Iqtisodiyot

3 sentabr 2020, 12:52

AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari oktyabrda savdo aloqalarini muhokama qiladi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH oktyabrda savdo-sotiq va sarmoyalar doirasidagi kelishuv yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazadi.

3 sentabr 2020, 11:54

Uzbekistan Airways muntazam halqaro aviaparvozlarni tiklamoqda

Uzbekistan Airways muntazam xalqaro reyslarni tiklamoqda. Hozirda Dubay, Frankfurt, Istanbul, Olmaota va Bishkekka amalga oshiriladigan reyslar rejalashtirilgan.

3 sentabr 2020, 11:05

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi. Qorako‘l zotli qo‘ylarni ko‘paytirishga mo‘ljallangan barcha yaylovlar qo‘mitaning doimiy egaligiga o‘tkaziladi.

3 sentabr 2020, 10:43

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish soddalashtirildi

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari soddalashtirildi. Jumladan, jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi.

2 sentabr 2020, 18:25

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 93-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 131 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi. So‘nggi besh yilda mamlakat ma’lumotlar yetishmagani sababli reytingga kiritilmagan edi.

2 sentabr 2020, 18:16

DSQ sentyabr oyi uchun soliq to‘lovchilar kalendarini e’lon qildi

Sentyabr oyi davomida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan soliq to‘lovlari ro‘yxati e’lon qilindi.

2 sentabr 2020, 12:23

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 270 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari arzonlashdi.

29 avgust 2020, 16:33

Prezident metroning «Bodomzor» bekatidan yangi «Turkiston» bekatigacha poyezdda bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev poytaxt atrofida aylanma yo‘lni bosib o‘tib, metroning «Bodomzor» stansiyasidan yangi «Turkiston» stansiyasiga poyezdda bordi. Yunusobod yo‘lini yakunlaydigan ikkita yangi bekat kuniga 7500 yo‘lovchiga xizmat qiladi.

29 avgust 2020, 13:44

O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yilga elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, transport va energetika masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 10 yillik elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

28 avgust 2020, 18:18

«Taksi"lar faoliyatini litsenziyalashda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

«Taksi"lar faoliyatini litsenziyalashda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda? Jismoniy shaxslar ham endilikda litsenziyasiz qonuniy faoliyat olib borsa bo‘ladimi? Yuridik shaxslar uchun litsenziya olishda qanday yengilliklar joriy etilmoqda — huquqshunos Dilshod Shodiyev maqolasida.

28 avgust 2020, 16:02

Jahon banki Doing Business reytingini e’lon qilishni vaqtinchalik to‘xtatdi

2018 va 2020 yillar e’lon qilingan Doing Business reytingi hisobotida yuzaga kelgan xatolar sababli Jahon banki hisobot ma’lumotlarini qayta ko‘rib chiqadi. Hozircha tashkilot reytingni vaqtinchalik e’lon qilmaydigan bo‘ldi

27 avgust 2020, 17:49

«O‘zbekistonda yangi geologiya tizimi yaratilmoqda» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oshirish maqsadida Davgeolqo‘m raisiga geologiya-qidiruv ishlarini 2 barobar kengaytirish, Namangan tajribasi asosida har bir hududda doimiy geologik ekspeditsiyalar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

26 avgust 2020, 15:47

O‘zbekistonda ilk raqamli bank — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazildi

Markaziy bank O‘zbekistondagi ilk raqamli bankni — Anor Bank ro‘yxatdan o‘tkazib, unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

24 avgust 2020, 21:40

2021 yil 1 yanvardan qator litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi

2021 yil 1 yanvardan boshlab 70 ta litsenziya va 35 ta ruxsatnoma bekor qilinib, 115 ta litsenziya va ruxsatnomani olish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Vakolatli organlarga litsenziya berishda ayrim harakatlarni amalga oshirish taqiqlandi.

24 avgust 2020, 12:33

Xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovar va xizmatlar vaqtincha davlat xaridlarida ishtirok etmaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 noyabrdan xorijda ishlab chiqarilgan alohida tovarlar va xizmatlar davlat xaridlarida ishtirok etishi vaqtinchalik taqiqlanadi va chegaralanadi. Shuningdek, 5236 ta amaldagi standartlar bekor qilinadi.

24 avgust 2020, 11:53

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 16 so‘mga qimmatlab, jami 10 262 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa bir oz arzonladi.

21 avgust 2020, 18:55

Dehqonobod kaliy zavodi 855,5 mln so‘m kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi

Dehqonobod kaliy zavodi atrof-muhitga keltirgan zarari uchun qo‘shimcha 855,5 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi.

21 avgust 2020, 18:22

Elektr energiyasini hisobga olish yagona markazi ishga tushirildi

Poytaxtda elektr energiyasini hisobga olish tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash markazi ochildi. Uning vazifasi — ko‘p tarifli abonentlar hisobini yuritish, qarzdor iste’molchilarni tarmoqdan avtomat ravishda uzish va ularni takror ulash kabilardan iborat.

20 avgust 2020, 18:40

Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘prog‘i norasmiy mehnat qilmoqda

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar soni 2 mln nafardan ko‘proqni tashkil etib, ularning yarmidan ziyodrog‘i norasmiy ishlaydi.

19 avgust 2020, 18:47

Oltin-valyuta zahiralari $34,7 mlrd ga yetdi

Avgust oyiga qadar O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan beri 5,6 mlrd dollarga ko‘payib, 34,7 mlrd dollarga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting