Germaniyaning Airport Research Center kompaniyasi va Rossiya Fuqaro aviatsiyasi innovatsion markazi O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.
Prezident investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Chet ellik va mahalliy investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi.
UzAuto kompaniyasi Chevrolet`ning to‘rtta — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini taqdim etdi. Trailblazer savdosi 26 dekabrdan, Traverse, Tahoe va Equinox esa 2020 yildan boshlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi yer osti yo‘llari, ko‘priklar, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida va avtoturargohlarda cavdo qilishni taqiqlashni taklif etdi.
Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MCHJ shaklidagi «BMB-NRC Agrologistics» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochishga litsenziya berildi.
O‘zbekiston 2020-yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Janubiy Koreya kompaniyasi birlan hamkorlikda neft-gaz sohasida quvurlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona laboratoriya tashkil etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tokioda JICA rahbari Sinichi Kitaoku bilan uchrashdi. 3,5 mlrd dollardan ziyodroq qiymatdagi yangi hamkorlik dasturi kelishib olindi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekistonning uchta viloyatida jahon talablariga javob beruvchi golf klublari ochilishini ma’lum qildi.
Osiyo taraqqiyot banki Toshkentning Sergeli tumanida maktablar qurilishiga xususiy hamkorlarni jalb qilishda XTVga maslahatchisi sifatida yordam beradi.
Reklama agentliklari — Toshkentdagi reklama konstruksiyalari egalariga — 26 dekabrga qadar bilbordlarni tartibga keltirish va ularni tashkilot nomi va aloqa raqamlari bilan ta’minlash topshirildi.
Toshkentda birinchi Hilton mehmonxonasi ochildi. O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham ushbu brend ostidagi mehmonxonalar ochilishi mumkin.
Senator tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan bazadan xayriya uchun mablag‘lar ajratish imkoniyatini berishni taklif qildi. DSQ rahbari nazorat mexanizmi yo‘qligi uchun bu soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi va byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
Senatorlar yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ma’qulladi. Iqtisodiyotga tushadigan soliq yuki kamaytiriladi, soliqlar soni esa maqbullashtiriladi.
«Davlat boji to‘g‘risida"gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. U avval Soliq kodeksiga kiritilgan davlat bojlarini umumlashtirdi.
2020 yildan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘ining qat’ay belgilangan miqdori hozirgidan 25−50 foizgacha pasaytiriladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil yoqilg‘isi, alkogol va sigaretlar aksiz solig‘i 2020 yildan oshirilmoqda.
Turizm qo‘mitasi barcha ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tish hamda yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobiga qishgi ta’tilni uzaytirishni taklif qildi.
«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan bir hafta ichida 7 mlrd so‘m miqdoridagi gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting