19 sentabr, chorshanba

Iqtisodiyot

5 yilda 278 ta namunaviy mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda 

2018−2020 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida 100 ta, 2021−2022 yillarda esa 178 ta namunaviy mehmonxona barpo etish taklif etilmoqda.

Uzcard texnik nosozlik yuzaga kelganini ma’lum qildi +1

Uzcard kompaniyasi texnik nosozlik to‘lov terminallari va bankomatlar ishiga ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyada vakolatxonasini ochdi 

Kvanjuda (Janubiy Koreya) O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining xorijdagi ilk vakolatxonasi ochildi.

Yanvar-avgustda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 20,6 mlrd dollarni tashkil etdi 

Yanvar-avgustda O‘zbekiston eksporti hajmi 8,6 mlrd, import esa 12 mlrd dollargacha oshdi. Tashqi savdo saldosi — minus 3,4 mlrd dollar.

O‘zbekistonning 6 ta hududida yangi yo‘llar va vodoprovod tarmoqlari quriladi 

O‘zbekiston bilan KAITJ o‘rtasida imzolangan 30,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz bitimi doirasida 138 km avtomobil yo‘li va 198 km suv ta’minoti tarmog‘i quriladi.

«Amkodor-Agrotexmash» qo‘shma korxonasi rasman ochildi 

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan «Amkodor-Agrotexmash» qo‘shma korxonasini ochdi.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida tovar ayirboshlashni bir milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi 

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Belarus Prezidentlarining keng doiradagi muzokaralari boshlandi.

2020 yilgacha paxta to‘liq qayta ishlanadi 

O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish orqali 2020 yilgacha paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tishni rejalashtirmoqda.

2019 yilda avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy etiladi 

2019 yildan Toshkent avtobus haydovchilarining kunlik rejasi bekor qilinadi.

KFC O‘zbekistondagi birinchi restoranini ochdi 

Toshkentda birinchi KFC restorani ish boshladi. Xalqaro tarmoqning boshqa restoranlari ham ochilishga tayyorlanmoqda.

Birinchi pulli trassa Toshkent va Samarqandni bog‘laydi 

Mamlakatdagi birinchi pulli trassa Toshkentdan Samarqandgacha masofani ikki soatgacha vaqtda bosib o‘tishga imkon beradi.

Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash komissiyasi tashkil etildi 

Prezident qarorida tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqishda sansalorliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tan olindi. Muammolarni hal qilish uchun hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash komissiyasi tashkil etildi.