10 avgust, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Iqtisodiyot

8 sentabr 2019, 20:16

Xitoyga qovun eksport qilinadigan bo‘ldi

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatidan Xitoyga qovun eksport qilinadi.

8 sentabr 2019, 13:52

MUIC direktori yana o‘zgardi

Timur Azamatov yetti oy o‘tib Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini Doniyor Junaydullayev egalladi.

8 sentabr 2019, 13:30

Ilk bor o‘tkaziladigan chek lotoreyasi uchun 1 mlrd so‘m ajratiladi

Oktyabrda Toshkentda ilk bor chek asosidagi yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilishi uchun 1 mlrd so‘m ajratiladi.

8 sentabr 2019, 12:42

AES quriladigan maydoncha MAGATE talablariga mos keladi

Atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan Tuzkondagi maydoncha MAGATEning qurilishni so‘roq ostida qoldirishi mumkin bo‘lgan 15 ta noqulay omildan 14 tasidan holi ekani aniqlandi.

6 sentabr 2019, 13:28

O‘zbekiston orqali Afg‘onistondan ilk konteyner poyezdi Xitoyga yo‘l oldi

Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali yarim qayta ishlangan talk mineral toshi ortilgan ilk konteyner poyezdi Xitoyga yo‘l oldi.

6 sentabr 2019, 12:33

Inflyatsion kutilmalari yuqoriligicha qolmoqda — MB

Ikkinchi chorakda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari yuqori darajada qolayotgani so‘mning kuchsizlangani hamda ish haqlari va kommunal to‘lovlarning oshirilishi bilan izohlandi.

6 sentabr 2019, 09:55

Chet el valyutasida davromad oluvchi YATTlar va fermer xo‘jaliklari mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladigan bo‘ldi

Ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida chet el valyutasida davromad oluvchi YATTlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib olishi belgilandi.

5 sentabr 2019, 12:05

«Nukus» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.

4 sentabr 2019, 13:17

“Rosatom” 2020-yildan AES maydonchasidagi ishlarni boshlashni rejalashtirmoqda

“Rosatom” O‘zbekistonda 2020-yil boshidan atom elektr stansiyasi qurilish maydonchasida ishlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi korporatsiya rahbari Aleksey Lixachyov.

3 sentabr 2019, 14:18 1

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar sotiladigan saytini yangiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar sotiladigan saytini yangiladi. Internet orqali sotib olingan chipta kassadan olingan chiptaga qaraganda arzonroq bo‘ladi.

2 sentabr 2019, 23:21

Andijonda Rossiya, Turkiya, BAA va Janubiy Koreyaga parvozlarni amalga oshiruvchi aeroport quriladi

Andijonda kuniga 15 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga qodir aeroport qurish rejalashtirilmoqda. Vodiydan Rossiya, Turkiya, BAA va Janubiy Koreyaga parvozlar amalga oshiriladi.

2 sentabr 2019, 12:12

Soliq kodeksiga qanday o‘zgartishlar kiritilmoqda?

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi. Soliqlar soni qisqarib, maxsus soliq rejimlari bekor qilinmoqda.

30 avgust 2019, 18:57

Jizzaxdagi forumda xorijiy kompaniyalar 1,1 mlrd dollarlik bitimlarni imzoladi

Chet ellik sarmoyadorlar Jizzax viloyatida 1,1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi biimlarni imzoladi.

29 avgust 2019, 19:27

Hindiston kompaniyasi Sergelida uy-joy, yangi universitet va boshqa obyektlarni quradi

Hindistonning Minerva world of knowledge kompaniyasi poytaxtning Sergeli tumanida uy-joylar, yangi universitet va boshqa obyektlar qurilishiga 500 mln dollarlik sarmoya kiritadi.

28 avgust 2019, 20:05

1 mlrd dollarlik O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Xitoyning CITIC korporatsiyasi ustav jamg‘armasi 1 mlrd dollarga teng investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

28 avgust 2019, 17:26

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xitoy Davlat taraqqiyot banki kredit shartnomasini imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xitoy Davlat taraqqiyot banki 500 million Xitoy yuani miqdorida kredit shartnomasini imzoladi.

28 avgust 2019, 14:03

Uchquduqda oltin rudalarini qayta ishlaydigan yangi majmua ishga tushirildi

NKMK oltin rudalarini qayta ishlash bo‘yicha yangi majmuani ishga tushirdi. Yangi texnologiyalar tayyor mahsulot olish darajasini 11 foizga oshiradi.

27 avgust 2019, 17:27

Markaziy bank bir qator banklarga jarima sanksiyalari qo‘lladi

«Ipoteka-bank» va «Xalq banki»ga undirilishi taqiqlangan to‘lovlar mavjud bo‘lgani, «Davr-bank"ka xizmat ko‘rsatishda qonunga rioya qilmagani uchun jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

23 avgust 2019, 23:17

«Investorlarga palov emas, aniq qonunlar va imkoniyatlar kerak» — Sodiq Safoyev

«Investorlarga palov bilan mehmon qilish emas, aniq qonun va imkoniyatlar kerak». Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishlamayotgan qonunlar, investitsiyalar bilan bog‘liq muammolarni sanab o‘tdi.

22 avgust 2019, 15:49

Banklar bir kunda qariyb 10 mln dollar naqd xorijiy valyuta sotdi

O‘zbekiston banklari 21 avgust kuni aholiga 15 ln dollardan ziyod valyuta sotdi, ularning qariyb 10 mln dollari naqd pul ko‘rinishida.