Saylov-2021

9 sentabr 2021, 13:09

Shahar va tuman hokimligiga nomzodlarni partiyalar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzodlarni ko‘rsatish bo‘yicha yangi tartibni joriy qilishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, hududiy kengashda eng ko‘p deputatlik o‘rni olgan partiya guruhlari hokimlikka o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.

9 sentabr 2021, 12:41

«Qishloqlardagi maktablar ahvoli qanday ekanini bilaman». Shavkat Mirziyoyev ta’limda amalga oshiriladigan islohotlar haqida

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha qurish orqali maktabgacha ta’limdagi qamrovni 80 foizga yetkazish, maktablarni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish, 1,2 mln o‘quvchi o‘rnini yaratish, qolaversa, oliy ta’lim qamrovini 50 foizga, xususiy oliygohlar sonini esa 50 taga yetkazish, 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalarini barpo etish rejalari ma’lum qilindi.

9 sentabr 2021, 12:39

Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida temir yo‘llarini elektrlashtirish darajasi amaldagi 40 foizdan 60 foizga oshirilishini ta’kidladi. Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

9 sentabr 2021, 12:07

Kelgusi 5 yilda har bir xonadon yuqori tezlikdagi internetga ulanadi — prezident

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshirilishini aytib o‘tdi. Xalqaro magistral internet tezligi 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi 8 barobarga oshirilishi qayd etildi.

9 sentabr 2021, 11:37

2030 yilga borib aholi jon boshiga daromad 4 ming dollardan oshiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish vazifasi oldinda turganligini ta’kidladi. Shuningdek, prezident 2023 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 foizga tushirilishini aytib o‘tdi.

9 sentabr 2021, 11:36

2023 yildan QQS 12 foizga tushiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni 2 barobar qisqartirishini ta’kidladi. O‘zLiDeP nomzodi 2023 yildan QQS 12 foizga, mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%ga tushirilishini ham qayd etdi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yana qator rejalar e’lon qilindi.

9 sentabr 2021, 11:14

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi

O‘zLiDePning 10-s’ezdida partiya nomzodi, Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod prezident farmoni va qarori qabul qilingani aytildi. «Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur», — dedi u.

9 sentabr 2021, 11:14

2026 yilga borib O‘zbekiston aholisi 38 mln dan oshishi kutilmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2026 yilga borib O‘zbekiston aholisi soni 38 mln dan oshishi kutilayotganini ma’lum qildi. Prezident bunday demografik o‘sish mamlakat uchun ham imkoniyat, ham juda katta mas’uliyat ekanligini ta’kidladi.

8 sentabr 2021, 18:15

«Maqolamizda yozgan faktlardan ortga qaytmaymiz». «Adolat» nomzodi «Milliy tiklanish» bilan nizo haqida

«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Milliy tiklanish partiyasi bilan mojarolarga izoh berdi. Bahrom Abduxalimov partiya «maqolasida yozgan faktlardan orqaga qaytmasligini» aytib, Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda ayblayotganini yana bir bor tasdiqladi. Qolaversa, u partiya bu to‘g‘risidagi xabarni tarqatish uchun blogerlarga pul to‘laganini inkor etdi. «Debatni Alisher Qodirov bilan ham kutish mumkin», — dedi Bahrom Abduxalimov.

8 sentabr 2021, 16:42

«Debatlar qiziq bo‘ladi» — prezidentlikka nomzod Bahrom Abduxalimov debatlar bo‘lishiga ishonishini aytdi

Prezidentlik saylovlarida «Adolat» partiyasidan nomzod Bahrom Abduxalimov saylovoldi jarayonlarda debatlar albatta o‘tkazilishini ma’lum qildi. U o‘z raqiblari «yetarli kompetensiyaga ega ekanliklarini» va ular bilan o‘tkaziladigan debatlar «shubhasiz qiziq bo‘lishini» ta’kidladi.

8 sentabr 2021, 13:04

Bahrom Abduxalimov «Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

«Adolat» Bahrom Abduhalimovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Abduhalimovning «Adolat — hayotimizning bosh mezoni» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan korrupsiya va har qanday ko‘rinishdagi «samosud» uchun qat’iy jazo belgilash, Tergov qo‘mitasini tashkil etish, oliy ta’lim kvotalarini butunlay yo‘q qilish, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona — Ta’lim vazirligiga aylantirish, «Jamiyatda yurish-turish, odob-ahloq qoidalari» kodeksini yaratish kabilar o‘rin olgan.

7 sentabr 2021, 14:18

«Adolat» partiyasi Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda aybladi. Milliy tiklanish javob qaytardi

«Adolat» partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda aybladi. Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi sudlarni birlashtirish, jazoni ijro etish muassasalarini Adliya vazirligiga o‘tkazish hamda Tergov qo‘mitasini tuzish g‘oyalarini o‘g‘irlagani iddao qilinmoqda. Milliy tiklanish esa bunga munosabat bildirib, «Adolat» partiyasining siyosiy saviyasiga shubha bilan qaradi.

6 sentabr 2021, 18:53

O‘zbekistondagi saylovchilarning qariyb 33 foizini yoshlar tashkil etadi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning ma’lum qilishicha, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida 21,2 milliondan ortiq saylovchi mavjud. Ularning qariyb 33 foizini (6,9 million) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

31 avgust 2021, 21:08

«Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman» — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlar ekan, bo‘lg‘usi prezident saylovlarida dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilayotganini ma’lum qildi. «Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman», — dedi u.

27 avgust 2021, 14:14

«Biz kelajak uchun javobgarmiz» — Ekopartiya nomzodi Narzulla Oblomurodov saylovoldi dasturini e’lon qildi

Ekopartiya Narzulla Oblomurodovni prezidentlik saylovlari uchun nomzod sifatida tasdiqladi. Oblomurodovning «Biz kelajak uchun javobgarmiz» shiori ostidagi saylovoldi dasturidan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, chiqindilarni resursga aylantirish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, Orol mintaqasida vaziyatni yaxshilash, sud organlariga ishonchni oshirish, sog‘liqni saqlash hamda O‘zbekiston atrofida xavfsizlik mintaqasini yaratish yo‘nalishlari o‘rin olgan. Partiyaning to‘liq dasturi.

25 avgust 2021, 15:59

Afg‘onistonda saylov uchastkalarini ochish ko‘zda tutilgan — TIV

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston o‘zining Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarida prezident saylovi davrida saylov uchastkalarini ochishni rejalashtirilmoqda.

25 avgust 2021, 14:23

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi

MSK pandemiya davrida prezident saylovini o‘tkazishga oid maxsus yo‘riqnomani qabul qildi. Unga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov uchastkasiga kiritilmaydi, ular uchun ochiq havoda ko‘chma saylov qutilari tashkil qilinadi. Qolaversa, yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Saylov boshlanishidan 6 soat oldin ovoz berish bino va xonalari dezinfeksiya qilinadi.

23 avgust 2021, 10:41

Alisher Qodirovning prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun imzolar majburiy yig‘ilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab targ‘ibochilari uyma-uy yurib, «Milliy tiklanish» partiyasining prezidentlikka nomzodi Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlash uchun majburiy ravishda imzolar yig‘ayotgani aytilmoqda. Holatga Alisher Qodirov munosabat bildirib, imzo yig‘ishda majburlash bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va partiya faollarining bosimiga uchraganlardan deputatning Telegram-botiga xabar berishni so‘radi.

19 avgust 2021, 10:08

Siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya partiyalarga karantin talablariga asosan saylovoldi yig‘ilishlari va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berdi. Ularga emlanganlarni taklif qilish tavsiya etildi.

14 avgust 2021, 13:30

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi

Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting