Iqtisodiyot

1 noyabr 2018, 19:49

Toshkentda GTL loyihasi kreditorlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Noyabrda xorijiy banklar Qashqadaryo viloyatida sintetik yonig‘li zavodi qurilishini moliyalashtirishni boshlashi mumkin.

1 noyabr 2018, 16:13

Prokuratura agrosektorda qonunlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytiradi

Prezident prokuratura organlariga qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha hukumat kompleksiga ko‘maklashish vazifasini topshirdi.

1 noyabr 2018, 15:31

Markaziy bankning tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi belgilandi

Markaziy bankning tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

31 oktabr 2018, 15:36

Yillik pul aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tkaziladi

Prezident farmoni bilan yillik pul aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tkaziladi.

31 oktabr 2018, 11:15

Paxta yetishtirishda tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi

Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etiladi.

30 oktabr 2018, 21:38

Ayrim turdagi tovarlar eksportiga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi

Prezidentning «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan ayrim turdagi tovarlar eksportiga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi.

30 oktabr 2018, 19:47

Farg‘onada tadbirkorlarning 5,3 milliard so‘mlik soliq qarzidan kechildi

Farg‘ona viloyatida 792 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyati qayta tiklandi hamda ulardagi 5,3 milliard so‘m soliq qarzi hisobdan chiqarildi.

30 oktabr 2018, 18:23

UzCard valyuta ayirboshlaydigan yangi bankomatlar olib kelmoqda

O‘zbekistonda xorijiy valyutani milliy valyutaga konvertatsiya qiladigan Diebold Nixdorf konserniga tegishli CINEO C4560 rusumidagi zamonaviy bankomatlari o‘rnatiladi.

29 oktabr 2018, 23:50

TIV Eron temir yo‘llari tashkiloti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Eronda «Xaf — Hirot» yangi temir yo‘l tarmog‘i infrastrukturasi va Chohbahor dengizi porti imkoniyatlari bilan tanishdi.

29 oktabr 2018, 21:58

Iqtisodiy sudlar 320 mingdan ortiq ishni ko‘rib chiqdi

Iqtisodiy sudlar to‘qqiz oy davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga 772,7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni undirib berdi.

29 oktabr 2018, 17:08

Tadbirkorlik subyektlariga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishga ruxsat berildi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

29 oktabr 2018, 13:08

Nazirjon Hasanov «O‘zbektelekom» rahbari bo‘ldi

«O‘zbektelekom» kompaniyasida davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan Nazirjon Hasanov kompaniya rahbari v. b. bo‘ldi.

29 oktabr 2018, 11:15

Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasidagi nazorat inspektorlari ham moddiy rag‘batlantiriladi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish kiritildi.

29 oktabr 2018, 10:56

Tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi

«Mikrokreditbank» faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

29 oktabr 2018, 10:05

Konditsioner o‘rnatilgan ilk avtobuslar Toshkentga olib kelindi

Poytaxt avtobus saroylari 20 dona konditsionerli SAZ LE60 avtobusiga ega bo‘ldi. Yil oxirigacha yana 60 ta shunday mashina va 40 ta MAN keltiriladi.

28 oktabr 2018, 17:57

Germaniya kompaniyasi bilan Termiz city qurilishi bo‘yicha memorandum imzolandi

Germaniya kompaniyasi Surxondaryo viloyatida Termiz city va yiliga 2,5 mln tonna sement ishlab chiqaruvchi zavod quradi.

26 oktabr 2018, 22:35

Yunusobodda 332 ta foydalanilmayotgan ob’ekt va yer maydoni mavjudligi aniqlandi

Yunusobodda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan ob’ekt va yer maydonida yangi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi.

26 oktabr 2018, 20:23

Kimyo korxonalaridagi davlat ulushi investorlarga sotiladi

Investorlar «Samarqandkimyo», «Elektrkimyozavod», «Jizzax plastmassa» va «Farg‘onaazot» korxonalaridagi davlat ulushini bozor narxlarida sotib olishlari mumkin.

26 oktabr 2018, 17:09

Yunusobodda «Business city» quriladi

Yunusobodning 2-Otchopar mahallasidagi 45,5 gektar maydonda «Business city» quriladi.

26 oktabr 2018, 11:58

Milliy chakana to‘lov tizimi «Humo» nomi ostida faoliyat yuritadi

Markaziy bankning yangi tashkil etilayotgan to‘lov tizimining nomini aniqlash bo‘yicha e’lon qilgan tanlovida «Humo» nomi 45,3% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting