Iqtisodiyot

6 oktabr 2021, 13:07

O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi

Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish haqidagi kelishuv yana bir yilga uzaytirildi. Umumiy hajmlar va narxlar oshkor qilinmadi, ammo ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovning so‘zlariga ko‘ra, tariflar avvalgi darajada saqlanib qolgan.

6 oktabr 2021, 10:03

O‘zbekiston «quruqlik portlari» to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi

O‘zbekiston xalqaro yuklarni tashishni soddalashtirishga mo‘ljallangan «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga qo‘shildi.

5 oktabr 2021, 19:01

UzAuto Motors Turkmanistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

«O‘zavtosanoat» va «Turkmenistan-Motors» o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, Turkmaniston hududida UzAuto Motors avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Turkmaniston tomoni o‘zbek tovarlarini 300 million dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda.

5 oktabr 2021, 16:31

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,40 so‘mga ko‘tarilib, 10 688,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

5 oktabr 2021, 09:45

Eksportyorlarga tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab beriladi

Hukumat qaroriga muvofiq, mahsulotlarini O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qiluvchilarga tashish harajatlarining 50 foizgacha qismi to‘lab beriladi. Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligiga taqdim etiladi. Kompensatsiya taqdim etish shartlari va uni rad etish tartibi ham belgilab berildi.

4 oktabr 2021, 16:41

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,94 so‘mga pasayib, 10 677,66 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

4 oktabr 2021, 12:36

2024 yilgacha ayrim tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji bekor qilindi

Prezident farmoniga ko‘ra, qator tovarlar uchun 2024 yil 1 yanvargacha bojxona boji bekor qilindi. Ular orasiga o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar, taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari, videoo‘yinlar uchun uskunalar va bouling uchun avtomatik uskunalar, stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari va boshqa tovarlar kirgan.

4 oktabr 2021, 12:28

Xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganlarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi

2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazganlarga o‘sha xarid summasining 1 foizi budjetdan qaytariladi. Keshbek har oy yakunida jismoniy shaxslarning bank kartalariga o‘tkaziladi. Chek bermaganlik holati haqida xabar berganlarga undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot tariqasida to‘lanadi.

4 oktabr 2021, 11:41

Tendersiz amalga oshirish mumkin bo‘lgan davlat xaridlari ro‘yxati qisqarishi kutilmoqda

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari ro‘yxati qisqartirilishi kutilmoqda. Shuningdek, 2022−2025 yillarda davlat xaridlari sohasini rivojlantirish Strategiyasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

30 sentabr 2021, 23:14

Bu Andersson — UzAuto Motors`dagi vazifalari haqida

UzAuto Motors bosh direktori Bu Andersson ushbu lavozimdagi vazifalari haqida gapirdi. «Men supermen emasman, lekin ular mendan yanada sifatli mahsulotlar, yangi modellar, jumladan, avtomobillar, qulayroq narxlarda va eng yaxshi xizmatlarni taqdim etishimni xohlashyapti. Aksiyadorlarimiz ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirishni xohlayapti. Bunga erishishning yagona yo‘li esa boshqaruv jamoasi bilan qattiq ishlash va qiymat yaratishdir», — dedi kompaniya bosh direktori.

30 sentabr 2021, 20:52

«Davlat banklarini saqlab turish hukumatga qimmatga tushmoqda» — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetov taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida davlat banklarining bo‘lishi mantiqliroq ekani, biroq u har doim xususiy bank sektori tarafdoriligini ma’lum qildi. Hukumat davlat banklari yordamida tayanch bank xizmatlaridan teng foydalanishni ta’minlash, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvatlash imkoniga ega bo‘ladi. Biroq bu fiskal xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin va davlatga qimmatga tushadi.

30 sentabr 2021, 19:12

YeTTB va IFC TBC Bank Uzbekistan aksiyalarining bir qismini sotib oladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining har biri TBC Bank Uzbekistan’ning 20% gacha bo‘lgan aksiyalarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu 2017 yildan beri YeTTBning o‘zbek bank sektoriga kiritgan birinchi sarmoyasi hisoblanadi.

30 sentabr 2021, 17:13

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 0,09 so‘mga ko‘tarilib, 10 692,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

30 sentabr 2021, 17:09

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors shartnomalaridagi qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi

Antimonopoliya qo‘mita rahbari Shaxrux Sharaxmetovning aytishicha, qo‘mita UzAuto Motors shartnomalaridagi avtomobil variantlarining nomuvofiqligi bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi.

30 sentabr 2021, 16:41

VTB banki NKMKning investitsiya dasturini moliyalashtiradi

Rossiyaning VTB banki Navoiy kon-metallurgiya kombinatining investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun 1 mlrd dollarlik kredit liniyasini taqdim etdi.

30 sentabr 2021, 14:09

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvi Veolia qo‘liga o‘tdi

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi 30 yil muddatga Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirildi. Birinchi ikki yilda Bektemir va Sergeli tumanlarida isitish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi, so‘ngra butun shaharni qamrab oluvchi «ulkan modernizatsiya dasturi»ni ishga tushirish kutilmoqda.

30 sentabr 2021, 13:23

Coca Cola Uzbekistan kompaniyasini xususiylashtirish rasman yakunlandi

O‘zbekiston hukumati Coca Cola Uzbekistan kompaniyasini to‘liq xususiylashtirish yuzasidan bitimni yakunladi. 57,118 foizlik davlat ulushini Turkiyaning Coca Cola İçecek kompaniyasi sotib oldi.

30 sentabr 2021, 12:49

Uzcard bankomatlarida dollar ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi

UzCard bankomatlarida 50 va 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralarni ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi.

30 sentabr 2021, 12:20

Digital Holding O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda

USM Telecom, MegaFon va O‘zbekiston hukumati Digital Holding qo‘shma korxonasini tuzishdi. Unga USM — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan holdingi aktivlari kirdi. Rossiya tomoni korxonani rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi. Unga Ucell`ning sobiq bosh direktori Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.

29 sentabr 2021, 18:02

Qashqadaryoda qariyb 10 mlrd so‘m deputatlar ruxsatisiz sarflangan

Senat raisi Qashqadaryo viloyatida mahalliy budjetlarda qo‘shimcha shakllantirilgan 10 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar deputatlar ruxsatisiz sarflab yuborilganini tanqid qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting