur pandemiyani hisobga olgan holda huquqiy madaniyat va saylovchilar faolligini oshirish, AKTni saylov jarayoniga joriy etish va saylovga tayyorgarlik vazifalarini belgilaydi.

4 mart 2021, 12:25

«Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod ko‘rmayapman». Sodiq Safoyev — prezident saylovlari to‘g‘risida

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 2021 yilgi prezident saylovlari oldingi yillarda o‘tkazilgan islohotlarga baho beruvchi referendum bo‘lishini aytdi. U davlat rahbari lavozimiga Shavkat Mirziyoyevdan boshqa loyiq nomzodni ko‘rmayotganligini ta’kidladi. O‘z o‘rnida, senator alternativ dastur va nomzodlarsiz «saylovlar to‘laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholanmasligini» bildirdi.

9 fevral 2021, 11:08

Prezident saylovlari oktyabrda o‘tkaziladi

Prezident Konstitutsiyaga saylovlar sanasi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu yilgi prezident saylovlari 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.

29 yanvar 2021, 16:55

Deputatlar saylov kunini ko‘chirishga oid qonunni qabul qildi, hujjat Senatga yuboriladi

Qonunchilik palatasi saylov kunini ko‘chirish bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga oid qonunni qabul qildi. Hujjat Senatga yuboriladi. Agar Senat ham ushbu qonun loyihasini ma’qullab, prezident imzo cheksa, unda 2021 yilga prezident saylovlari 24 oktyabrga to‘g‘ri kelishi mumkin.

25 yanvar 2021, 23:57

Qonunchilik palatasi saylov kunini ko‘chirishga nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi

Prezident saylovlari oktyabr oyiga ko‘chirilishi mumkin. Bunda 2021 yilgi saylovlar tahminan 24 oktyabrga to‘g‘ri keladi. Qonunchilik palatasi saylov kuni o‘zgarishitirilishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hujjat loyihasi bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan.

29 dekabr 2020, 14:05

«Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida O‘zbekiston 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini o‘tkazish masalasiga to‘xtaldi. «Biz o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalarini milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz», — dedi davlat rahbari.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting