Saylov-2021

7 oktabr 2021, 13:21 1

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda “Guliston siti” qurilishini taklif qildi

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishini taklif qildi. Avvalroq, “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda “siti” qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qilgan edi.

4 oktabr 2021, 11:25

14−20 oktabr kunlari saylovda muddatidan oldin ovoz berish mumkin bo‘ladi

14−20 oktabr kunlari O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi.

29 sentabr 2021, 12:39

Shavkat Mirziyoyev: «Prezidentlik — bu shunchaki lavozim»

Shavkat Mirziyoyev Andijon saylovchilari bilan uchrashuvda besh yil ichida nimalarga erishdi, degan savolga: «Erkin, qo‘rquvsiz yashash», deb javob berdi. «Men ham insonman, prezidentlik bir lavozim, maqsadim xalqimga, O‘zbekiston, Andijon xalqiga xizmat qilish», — deya qo‘shimcha qildi u.

28 sentabr 2021, 16:07

Farg‘onada “Eko shahar” hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i quriladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etishni taklif qildi. Shaharchada 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bunyod qilinadi.

28 sentabr 2021, 15:21

«Mahallaga juda ko‘p vazifalarni yuklab yuboryapmiz» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov so‘nggi paytlarda mahallalarga juda ko‘p vazifalar yuklab yuborilayotganini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, mahalla aslida «odamlarni birlashtiradigan, maslahat, muloqot qiladigan maskan bo‘lishi kerak».

28 sentabr 2021, 15:21 1

“Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda, agar prezidentlikka saylansa, alohida ta’lim dasturi qabul qilinishini va’da qildi. “Men muallimning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamayman”, — dedi u. Prezidentlikka nomzod tibbiyotda yangi tartibni joriy etish rejalari haqida ham gapirdi. Unga ko‘ra pul kasalxonalarga emas, balki bemorlarning o‘ziga ajratiladi.

28 sentabr 2021, 12:56

«Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ajratilayotgan pullarni adolatli ishlatilishi uchun jamoatchilik nazorati kerakligini ta’kidladi. «Chunki korrupsiya yo‘q desak yolg‘on bo‘ladi, korrupsiya ichimizda yuribdi. Korrupsiyaga qarshi butun jamoatchilik bilan kurashishimiz zarur», — dedi u.

28 sentabr 2021, 09:22

«Hali ular hayotni bilmaydi-ku» — Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka boshqa nomzodlar haqida

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida har kuni raqiblardan ham ko‘p narsa o‘rganishi kerakligini aytib o‘tdi. U boshqa nomzodlarning hayotni bilmasligini, bu bilan ularni yomonlash niyati yo‘qligini ta’kidladi.

27 sentabr 2021, 18:01

«Buncha katta bordyur qilib nima qilasan?» Prezident — Toshkentdagi mahallalarning asfaltlanishi haqida

Shavkat Mirziyoyev xalqning puli samarasiz sarflanayotgani, hali o‘g‘riliklar va korrupsiya ko‘pligini ta’kidladi. U poytaxt mahallalarini asfaltlashtirishni misol qilib keltirdi. «Yo‘llarga katta qilib yarim metrli bordyur qilyapti. Baraka topgur, mashinalar poyga o‘ynaydimi, buncha katta qilib, bordyur qilib nima qilasan?» — dedi prezident. Toshkentliklar bir necha oylardan buyon shu kabi bordyurlardan shikoyat qilib kelmoqda.

27 sentabr 2021, 17:16

«Adolat — hayotimiz bosh mezoni». Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturi

«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduxalimov erkin jamiyat va adolatli davlat qurilishi, YAIMning adolatli taqsimlanishi, iqtisodiyotda raqobatning kuchayishi, jazoni ijro etish muassasalarini adliya organlariga topshirish, yagona Tergov qo‘mitasini tuzish, barcha qishloqlarni gaz va energiya bilan ta’minlash masalalarini o‘z saylovoldi dasturida ilgari surdi.

27 sentabr 2021, 14:36

«Inson qadri uchun» — Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi

O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 2027 yilgacha mamlakatda kambag‘allikni kamida 2 baravarga kamaytirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat boshqaruvini takomillashtirishni nazarda tutuvchi besh yillik Yangi O‘zbekiston strategiyasini e’lon qildi.

27 sentabr 2021, 14:19 1

Demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi — Shavkat Mirziyoyev

“Demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi. Mana, Afg‘onistondagi holat hammamizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida.

26 sentabr 2021, 10:50

“Bu tizimni boshqa joylarda ham qilamiz”. Shavkat Mirziyoyev maktablarda bepul ovqatlanish haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan saylovoldi yig‘ilishida O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi maktab o‘quvchilari uchun ham bepul ovqatlanish tizimini joriy etishga va’da berdi. “Biz buni autsorsing tizimida, korrupsiyadan xoli tashkil etishni ishlab chiqamiz”, — dedi u.

24 sentabr 2021, 17:34

Nomzodlar maktab o‘quvchilariga bepul ovqat berishni va’da qilmoqdalar. Bu budjetdan qancha xarajatni talab etadi?

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi saylovoldi tashviqoti chiqishlarida ushbu hududlardagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga va’da berdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushta XDP nomzodi Maqsuda Varisova tomonidan ham taklif etilgan. “Gazeta.uz” ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun davlat budjetining taxminiy harajatlarini hisoblab chiqdi va bu fikrga qarshi bo‘lgan iqtisodchilarning fikrini keltiradi.

24 sentabr 2021, 15:30

Raqib sifatida bitta Shavkat Mirziyoyevni ko‘raman — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovda o‘ziga bitta Shavkat Mirziyoyevni raqib sifatida ko‘rishini ma’lum qildi.

24 sentabr 2021, 14:11

Samarqandni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur tayyorladik — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda viloyatda 450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish eng ustuvor vazifa ekanligini aytdi. U Narpay tumani misolida viloyatda ishsizlik va kambag‘allikka barham berish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi. Tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 12 ta mahallada quruvchi, chilangar, qandolatchilik, tikuvchilik, IT-soha kasblari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etiligi aytildi.

23 sentabr 2021, 21:08

«Bu saylovoldi tashviqoti emas» — MSK Sherzod Asadovning MIR21YOYEV yozuvi tushirilgan futbolkasi haqida

O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi chog‘ida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov MIR21YOYEV yozuvi tushirilgan futbolkada bo‘lgan suratlari e’lon qilindi. MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, qonunchilikda nima kiyish belgilanmagan va bu bo‘yicha e’tiroz bildirish noo‘rin. MSK doimiy a’zosi Xudoyor Mamatov futbolka «tashviqot materiali» sanalmasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, MSK raisi o‘rinbosari amaldagi prezidentlik bilan nomzodlik o‘rtasidagi chegara hech qaysi davlatda aniq belgilanmaganligini qayd etdi.

23 sentabr 2021, 16:50

«Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi» — «Milliy tiklanish» nomzodi Alisher Qodirovning saylovoldi dasturi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi nomzodi Alisher Qodirov o‘z saylovoldi dasturini e’lon qildi. Prezidentlikka nomzod bog‘chalarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi, oliy ta’lim davlat tasarrufidan chiqarilishi, monopoliyalarni tugatish, islom moliyalashtirish tizimini joriy qilish va Aliment fondini tashkil qilish singari takliflarni ilgari surdi. Nomzodning to‘liq dasturi.

23 sentabr 2021, 13:48

«Qing‘irlikning hidi kelyapti» — Ekopartiya rahbari daraxtlarning yashirincha kesilishi haqida

Ekopartiya rahbari va prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov turli xil bahonalar bilan va aholini ogohlantirmasdan daraxtlarning kesilayotganligini tanqid qildi. U daraxtlar kesilishi yo boshqa joyga ko‘chirilishi bilan bog‘liq holatlarda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. 17 sentabr kuni Sirdaryoda «salomatlik yo‘lakchalari»ni qurish uchun 13 ta daraxt qo‘porilgan edi.

23 sentabr 2021, 11:30

XDP deputati Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi

Xalq demokratik partiyasi deputati Ra’no Turdiboyeva O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi. XDP axborot xizmatining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, Ra’no Turdiboyeva 3 oy avval partiya a’zoligidan chiqqan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting