Iqtisodiyot

24 iyul 2020, 21:33

Respublika bo‘yicha elektr ta’minoti tizimiga cheklovlar kiritilmoqda

Ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelgani sababli respublika bo‘yicha 1,5−2 mln kVt•soat yoki kunlik 0,8−1 foiz miqdorida cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi. Tojikistondan elektr energiyasi importi to‘xtagan, Turkmaniston bilan esa yangi shartnoma imzolandi.

24 iyul 2020, 16:12

Iqtisodiy sudlar tomonidan biznes foydasiga deyarli 825 mlrd so‘m undirib berildi

Birinchi yarim yillikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilishga oid 14 mingdan ortiq iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi va ular foydasiga 824,7 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ undirib berildi.

24 iyul 2020, 15:32

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 32 mlrd dollardan oshdi

Markaziy bank O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari hajmi 32,3 mlrd AQSH dollari tashkil etishini ma’lum qildi. Oltin-valyuta zaxirasi 2020 yil boshidan deyarli 11 foizga o‘sgan va taxminan 20 oy davomida importni moliyalashtirishga yetadi.

24 iyul 2020, 11:59

Ilk bor banklar faolligi indeksi e’lon qilindi

O‘zbekistonda ilk bor «Banklar faollik indeksi» e’lon qilindi. Unga ko‘ra, may oyi uchun «Kapitalbank» mamlakatda faoliyat yurituvchi eng faol bank deb e’tirof etildi. Indeksning so‘nggi o‘rinlarini «Tenge bank», «O‘zKDB» va «Poytaxt bank» banklari egalladi.

24 iyul 2020, 11:07

Alkogol chakana savdosi uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi

O‘zbekistonda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shu bilan birga, 1 avgustdan boshlab alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi.

23 iyul 2020, 23:03

Buxoro viloyatida 50 ta kislorod konsentratlari sotib olindi. Ularning narxlari qancha?

Buxoro viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi uchun 12 million so‘mga 50 ta kislorod konsentratorlari sotib olinganligini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Alibaba saytida qurilmalarni uch baravar arzonroq sotib olish mumkinligini payqashdi.

23 iyul 2020, 21:32

O‘zbekiston o‘z mudofaa-sanoat quvvatlarida T-64 tanklarini modernizatsiya qilmoqda

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari ixtiyoridagi T-64 tanklari mamlakat mudofaa-sanoat majmuasi korxonalarida T-64MV darajasida modernizatsiya qilinmoqda.

23 iyul 2020, 21:14

Sement importi tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonga sement import qilish va uni erkin muomalaga chiqarish tartiblari soddalashiriladi. Shuningdek, 2020−2021 yillarda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 1,2 mlrd dollarlik 18 ta loyiha ishga tushiriladi.

23 iyul 2020, 18:02

Aholi bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytmoqda

«O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi doirasida COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotga ko‘ra, aholi bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytmoqda. Shuningdek, iyun oyida mahalliy mahsulotlar tanqisligi kamaydi.

23 iyul 2020, 16:59

Pandemiya sababli kambag‘allar soni ko‘payib, boylar soni kamaydi

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida kambag‘al uy xo‘jaliklari soni 8 foizdan 21 foizga ko‘paygan, o‘rtacha va yuqori daromadli o‘y xo‘jaliklari soni esa 13 foizga kamaygan.

23 iyul 2020, 14:30

Asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank bazaviy stavkani yiliga 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Yil oxirida inflyatsiya prognozi 11−12,5% darajasida saqlab qolindi.

23 iyul 2020, 11:00

UzAuto Trailer kompaniyasi e’lon qilgan mega aksiya tugashiga oz qoldi

UzAuto Trailer kompaniyasi «KAMAZ» bilan hamkorlikda e’lon qilgan mega aksiya tugashiga oz qoldi. 1 avgustga qadar katta chegirma bilan «KAMAZ» rusumli yuk tashuvchi avtomashinasini xarid qilgan aksiya ishtirokchilariga servis xarajatlari va bonuslar taqdim etiladi.

22 iyul 2020, 13:56

Namanganda Changan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi

Chust tumanida joylashgan «Namangan» erkin iqtisodiy zonasida Xitoyning Shangan brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi boshlandi. Jami 5,8 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qilinayotgan loyiha doirasida ishlab chiqarish jarayoni 2021 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.

22 iyul 2020, 13:30

O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqarilmoqda

Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi TARLON (4×4) rusumli yengil zirhli avtomobilning tajriba namunasini ishlab chiqardi. Avtomobil 9 kishini sig‘dirib, 7 dona o‘q otish tuynuklariga ega.

22 iyul 2020, 10:53

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar kiritilgan

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston umumiy hajmi 4,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar jalb qildi, bundan 3,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga to‘g‘ri keldi. Investitsiyalar kiritish bo‘yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya yetakchilik qildi. Iqtisodchi Behzod Xoshimov to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi XVJ prognozidan 4,2 barobar yuqori bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

21 iyul 2020, 16:44

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 18,2 foizga kamaydi

2020 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga pasaydi. Jumladan, eksport — 22,6 foizga, import — 15 foizga kamaydi.

21 iyul 2020, 16:15

Quvayt O‘zbekistonga tibbiyot muassasalarini jihozlashga 5,6 mln dollar ajratadi

Quvayt jamg‘armasi O‘zbekiston tibbiyot muassasalarini koronavirusga qarshi kurashda zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 mln dollar ajratishni ma’qulladi.

20 iyul 2020, 22:14

Biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmon imzolandi

Prezident farmoni bilan soliq imtiyozlari va preferensiyalari muddatlari uzaytirildi, umumiy ovqatlanish sohasi va ijara beruvchilar aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilindi, ularga boshqa yengilliklar ham berildi.

20 iyul 2020, 17:05

Qishloq xo‘jaligi vaziri — uni sudga bergan Sulton Tex Group atrofidagi vaziyat haqida

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev uni va hukumatning boshqa a’zolarini sudga bergan Sulton Tex Group korxonasi atrofidagi vaziyatga izoh berdi. Vazir fermerlar manfaati yirik korxonalar manfaati kabi muhim ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning klaster shaklida barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar haligacha mavjud emasligini tan oldi.

20 iyul 2020, 14:23

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga qimmatlab, jami 10 210 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi deyarli 148 so‘mga ko‘tarildi, rubl kursi esa deyarli 2 so‘mga (142 so‘m) arzonlashdi. AQSH milliy valyutasini qimmatlashishi beshinchi hafta kuzatilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting