Iqtisodiyot

5 avgust 2020, 18:59

UzAuto Motors faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda UzAuto Motors avtomobillariga narxlarni shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi va raqobat to‘g‘risidagi boshqa qonunbuzarlik alomatlari aniqlandi, deya xabar berdi deputat Rasul Kusherbayev.

5 avgust 2020, 13:09

Samarqand aeroporti rekonstruksiyasiga 62 mln dollar ajratiladi

Samarqand aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng o‘tkazish qobiliyatini soatiga 600 dan 1200 yo‘lovchiga oshiradi. Shuningdek, 22 ta havo kema uchun to‘xtash va uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi yakunlanmoqda.

5 avgust 2020, 12:55

COVID markazlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi

COVID markazlari xodimlariga koronavirusga qarshi kurashish davrida beriladigan moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari miqdori belgilandi: vrach xodimlarga — 2,5 mln so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlariga — 1,5 mln so‘m, kichik tibbiyot xodimlariga — 1 mln so‘m va boshqa xodimlarga — 500 ming so‘m.

4 avgust 2020, 20:39

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari xakerlarga qarshi birgalikda kurashadi

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

4 avgust 2020, 19:48

Banklarning muammoli kreditlari ulushi 2,9 foizgacha o‘sdi

O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar ulushi yil boshidan buyon 1,4 foizga o‘sib, 2,9 foizga (7 trln so‘m) yetdi. Aksariyat banklarda kredit portfelining sifati yomonlashgan.

3 avgust 2020, 16:49

OTB sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun O‘zbekistonga $100 mln ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining favqulodda vaziyatlarga chidamliligini mustahkamlash maqsadida 100 mln dollar ajratadi. Loyiha doirasida COVID-19ga qarshi samarali javob berish va test o‘tkazish tizimlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

3 avgust 2020, 14:56

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil qildi

Yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi. Ish bilan ta’minlanishga muhtojlar soni 1,94 mln kishigacha ortdi. Karantin choralari mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Mehnat vazirligi.

3 avgust 2020, 12:12

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

AQSH milliy valyutasini rasmiy kursi 2 so‘mga qimmatlab, jami 10 209 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi 12 ming so‘mdan oshdi va rubl kursi esa deyarli 5 so‘mga (137,46 so‘m) tushdi.

1 avgust 2020, 15:36

Hayot uchun yordam

Aholi uylarini aylanib chiqish orqali tuzilgan muhtoj oilalar ro‘yxatiga asosan hukumat naqd pul tarqatishni boshladi. Iqtisodchi Botir Qobilov kelajakda ehtiyojmand oilalarni aniqlash va mablag‘larni taqsimlashning zamonaviy mexanizmlaridan foydalanishni taklif qildi.

30 iyul 2020, 13:31

Tashqi qarz chegarasini $5 mlrdgacha oshirish taklif etildi

Moliya vazirligi 2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etmoqda. Xususan, mamlakat kafolati ostida jalb etish tashqi qarz chegarasini $1 mlrdga ($4 mlrddan $5 mlrdgacha) oshirish, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda ularning xarajatlarini o‘zgartirish ko‘zlangan.

30 iyul 2020, 12:15

Ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi

«Saxovat va ko‘mak» fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga jami 150 mlrd so‘m miqdorida moddiy yordam tarqatiladi. Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.

30 iyul 2020, 08:39

Karantin sababli qariyb 500 ming o‘zbekistonlik xorijda ishlashga keta olmagan

500 ming nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi karantin cheklovlari sababli xorijiy mamlakatlarga ishlash uchun keta olmagan. Hozircha ularning 76 ming nafari ish bilan ta’minlandi, deya ma’lum qildi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi.

29 iyul 2020, 20:51

Uzauto Motors «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlandi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors «Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

28 iyul 2020, 17:43

Yarim yilda YAIM o‘sishi 0,2 foizgacha pasaydi

2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi 255,2 trln so‘mni ($26 mlrd) tashkil etdi, iqtisodiy o‘sish esa 0,2% gacha pasaygan. Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 1,8 foizga tushib, 7,4 million so‘mga (766 dollar) teng bo‘ldi.

28 iyul 2020, 12:28

«Biz biror bir fermer manfaatini buzganimiz yo‘q» — Sulton Tex Group

Sulton Tex Group klaster atrofidagi voqealarga munosabat bildirgan qishloq xo‘jaligi vaziriga javob qaytardi — «Klasterlar uchun huquqiy me’yoriy hujjat bo‘lmasa, bizning aybimiz nima?»

28 iyul 2020, 12:02

Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlarga «Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi»ni berish amaliyoti joriy qilinadi. Belgilar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi. Bunda «yashil» belgiga ega tadbirkorning faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

27 iyul 2020, 21:33

«Karkidon» suv ombori hududidagi yer maydonlari savdoga qo‘yildi

Farg‘ona viloyatida joylashgan «Karkidon» suv ombori hududagi yer maydonlari turistik ob’ektlar tashkil etish uchun savdoga qo‘yildi. Bu yerda mehmonxona, motel, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar ob’ektlar, restoran, suv sport ob’ektlari, plyaj zonasi va pirs qurilishi ko‘zda tutilgan.

27 iyul 2020, 20:44

Yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlari qisqartiriladi.

27 iyul 2020, 13:08

O‘zbekistonda Volkswagen Caddy sotuvi boshlandi

O‘zbekistonda birinchi Volkswagen dilerlik markazi ochildi va Caddy yengil tijorat transporti modeli sotila boshlandi. Konfiguratsiyaga qarab, avtomobilning narxi 172 mln so‘mdan 222 million so‘mgachani tashkil qiladi.

27 iyul 2020, 12:16

Dollarning rasmiy kursi 6 haftada birinchi bor tushdi

AQSH milliy valyutasini rasmiy kursi deyarli 3 so‘mga arzonlab, jami 10 207 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting