Iqtisodiyot

2 aprel 2021, 11:26

Jahon banki: «Eng muhim vazifa — islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligi»

2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 4,8% gacha tiklanishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish uchun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish lozim, deyiladi Jahon banki hisobotida. Ekspertlar 2021 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMning 42 foizini tashkil etishini ham prognoz qilmoqda.

1 aprel 2021, 16:32

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmi kursi 13 so‘mga pasaydi va jami 10 472 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham arzonladi.

1 aprel 2021, 11:37

Mart oyida inflyatsiya 0,8% ni tashkil qildi

Mart oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,6 foizga, xizmatlar esa 0,4 foizga qimmatladi.

31 mart 2021, 16:13

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmi kursi 10,68 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 485,66 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

31 mart 2021, 02:53

O‘zbekiston 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplamoqchi

O‘zbekiston O‘zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi yordamida 50 dan ortiq navlarni mahalliylashtirish va kartoshkachilik genofondini yaxshilash orqali 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplashni maqsad qilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mazkur markazga tashrif buyurdi.

31 mart 2021, 02:26

Vengriyaning OTP banki «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirishda ishtirok etadi — prezident

Vengriyaning yirik banklaridan biri O‘zbekiston bankini xususiylashtirish jarayonlarida qatnashadi. «Vengriyaning OTP banki O‘zbekistonning «Ipoteka bank"ining davlat ulushini xususiylashtirishda ishtirok etishini boshlaganini qizg‘in qutlaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga murojaat qila turib.

30 mart 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga pasaydi va jami 10 474,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.

30 mart 2021, 14:59

Toshkentda Vengriya universiteti ochiladi

O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqdagi nomutanosiblikni bartaraf etishga kelishib oldilar. Ikkita viloyatda qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish bo‘yicha Vengriya tajribasini joriy etish rejalashtirilmoqda. Debretsen universiteti bu yil Toshkentda o‘z ishini boshlaydi.

29 mart 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmi kursi 15,54 so‘mga pasaydi va jami 10 486,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.

27 mart 2021, 13:54

Elektron tijorat o‘zini o‘zi band qiladiganlar faoliyat turlariga qo‘shilishi mumkin

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi elektron tijoratni o‘zini o‘zi band qiladiganlar faoliyat turlariga qo‘shishni taklif qilmoqda.

26 mart 2021, 17:37

Yaponiya O‘zbekistonga 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit ajratdi

Koronavirusning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Yaponiyadan 136,5 mln dollar miqdorida favqulodda kredit oldi.

25 mart 2021, 16:24

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmi kursi 17,34 so‘mga pasaydi va jami 10 490,34 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham tushdi.

24 mart 2021, 16:52

Buxoro va Jizzax neft bazalarida — yirik debitorlik qarzlari mavjud

Buxoro va Jizzax neft bazalarida moliyaviy intizom buzilganligi — kamomad va xodimlarga asossiz to‘lovlar, shuningdek, debitorlik qarzlari (33 mlrd va 35 mlrd so‘mdan ortiq) aniqlandi.

24 mart 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 507,68 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

24 mart 2021, 14:27

Elektr ta’minotiga ulanish uchun yig‘im joriy qilish taklifi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilmagan

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Energetika vazirligining tadbirkorlarning elektr tarmog‘iga ulanishi uchun bir martalik 14,7 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovni joriy etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini kelishilmaganini ma’lum qildi. Loyihaning dastlabki versiyasida to‘lovlar kamroq miqdorda bo‘lgan, qolaversa, unda maishiy iste’molchilarning ham to‘lov qilishi nazar tutilgan edi.

23 mart 2021, 14:03

Fevral oyida ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgardi?

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi fevral oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgarganini tahlil qilib chiqdi.

19 mart 2021, 16:21

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi bor pasaymoqda

Dollarning rasmi kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 506 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

19 mart 2021, 11:55

IKEA O‘zbekistonda fabrika ochishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Prezidentga Chirchiq shahrida IKEA kompaniyasining mebel ishlab chiqarish fabrikasi loyihasi taqdim etilgan edi. Kompaniya O‘zbekistonda fabrika ochish rejada yo‘q ekanligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 2025 yilga qadar IKEA dunyo bo‘ylab 12 ta do‘qonini ochishni ko‘zda tutgan. Biroq, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatda ham mavjud emasligi aytilmoqda.

18 mart 2021, 16:48

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmi kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.

17 mart 2021, 16:52

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmi kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting