Iqtisodiyot

19 noyabr 2020, 11:11

9 oy ichida 2,4 millon dona avtomobil shinasi import qilindi

O‘zbekiston yanvar-sentyabr oylarida qiymati 50,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,4 million dona shina import qilgan. Eng ko‘p shinalar Xitoy, Chexiya va Koreya Respublikasi mamlakatlaridan import qilingan.

18 noyabr 2020, 12:10

Oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ketma-ket uchinchi oy kamayishda davom etmoqda va umumiy 33,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

18 noyabr 2020, 10:23

Uzauto Motors 2020 yilda 582,6 mlrd so‘m yig‘imni byudjetga to‘lamagan — Hisob palatasi

Uzauto Motors kompaniyasi 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat byudjetiga 582,6 mlrd so‘m yig‘imni to‘lamagan. 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab joriy qilingan ushbu yig‘im avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada ushbu yig‘im xaridorlar hisobidan undiriladi.

17 noyabr 2020, 18:43

O‘zbekiston yangi yevroobligatsiyalar chiqarilishini e’lon qildi

O‘zbekiston tashqi bozorda 10 yillik yevroobligatsiyalarni joylashtirish rejalarini e’lon qildi. Obligatsiyalar qiymati hozircha ma’lum qilinmadi.

17 noyabr 2020, 16:24

O‘zbekiston Afg‘onistonda temir yo‘lini qurish uchun AQSH mablag‘larini jalb etadi

«Mozori-Sharif — Qobul» temir yo‘li AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi mablag‘lari evaziga qurilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari kelasi yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekistonga Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradi.

17 noyabr 2020, 14:52

UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqarishni ko‘paytirdi, ammo kompaniyaning sof foydasi ikki baravar kamaydi

Talabning oshishi sababli UzAuto Motors, Nexia AT, Spark AT va Damas ishlab chiqarishni ko‘paytirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, mijozlar transport vositasini 1−10 kun ichida olishlari mumkin. Shu bilan birga, uchinchi chorakda avtomobil ishlab chiqaruvchining sof foydasi deyarli ikki marta kamaydi.

17 noyabr 2020, 10:50

Aholi ko‘proq valyuta sotib ola boshladi

Yanvardan oktyabrgacha aholi banklarga 3,7 mlrd dollar sotdi va 3,3 mlrd dollar sotib oldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 baravar ko‘pdir.

16 noyabr 2020, 17:52

«O‘zavtosanoat», Uzbekistan Airways kabi kompaniyalar xaridlari ochiqlanishi mumkin — qonun loyihasi

«Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunning yangi loyihasiga muvofiq, «O‘zavtosanoat», «Olmaliq KMK», «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan Airways kabi 24 ta yirik korxona va ularning «nabira» korxonalari xaridlari ochiqlanishi belgilanmoqda. Ular 2019 yilda qariyb 47,6 trln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishgan.

16 noyabr 2020, 12:34

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi yana bir bor 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 390 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz qimmatladi, yevro esa arzonladi.

14 noyabr 2020, 23:02

Toshkent hokimi 500 mln dollarlik yevrobondlarni chiqarishini ma’lum qildi

Toshkent hokimligi 500 mln dollarga yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda, dedi hokim Jaxongir Ortiqxo‘jayev. Shu bilan birga, byudjet qonunchiligiga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlari va viloyatlariga ichki va tashqi bozorlar orqali kreditlar jalb qilish taqiqlangan. Toshkentga faqat ichki obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquq berilgan.

14 noyabr 2020, 14:02

O‘zbekiston milliy brendi jahon bo‘yicha 61-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston «Nation Brands 2020» reytingida 61-o‘rinni egalladi. Bu natija o‘tgan yilgidan 9 pog‘ona yuqoriroqdir. Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda (44-o‘rin), MDH davlatlar orasida esa Rossiyada (14-o‘rin).

13 noyabr 2020, 18:19

Navoiy aeroporti ishchilari ishdan bo‘shatilgan direktorni o‘z lavozimiga qaytarishni so‘rashmoqda

Navoiy xalqaro aeroporti xodimlari avvalgi direktor v.b. Alisher Klichevni o‘z lavozimiga qaytarishni so‘rashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, garchi uning qo‘l ostida aeroport o‘z mavqeini yaxshilagan va daromad keltirgan bo‘lsa-da, u hech qanday sababsiz ishdan bo‘shatilgan. Uzbekistan Airports bundan oldin Klichev «ishidagi qo‘pol xatoliklari» va «ishchilarni yollashda xalqaro me’yorlarga rioya qilmaganligi» uchun ogohlantirilganini aytgan edi.

13 noyabr 2020, 11:35

Banklarda dollar 10 430 so‘mgacha oshdi

Ko‘pgina tijorat banklarida dollarni sotish narxi 10 360 so‘mga va sotib olish narxi esa 10 430 so‘mga belgilanmoqda.

12 noyabr 2020, 16:42

9,6 mln dollarlik Toshkent raqamli situatsion markazi tendersiz quriladi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi raqamli situatsion markazini qurish uchun 100 mlrd so‘m sarflanadi. Loyihaning bosh pudratchisi sifatida Power Construction Planet tanlandi. Hukumat loyihani tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat berdi.

12 noyabr 2020, 14:18

Prezident Shahrisabzda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safarini Shahrisabzdagi Oqsaroy Vortex MCHJda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi.

11 noyabr 2020, 16:24

10 oy davomida O‘zbekistondan 119,4 mingta televizor eksport qilindi

Joriy yilning 10 oy davomida 13,8 mln dollarlik 119,4 mingta televizor va 5,2 million dollarlik 32,4 mingta muzlatkich eksport qilindi. Bu yildan Gruziya va Turkiyaga ham ushbu mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.

10 noyabr 2020, 12:03

Bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda

1 yanvardan bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda. Fuqarolar shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kirayotgan tovarlar qiymatining boj to‘lanmaydigan qismidan ortig‘i uchun to‘lanadigan bojxona yig‘imlari ham kamaytiriladi.

9 noyabr 2020, 21:17

«O‘zbekneftgaz» AI-95 benzini narxini arzonlashtirdi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan AI-95 markali benzin narxi arzonlashtirildi.

9 noyabr 2020, 13:07

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 378 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham qimmatladi.

5 noyabr 2020, 15:51

9 oy ichida davlat byudjeti daromadlari 9,1 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va bojxona tushumlariga to‘g‘ri keladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting