Iqtisodiyot

23 aprel 2021, 15:31

O‘tgan yili 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan — Tanzila Narbayeva

2020 yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan. Qurilish sohasida 124 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 41 ta va ta’lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurishda 367 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

23 aprel 2021, 13:41

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.

22 aprel 2021, 18:41

Xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratiladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 mln dollar, shundan 1 iyulgacha 150 mln dollar ajratiladi.

22 aprel 2021, 17:50

Makro Toshkentdagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazidan chiqib ketdi

Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi. Endi u yerda Carrefour brendi ostida gipermarket ochilishi kutilmoqda.

22 aprel 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 16,77 so‘mga arzonladi va jami 10 535,24 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

22 aprel 2021, 14:46

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda YAIM o‘sishi yuqori prognoz chegarasida (5,5%) kutilmoqda.

22 aprel 2021, 12:34

Respublika bo‘ylab yoshlar sanoat zonalari tashkil etiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi. Sentyabrgacha 77 ta shunday zona ochiladi.

21 aprel 2021, 18:14

Yanvar-mart oylarida tashqi savdo hajmi kamaydi

Birinchi chorakda tashqi savdo aylanmasi 2020 yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga kamayib, 7,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport chorak baravardan ko‘proqqa kamayib, 2,4 mlrd dollarni, import esa 1,3 foizga kamayib, 4,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

21 aprel 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket yettinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 14,25 so‘mga qimmatladi va jami 10 552,01 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari biroz pasaydi.

20 aprel 2021, 18:08

UzAuto Motors hozircha avtomobillar ishlab chiqarishni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga olib chiqa olmadi

UzAuto Motors zavodidagi ishlab chiqarishning yanvar oyidagi keskin to‘xtashidan so‘ng avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlariga yetkaza olganicha yo‘q. 2021 yil fevral oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 9 873 ta avtomobil kam ishlab chiqarilgan, mart oyida esa 4543 taga kamroq. Eng ko‘p chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt, eng kam ishlab chiqarilgan model Spark.

20 aprel 2021, 16:32

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket oltinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga qimmatladi va jami 10 537 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz pasaydi.

20 aprel 2021, 12:38

Uzbekistan Airways kompaniyasi yangi biznes modeliga o‘tmoqda. Asosiy o‘zgarishlar

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi transformatsiya qilinib, xizmatning gibrid modeliga o‘tkaziladi. Xarajatlarni kamaytirish uchun shtatlar qisqartiriladi, xorijdagi samarasiz 20 ta vakolatxona yopiladi. May oyidan 9 ta norentabel reyslar (Parij, Rim, Milan, Tokio, Bangkok va boshqa shaharlarga) bekor qilinadi. Arzon reyslar ochilishi va ichki reyslar soni haftasiga 17 dan 49 gacha ko‘payishi kutilmoqda.

19 aprel 2021, 21:56

Uzbekistan airways 4 ta A320 samolyotida loukoster tashkil etishni rejalashtirmoqda

4 ta A320 samolyotida loukoster tashkil etish, uzoq masofali yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun 3 ta A321 NEO LR samolyotini lizingga olish, mahalliy aviaqatnovlar sonini oshirish rejalashtirilmoqda. Prezident «Uzbekistan airways» va «Uzbekistan airports» kompaniyalarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

19 aprel 2021, 17:16 1

Toshkentda ayrim mahsulotlar Yevropa poytaxtlaridan ham qimmatroq ekanligi aniqlandi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi apelsin, limon va banan narxlari MDH va Yevropaning London, Berlin va Rim kabi bir qator markazlaridagi narxlardan baland bo‘lib turibdi. Shuningdek, boshqa turdagi oziq-ovqat narxlari bo‘yicha Toshkent shahridagi minimal narxlar MDH davlatlari poytaxtidagi narxlardan ancha baland ekanligi aniqlandi.

19 aprel 2021, 16:09

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga qimmatladi va jami 10 525 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa biroz pasaydi.

17 aprel 2021, 17:27

2021 yilning birinchi choragida YAIMning hajmi 3 foizga oshgan

Yilning ilk choragida YAIM o‘sishi o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 103%dan iborat bo‘lgan. Ko‘rsatkichlar transport, qurilish va chakana savdo sohalarida tiklanish og‘ir ketayotganini ko‘rsatmoqda.

17 aprel 2021, 16:20

Mart oyida avtomobillar savdosida o‘sish kuzatildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida avtomobil bozorida aholi talabi fevral oyiga nisbatan 7,7%ga oshib, qatorasiga ikkinchi oy barqaror o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda, avtomobillar savdosi o‘sishi 47,4%ni tashkil qildi.

16 aprel 2021, 21:32

Shavkat Mirziyoyev — «Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor» temir yo‘li loyihasining ahamiyati haqida

Shavkat Mirziyoyev transafg‘on temir yo‘lining qurilishi O‘zbekiston uchun qo‘shimcha bozorlar paydo bo‘lishi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlar tannarxining 60−70 foizga kamayishiga imkon yaratishini ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga Rossiya va qo‘shni davlatlar ham qiziqish bildirmoqda.

16 aprel 2021, 16:57

Yaponiya O‘zbekistonga 195 mln dollar miqdorida kredit ajratdi

Yaponiya O‘zbekistonga elektr energiyasi sohasidagi siyosiy masalalarni hal qilish uchun 195 mln dollar miqdorida kredit ajratdi.

16 aprel 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 512 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting