Iqtisodiyot

8 iyul 2020, 18:08

1 oktyabrdan davlat korxonalarini tashkil etishga cheklovlar qo‘yiladi

Prezident mamlakatda raqobat muhitini rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. 1 oktyabrdan boshlab besh yoki undan ortiq xususiy kompaniyalar mavjud bo‘lgan bozorlarda davlat korxonalarini tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

7 iyul 2020, 17:21

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi

2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘tgan 5 yil davomida eng yuqori natija — 2,7 mlrd dollarni tashkil etdi. 6−7 iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Seulga amaliy tashrifi davomida yangi kelishuvlarga erishildi.

7 iyul 2020, 14:41

Moliya vazirligi banklar ustidan nazoratni kuchaytiradi

Moliya vazirligi kuzatuv kengashlaridagi mustaqil xorijiy direktorlar orqali davlat banklari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, ba’zi banklar «tushunarsiz sharoitlarda» katta kreditlarni tasdiqlashgan.

6 iyul 2020, 19:37

Karantin talablarining yumshatilishi iqtisodiyot faollashuviga olib keldi

2020 yil aprel-iyun oylarida O‘zbekiston bank tizimida naqd pullar aylanmasi koronavirus pandemiyasi ta’sirida shakllandi. Iyun oyidagi ko‘rsatkich (14,6 trln so‘m) karantin sharoitidan oldingi davrdagi holatiga deyarli yaqinlashdi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich keyingi oylarda “ijobiy tomonga o‘zgarishini kutish mumkin”, deb baholanmoqda.

6 iyul 2020, 16:02

Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida “Daryo bo‘yi Business city” loyihasi amalga oshirilishi ma’qullandi

Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining 16 kilometrlik qismini 65−80 metrgacha toraytirish rejalashtirilmoqda. Hosil bo‘lgan bo‘sh yer maydonida “Daryo bo‘yi Biznes siti” loyihasi amalga oshirilib, u yerda ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari yaratiladi.

6 iyul 2020, 11:19

Sementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Ko‘zlangan tartibga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik tartibi ham belgilangan.

6 iyul 2020, 11:09

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11 qimmatlab, jami 10 173 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi ham deyarli 45 so‘mga ko‘tarildi va rubl kursi esa 3 so‘mga (142 so‘m) arzonladi.

3 iyul 2020, 18:48

Sement importini yengillashtirish bo‘yicha topshiriq berildi

Hukumat sementni import qilish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Sementga bo‘lgan talab va narxlarning oshishiga amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining faollashuvi va jadallashuvi hamda sement mahsuloti importi hajmining kamayganligi sabab bo‘lmoqda.

3 iyul 2020, 15:05

Prezident pandemiyaning tashqi savdoga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Yil boshidan buyon o‘zbek korxonalari 6,1 mlrd dollarlik mahsulotlarni eksport qildi, biroq global bozorda talab va taklifning pasayishi qayd etilmoqda. Prezident pandemiyaning tashqi iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Ushbu choralar hisobiga eksport yil yakunlari bo‘yicha 17,1 mlrd dollarga yetishi mumkin.

3 iyul 2020, 15:00

Stab.uz internet do‘konida Andeli elektr texnik jihozlarini sotib olish mumkin

Andeli elektr texnik jihozlarining O‘zbekistondagi rasmiy dilleri hisoblangan Stab.uz internet do‘koni o‘z mijozlariga 30 ta toifadagi 1500 dan oshiq mahsulot bilan tanishish, osongina sotib olish va uygacha yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Xaridor nafaqat qulay narx va sifat, balki rasmiy kafolatga ham ega bo‘ladi.

3 iyul 2020, 11:35

Sergelidagi avtomobil bozorining o‘rnida Car Box Service loyihasi amalga oshiriladi

“Sergeli” avtomobil bozorini Toshkent viloyatiga ko‘chirib, uning hududida Car Box Service avtomobillarga xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

2 iyul 2020, 19:54

Xorijiy tovarlar uchun iste’mol kreditlarini berish taklif qilindi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun iste’mol kreditlari berishni, shu bilan birga, kreditning o‘zini naqd va xorijiy valyutada berilishini taklif qildi.

2 iyul 2020, 15:07

Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi

“Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK negizida Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri davlat mulki ob’ektlarini ijaraga berishni tashkil etishdan iborat.

2 iyul 2020, 14:39

Ishsizlik darajasi 15 foizgacha oshdi

Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda ishsizlik ko‘rsatkichi 15 foizgacha o‘sdi. Bunga karantin cheklovlari sabab bo‘ldi.

2 iyul 2020, 13:18

Qator korxonalarga eksklyuziv imtiyozlar berish huquqini bekor qilish taklif etildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ayrim korxonalardan, shu qatorda «O‘zmetkombinat» va «O‘zavtorsvetmet"lardan eksklyuziv huquqlari va preferensiyalaridan mahrum qilishni taklif etdi.

1 iyul 2020, 16:14

XMT: Inqirozdan chiqish oson va tez kechmaydi

Yilning ikkinchi choragida ish vaqti hajmi 14 foizga kamaydi, bu — 400 mln ish joyining yo‘qolishiga tengdir. XMT ekspertlari ish o‘rinlari yana 11,9 foizga, ya’ni 340 million ish joyiga qisqarishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

1 iyul 2020, 12:23

“O‘zagrotexsanoatxolding” faoliyati tugatiladi

Prezident qaroriga binoan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ faoliyati tugatiladi. Aksiadorlik jamiyatning tugatish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ikki hafta muddatda tasdiqlanadi va bajarilishi ta’minlanadi. Xoldingga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qolinadi.

29 iyun 2020, 18:56

Toshkentni rivojlantirish loyihalariga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihasiga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtda 656 km piyodalar va velosiped yo‘llarini qurish, Ishbilarmonlik markazlari va biznes-inkubatorlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

29 iyun 2020, 17:11

Jahon banki COVID-19 inqirozidan keyin iqtisodiyotning tiklanishi haqida

Jahon bankining katta iqtisodchisi Uilyam Zeyts O‘zbekiston iqtisodiyotidagi holat va uning istiqbollarini tahlil qildi. Ekspertning fikriga ko‘ra, hozir mamlakatga tezkor “yutug‘i kafolatlangan” investitsiyalar, moliyaviy ahvoli tang fuqarolarga ijtimoiy yordam dasturlarini kengaytirish va koronavirusning yangi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish kerak.

29 iyun 2020, 12:34

Markaziy bank ikkita bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi

Markaziy bank 2020 yilning birinchi yarim yilligida «Agrobank» va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlarini aniqladi. Shu sababli ushbu banklarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting