Iqtisodiyot

18 fevral 2021, 18:14

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham biroz pasaydi.

18 fevral 2021, 17:41

Markaziy bank 15 ta bankka nisbatan sanksiya e’lon qildi

Markaziy bank 15 ta tijorat banklariga nisbatan sanksiya e’lon qildi. Bunga sabab ushbu banklarning ayrim bo‘limlarida xodimlar asossiz ravishda plastik kartalari orqali mijozlar to‘lovlarini qabul qilishdan bosh tortgani bo‘ldi.

18 fevral 2021, 16:12

Vengriya O‘zbekistonda 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshiradi

Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumida O‘zbekiston hududlarida 12 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolanib, shuningdek, yana 76 ta investitsion loyihalar amalga oshirilishiga kelishildi.

18 fevral 2021, 12:10

Korrupsiyaning paradoksal qiymati

Korrupsiya davlat tuzilmalarini zabt etib bo‘ldi va uni tomiri bilan sug‘urib tashlashning imkoni yo‘qdek go‘yo. Byudjet daromadlarining o‘sishi bilan bir qatorda korrupsiya ham bo‘y cho‘zmoqda. Bu zanjirdan qanday chiqib ketish haqidagi fikrlar iqtisodchi Shahzod Yuldoshboyev maqolasida.

18 fevral 2021, 10:37

«Asakabank» va MasterCard pullar qayta yechib olinishi muammosini hal etmoqda

Fevral oyi boshida MasterCard karta egalari «Asakabank» punktlarida naqdlashtirilgan pullar qayta hisobdan yechib olinayotganidan shikoyat qildilar. Bank bu firibgarlik yoki xakerlik hujumlari natijasi emas, balki texnik nosozlik ekanligi va mablag‘larni qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

17 fevral 2021, 17:00

Qanot Sharq kompaniyasi ikkita Airbus A320−200 samoletini ijaraga oldi

O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi foydalanilgan ikkita Airbus A320−200 samolyotini ijaraga oldi. Aviakompaniya hududiy aeroportlardan Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Qozog‘iston yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi.

17 fevral 2021, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 5 so‘mga arzonladi va jami 10 521 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham biroz pasaydi.

17 fevral 2021, 12:34

DSQ «naqdlashtiruvchi korxonalar» faoliyatiga qarshi kurashadi

«Bir kunlik firmalar» ning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishning samarali mexanizmi joriy etildi. Pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi 396 ta «bir kunlik firmalar» xizmatidan foydalangan 10 mingga yaqin tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, 2960 tadbirkorlik sub’ektlarining bank hisobvaraqlariga joylashtirilgan inkasso topshiriqlari 1 martgacha vaqtinchalik bekor qilindi.

16 fevral 2021, 18:33

O‘zbekistonda 12 mingga yaqin xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar mavjud

2021 yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5724 ta qo‘shma korxona va 6195 ta xorijiy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning eng ko‘pi sanoat sohasiga to‘g‘ri keladi.

16 fevral 2021, 17:59

Bitkoin kursi 50 ming dollarga yetdi

Bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi va 50 ming dollarga yetdi. Ushbu kriptovalyutaning kursi so‘nggi bir yil ichida 400% foizga oshdi.

16 fevral 2021, 16:38

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga arzonladi va jami 10 527 so‘m etib belgilandi. Rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.

16 fevral 2021, 12:57

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana kamayishni boshladi

1 fevral holati bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 34,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Xalqaro zaxiralarning kamayishiga xorijiy valyutadagi aktivlarning 700 mln dollar miqdorda kamayishi sabab bo‘lgan. Oltin zaxiralari 0,3 mln unsiyaga oshgan.

15 fevral 2021, 23:51

Prezidentga Jizzaxda amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma’lumot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma’lumot taqdim etildi. Loyihalarning umumiy qiymati 35,5 trln so‘m bo‘lib, ular natijasida yiliga 25 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi aytildi.

15 fevral 2021, 16:28

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 540 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

11 fevral 2021, 17:23

Davlat organlariga Digital Holding bilan tenderlarsiz shartnoma tuzishga ruxsat beriladi

«USM Telecom» va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan Digital Holding korxonasiga stansiyalarni qurish uchun doimiy foydalanishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini auksionlarsiz olish imkoniyati, va shuningdek, turli imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, prezident qarori bilan korxonaga bir qator vazifalar qo‘yildi.

11 fevral 2021, 15:32

O‘zbekistondagi eng faol banklar aniqlandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi yirik banklarning faollik indeksida «Kapitalbank», Hamkorbank va «Aloqabank» eng yuqori o‘rinlarni egalladi.

11 fevral 2021, 11:48

O‘g‘rini ushla!

Davlat boshqaruvidagi muammolarning aksariyati, odatda, korrupsiya va talon-taroj qilish holatlariga bog‘liqdek tuyuladi, ammo undanda ko‘proq zararni amaldagi qonunchilikka zid qabul qilinib, ijro etilayotgan, bozor mexanizmlari va xususiy investorlarning manfaatlarini inobatga olmagan holda qabul qilingan tugallanmagan qarorlar yetkazadi. Moliyaviy tahlilchi Karen Srapionov maqolasi.

11 fevral 2021, 10:16

Yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so‘mni tashkil etdi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu oyda bank kartalariga jami 15,9 trln soʻmlik mablagʻlar kelib tushgan. Aholi bank kartalaridagi 5,2 trln soʻmlik mablagʻlarni naqdlashtirib olgan.

10 fevral 2021, 16:50

Coca-cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi

Coca-cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi. Unga ko‘ra, Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrikadan bir qancha talabgorlar aniqlab olindi.

10 fevral 2021, 15:41

Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda uchta yirik loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyaning Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi O‘zbekistonda uchta loyihani amalga oshirish ustida ishlamoqda. Ularga qiymati 800 mln dollar bo‘lgan golf kompleksi, Kokan city majmuasi va qo‘shma loyiha instituti kiradi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting