Iqtisodiyot

27 iyul 2021, 10:08

«Jamiyat puliga binolar qurib, „bu bizga foyda keltiradi“, deb o‘ylaymiz». Iqtisodchi Behzod Hoshimov «kargo-kult» g‘oyasi haqida

Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekistonda zavodlar, mehmonxonalar va turli tijoriy binolar qurilishini «kargo-kult» g‘oyasi bilan tushuntirdi. «Chet elda shunaqa banklar, binolar borligini bilamiz. Biz ham shunday qilsak boyib ketamiz, deb o‘ylaymiz. Zavod bo‘lsa pul bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Pul — pulchalik turishi kerak», — deya ta’kidladi u.

26 iyul 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 22,99 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 657,35 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.

26 iyul 2021, 10:33

Elektron onlayn-auksionlarning yagona tartibi joriy etiladi

Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish va shaffofligini oshirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi. Hujjat bilan obyektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinmoqda. Shuningdek, auksion g‘olibi to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sischilari auksionlardan chetlatiladi.

24 iyul 2021, 19:23

Tashqi savdo aylanmasi o‘smoqda, biroq hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmadi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgani yo‘q, biroq o‘sishda davom etmoqda. 2021 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo hajmi 13,6 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 10 ta hamkor davlatlar ro‘yxatiga Ukraina ham kirdi.

24 iyul 2021, 16:05

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18,87 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 634,36 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.

23 iyul 2021, 16:06

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng biroz ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 16,83 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 615,49 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

23 iyul 2021, 14:27

«O‘zbekistonda elektr energiyasi ta’minotida favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi» — «Hududiy elektr tarmoqlari»

«Hududiy elektr tarmoqlari» iqtisodchi Otabek Bakirovning O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotini Gruziyadagi tizim bilan taqqoslab bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston elektr energiyasi ta’minotida «favqulodda holatlarni inobatga olmasa, taqchillik kuzatilmaydi». Shuningdek, bayonotda ikkala mamlakatdagi energiya ishlab chiqarish manbalari va iste’molchilar soni orasidagi tafovutlarga e’tibor qaratilgan.

23 iyul 2021, 10:42

Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish hamda loyihalarni amalga oshirish masalalarini o‘rganuvchi Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi. Hujjatga asosan, davlat organlari va tashkilotlari Agentlikning so‘roviga ko‘ra birlamchi statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi.

21 iyul 2021, 15:54

Shuhrat Otaboyev Xalq bankiga rahbar bo‘ldi

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida besh oydan kamroq muddat ishlagan Shuhrat Otaboyev Xalq banki boshqaruv kengashi raisi bo‘ldi.

20 iyul 2021, 22:16 1

Prezident tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Davlat rahbariga savollar, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha g‘oya va takliflarni 31 iyulga qadar yuborish mumkin.

19 iyul 2021, 17:49

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 12,72 so‘mga pasaydi va jami 10 598,66 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

19 iyul 2021, 15:32

O‘zbekistonda 12,5 mingdan ortiq xorijiy kapital ishtirokida ishlaydigan korxona mavjud

1 iyun holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 ming 654 tani tashkil etmoqda. Hududlar kesimida Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida eng ko‘p xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona mavjud.

19 iyul 2021, 10:00

Yakkabog‘ tuman hokimligining binosi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi

Yakkabog‘ tumani hokimligi o‘z binosiga ega emasligi, hokimlik hozirga qadar Xalq demokratik partiyasining balansida bo‘lgan binoda faoliyat yuritayogani ma’lum bo‘ldi. Tuman hokimi bundan bosh vazir o‘rinbosarlarining, moliya vazirining ham xabari borligi va tez orada bino qurilishini aytdi.

17 iyul 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 14,59 so‘mga pasaydi va jami 10 611,38 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

17 iyul 2021, 12:03

2021 yilda soliq tushumlari qanday o‘sdi?

Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari 28,7% ga — 74,9 trln so‘mgacha o‘sdi. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlarning 67,8 foizi oltin va mis qazib olish korxonalari, QQS bo‘yicha — neftgaz sektori va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari hamda avtomobil va ehtiyot qismlari importi hissasiga to‘g‘ri keldi.

17 iyul 2021, 10:35

Qancha yomon bo‘lsa — shuncha yaxshimi?

Nima uchun yaxshi g‘oyalar, to‘g‘ri siyosat va iqtisodiy o‘sish doimo birga yuradi? Erkinlik bo‘lmagan, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinadigan va sust iqtisodiy o‘sish sharoitida taraqqiyotga erishib bo‘ladimi? Iqtisodchi Behzod Xoshimov birinchi qarashda ahamiyatsiz hisoblangan noto‘g‘ri qarorlar qanday qilib jamiyatni “g‘oyalar tuzog‘iga” tushirib qo‘yishi mumkinligi haqida mulohaza qiladi.

16 iyul 2021, 16:09

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 24,69 so‘mga pasaydi va jami 10 625,97 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

16 iyul 2021, 11:47

Avtokreditlar hajmi 40 foizga oshdi. Markaziy bank buni barcha uchun xatarli deb hisoblamoqda

O‘zbekistonda avtomobil xaridi uchun kreditlar hajmi 40 foizga oshdi. Jumladan, Toshkentda eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilib, barcha avtokreditlarning qariyb yarmi — 1,1 trln so‘mni tashkil qildi. Markaziy bank mazkur holatni barcha uchun birdek xatarli deb hisoblamoqda.

15 iyul 2021, 16:40

Dollarning rasmiy kursi uch kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 9,34 so‘mga pasaydi va jami 10 650,66 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi biroz pasaydi.

15 iyul 2021, 12:04

O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxirasi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi. Mamlakat oltin-valyuta zaxirasining 60,5 foizi oltinda. Birinchi o‘rinni 8,1 ming tonna zaxiralari bilan yana AQSh egallamoqda. Oltin sotib olish bo‘yicha eng faol markaziy banklar beshtaligiga O‘zbekiston ham kirgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting