Iqtisodiyot

8 sentabr 2021, 22:50

O‘zbekiston 7 oy mobaynida 12,2 mingta yengil avtomobil import qildi

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati 258,3 mln dollarga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan. Mashinalar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5983 taga kamaygan.

8 sentabr 2021, 18:37

FT: Zeromax 10 yillar avval yopilgan, biroq kompaniyaning auditori uchun savollar yo‘qolgani yo‘q

EY auditorlik kompaniyasi bankrotlikka uchrab, yopilib ketgan Zeromax kompaniyasi tufayli bosimlar ostida qoldi. Financial Times millionlab dollarlarning zargarlik buyumlarini sotib olishga sarflangani va offshor hisob raqamlariga o‘tkazilganiga e’tibor qaratdi.

8 sentabr 2021, 18:25

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,37 so‘mga pasayib, 10 682,86 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

8 sentabr 2021, 15:50

500 MVt quvvatli uchta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Energetika vazirligi Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtga teng bo‘ladigan uchta fotoelektrostansiyalar qurish bo‘yicha tenderni e’lon qildi.

8 sentabr 2021, 15:15

Avtomobil ishlab chiqaruvchilariga jami 2,57 trln so‘mlik imtiyozlar berilgan

UzAuto Motors, «Jizzax avtomobil zavodi», ADM Jizzakh, Roodell va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar 2021 yilning birinchi yarmida jami 2,57 trln so‘mlik (240,9 mln dollar) bojxona bojlari, QQS va aksiz soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan. UzAuto Motors avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar ham milliardlab so‘mlik imtiyozlardan foydalangan.

8 sentabr 2021, 12:06

Eksportyor korxonalarga $5 mlngacha moliyaviy resurslar taqdim etiladi

1 oktabrdan boshlab eksport hajmi $20 mlndan oshgan korxonalarga eksport savdo operatsiyalari uchun $5 mlngacha bo‘lgan bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiladi. 12 oy davomida 1 mln AQSh dollaridan ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga kechiktirishi mumkin.

8 sentabr 2021, 10:30

Belgilangan muddatda soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarima bekor qilinadi

2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi.

8 sentabr 2021, 09:37

O‘zbekiston davlat qarzlari 24 mlrd dollardan oshdi

Davlat qarzi ikkinchi chorakda 1 mlrd dollarga oshdi. 1 iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi jami 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, birinchi yarim yillikda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 1 mlrd dollardan oshgan.

8 sentabr 2021, 09:24

Surxondaryoda suv quvurini yotqizish boshlandi. Bosh pudratchi — To’palang HPD Platinum

Surxondaryoda To‘palang suv omboridan 361 kilometrlik magistral suv quvurini yotqizish ishlari boshlandi. 138 mln dollarlik loyiha To’palang HPD Platinum tomonidan amalga oshirilmoqda. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘liga tegishli bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.

7 sentabr 2021, 20:44

UzAuto Motors yig‘imlar, aksiz va QQS bo‘yicha 177,6 million dollar miqdorida imtiyoz olgan

UzAuto Motors 2021 yilning olti oyida 1,9 trillion so‘mlik (177,6 million dollar) bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini oldi. Gap prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ta’minlangan bojxona boji, aksiz va QQS bo‘yicha imtiyozlar haqida ketmoqda.

7 sentabr 2021, 17:59

Dollarning rasmiy kursi yana o‘sdi

8 sentabrdan dollarning rasmiy kursi 10,16 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSh dollari 10 695,23 so‘mga etib belgilanadi. Shuningdek, yevro ham so‘mga nisbatan o‘sgan bo‘lsa, rublning rasmiy kursi 0,43 so‘mga arzonlashdi.

6 sentabr 2021, 17:40

Dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etmoqda

Dollarning rasmiy kursi 14,07 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSh dollari 7 sentyabrdan 10 671,00 so‘mga teng bo‘ladi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarilishda davom etmoqda.

6 sentabr 2021, 14:10

ITBning Toshkentdagi yig‘ilishidan so‘ng qiymati $330 mlndan ortiq shartnomalar imzolandi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashi yig‘ilishida umumiy qiymati 280 mln dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolandi.

4 sentabr 2021, 17:19

«Toshkent» xalqaro aeroportida yangi uchib ketish zali ishga tushirildi (foto)

Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida xalqaro yo‘nalishlar yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha maydonga ega bo‘lgan yangi uchib ketish zali ochildi. Mazkur zalda zamonaviy uskunalar, «yashil» va «qizil» yo‘laklar o‘rnatilgan. Shuningdek, 6 ta pasport va chegara nazorati punkti, ochiq Wi-Fi tarmog‘i, Duty Free do‘konlari, kafe, ona va bola xonasi mavjud.

3 sentabr 2021, 11:30

O‘tgan 6 oyda mamlakatda 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar — iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan. Eng yuqori ulushga ega viloyatlar Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlari hisloblanadi.

1 sentabr 2021, 12:49

Toshkentda Chirchiq daryosi qirg‘og‘idagi yerlarni sotishdan tushgan pullar nimalarga sarflanadi?

Daryo bo’yi Business City ishbilarmonlik markazi qurilishi doirasida Chirchiq daryosini toraytirish hisobiga ochilgan yerlar Toshkent hokimligi zaxirasiga o‘tkaziladi. So‘ngra ular lotlarga ajratilib, investorlarga sotiladi. Tushgan mablag‘lar byudjet ssudalarini qoplash va kelgusidagi qurilishlarni moliyalashtirishga sarflanadi.

31 avgust 2021, 16:33

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 17,82 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 671,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

31 avgust 2021, 15:37

Sement ishlab chiqaruvchilariga foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi

1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 15 foizgacha pasaytiriladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar import mahsulotlari bilan raqobatlasha olmayotgani uchun bu haqda prezidentdan tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘ralgan edi.

31 avgust 2021, 09:13

O‘zbekistonda oltita kimyo-texnologik klaster barpo etiladi

Prezident 2026 yilga kelib O‘zbekistonda oltita kimyoviy texnologiya klasteri tashkil etilishini ma’lum qildi. Ulardan birinchisi «Navoiyazot»da, qolganlari Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev qo‘shni davlatlardan gaz sotib olinishiga ham izoh berdi.

30 avgust 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 1,29 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 653,18 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting