Iqtisodiyot

2 fevral 2022, 13:18

«O‘zmetkombinat» omborini Golden House kompaniyasi 74 mlrd so‘mga xarid qildi

«O‘zmetkombinat» temir saqlash va yuklash ombori savdolarida Golden House Development kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Kompaniya ombor uchun 74 mlrd so‘m taklif qilgan. Omborning yangi egasi hududda maishiy xizmat, sport va ijtimoiy xizmatlar, ko‘ngilochar va dam olish markazlari, turar-joy majmualari tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

2 fevral 2022, 13:03

Soliq yuki pasaytirilishi, renovatsiya, investitsiyalar — Taraqqiyot strategiyasi: Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni 2026 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi. Strategiya yo‘nalishlaridan biri soliq yukini YAIMga nisbatan 25%gacha kamaytirish, 120 mlrd dollar hajmidagi investitsiyalarni jalb etish, aholini ko‘chirishning umumiy sxemasini ishlab chiqish, eskirgan uy-joylar o‘rnida rekonstruksiya asosida zamonaviy massivlarni barpo etish va 275 ming oilani ko‘chirish, 2023 yilga qadar inflyatsiyani 5%gacha kamaytirish va boshqa ko‘plab maqsadlarni nazarda tutadi.

2 fevral 2022, 12:10

Parkent tumani hokimligi arxeologiya yodgorligini tadbirkorga sotib yuborgani aniqlandi

2018 yilda Parkent tumani hokimligi «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yerni tadbirkorga xom g‘isht ishlab chiqarish uchun auksion orqali sotib yuborgan. 2020 yilda esa tadbirkor ushbu yerni boshqa bir jamiyatga sotib yuborgan. Xom g‘isht ishlab chiqarish uchun esa yodgorlik hududidan tuproq qazib olingan. Antikorrupsiya agentligi buning natijasida tadbirkor madaniy meros obyektiga 1,5 trln so‘mlik moddiy zarar yetkazganini aniqladi.

2 fevral 2022, 11:25

Antikorrupsiya agentligi qurilish sohasida jami 33,69 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yanvar oyida o‘tkazgan o‘rganishlarida yettita davlat tashkilotida jami 33,69 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunga zid harakatlar aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha davlat xaridlarini bekor qilish haqida buyurtmachilarga taqdimnomalar va Bosh prokuraturaga so‘rovnomalar kiritilgan.

1 fevral 2022, 17:25

JICA Qoraqalpog‘istonda tibbiy xizmatni rivojlantirishga qariyb $7 mln ajratdi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qoshidagi innovatsion klinikada tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash loyihasi uchun qariyb 6,9 million dollar ajratdi.

1 fevral 2022, 16:26

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,14 so‘mga ko‘tarilib, 10 813 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro kursi 102,09 so‘mga, rubl kursi esa 0,89 so‘mga yuqoriladi. Ushbu o‘zgarishlar 2 fevraldan kuchga kiradi.

1 fevral 2022, 15:47

O‘zbekiston 2021-yilda Tojikistondan 23 mln dollarlik elektr energiyasi import qilgan

Tojikiston 2021-yilda 2,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan. Shundan 1 mlrd kVt/soat resurslarni Afg‘oniston 55 mln dollarga sotib olgan. O‘zbekiston ham xuddi shu miqdordagi elektr energiyasi importi uchun 23 mln dollar mablag‘ sarflagan.

1 fevral 2022, 15:04

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini qayta tikladi

Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ayni vaqtda energiyani yetkazib berish qayta tiklangan.

1 fevral 2022, 12:29

Yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaydi

2022-yilning yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,9 foizni, yillik nisbatda esa 9,8 foizni tashkil qildi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga oshgan, eng qimmatlagan sohalardan biri restoran va mehmonxonalar xizmatlari bo‘ldi.

1 fevral 2022, 09:17

Toshkentda Inson qadri indeksi joriy etiladi

Toshkent mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish orqali poytaxtda inson qadri indeksi joriy qilinadi. Prezident indeks mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tizim yaratishni buyurdi.

31 yanvar 2022, 19:38

Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi

Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga ikkilamchi bozor uchun kreditlarga talab yuqori bo‘lganligi bois OTBning 150 mln dollarlik mablag‘lari muddatidan oldin o‘zlashtirilishi sabab qilib ko‘rsatildi.

31 yanvar 2022, 19:28

2021-yilda O‘zbekiston avtomobil bozorida holat qanday bo‘ldi?

2021-yilda mamlakat bo‘ylab 691,9 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Bu 2020-yilga nisbatan 12 foizga ko‘proq hisoblanadi. Shundan 194,4 mingtasini yengil avtomobillar tashkil etgan. Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zbekistonda jami 13 mingta “inomarka” sotilgan va ularning yarmidan ko‘pi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan.

31 yanvar 2022, 16:30

Dollarning rasmiy kursi pastladi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,30 so‘mga pasayib, 10 804,86 so‘mni tashkil etdi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi. Ushbu o‘zgarishlar 1 fevraldan kuchga kiradi.

31 yanvar 2022, 11:56

O‘zbekiston 2021 yilda $588 mlnlik «inomarka» lar import qildi

2021 yilda O‘zbekiston 26 ta xorijiy davlatlardan umumiy qiymati 588,2 mln dollarga teng 27 mingdan ortiq yengil avtomobil import qildi. Avtomobillar asosan Xitoy va Janubiy Koreyadan olib kelingan. Eksport qilingan avtomobillar soni esa 29 mingga yetdi, shundan 93 foizi Qozog‘istonga yetkazib berilgan.

31 yanvar 2022, 10:40

Markaziy Osiyo yagona energohalqasi qanday ishlaydi?

«Energiya» muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi direktori Xamidilla Shamsiyev Markaziy Osiyo va Janubiy Qozog‘iston yagona energetika halqasi qanday ishlashini tushuntirib berdi.

30 yanvar 2022, 12:10

YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonga jami 690 mln dollar investitsiya kiritdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2021-yilda O‘zbekistonga 22 ta loyiha orqali 690 mln dollarga yaqin investitsiya mablag‘larini yo‘naltirdi. Shuningdek, hozirgi kungacha bank O‘zbekistonga jami 2,85 mlrd yevrodan ortiq sarmoya kiritgan.

28 yanvar 2022, 21:10

O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni ikki baravarga qisqartirmoqchi — Jamshid Qo‘chqorov

Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allik darajasini ikki baravarga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, belgilangan maqsadga erishishning asosiy sharti sifatida makroiqtisodiy barqarorlik va turg‘un iqtisodiy o‘sishni yuqori sur’atlarda ta’minlash vazifasi belgilangan.

28 yanvar 2022, 17:46

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish subyektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi

Shu yilning 1 aprelidan 2025 yil 1 yanvarigacha chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi.

28 yanvar 2022, 17:27

2021-yilda O‘zbekistondan 20 mingdan ortiq kishi xorijga ko‘chib ketgan

2021-yilda O‘zbekistondan 20,14 ming kishi xorijiy mamlakatlarga ketdi. Ularning yarmidan ko‘pi — 56,6 foizi Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan. Shuningdek, yil davomida 1875 kishi mamlakatga ko‘chib keldi.

28 yanvar 2022, 16:20

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,16 so‘mga ko‘tarilib, 10 815,16 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi. Ushbu o‘zgarishlar 31 yanvardan kuchga kiradi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting