Iqtisodiyot

25 fevral 2022, 12:20

Rossiya milliarderlari Ukrainadagi voqealar fonida $39 mlrd yo‘qotdi

Bloomberg nashri Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida rossiyalik milliarderlar 39 mlrd yo‘qotganligini ma’lum qildi. «Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov 6,2 mlrd dollar yo‘qotgan bo‘lsa, Alisher Usmonovning boyliklari 1,2 mlrd dollarga kamaygan.

24 fevral 2022, 17:07

Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mdan ko‘proqqa ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 10,57 so‘mga qimmatlab, 10 850,85 so‘mgacha ko‘tarildi. Bundan tashqari, yevro va rubl kurslari pasaydi.

24 fevral 2022, 16:25

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar va chet el fuqarolariga davlat qimmatli qog‘ozlarini xarid qilishga ruxsat beriladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda jismoniy shaxslar va norezidentlarga davlat qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish huquqi beriladi. Hozirgi kungacha DQQni jismoniy shaxslar va norezidentlar orasida joylashtirilishi qonunan nazarda tutilmagan edi.

24 fevral 2022, 13:54

«Sovkombank» «O‘zagroeksportbank»dagi 100% davlat ulushini 4 mln dollarga xarid qildi

«O‘zagroeksportbank» 100 foiz davlat ulushi Rossiyaning «Sovkombank"i tomonidan 4 mln dollarga sotib olindi. Ushbu bitim ochiq tender orqali tuzilgan. Tenderda 4 ishtirokchi bankni xarid qilish istagini bildirgan.

23 fevral 2022, 19:46

O‘zbekistonliklarning sanksiya ostidagi Rossiya banklariga pul o‘tkazmalari muzlatilishi mumkin

Buyuk Britaniya tomonidan Rossiyaning beshta bankiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi munosabati bilan, ushbu banklarda ro‘yxatdan o‘tgan hisob raqamlariga o‘tkazilgan har qanday mablag‘lar qaytarilishi yoki muzlatilishi mumkin. InfinBank matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha aniq ma’lumotlar yoki aniq ssenariylar yo‘q. «Bank o‘z mijozlarini ushbu holat bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishga qaror qilgan», — dedi u.

23 fevral 2022, 16:20

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 29,59 so‘mga pasayib, 10 840,28 so‘mni tashkil qildi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

23 fevral 2022, 16:04

1-martdan sement, klinker va qurilish oynalari eksportiga cheklovlar bekor qilindi

1-martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha yuridik shaxslarga sement, sement klinkeri va qurilish oynasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida cheklovlarsiz (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat berildi. Shuningdek, kompaniyalarga qurilish materiallarini eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizigacha kompensatsiya to‘lanadi.

23 fevral 2022, 14:58

«Termiz — Mozori-Sharif — Qobul — Peshovar» trans-afg‘on temir yo‘lini qurish ishlari tezlashtiriladi

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Qobulda «Tolibon» rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘oniston orqali o‘tayotgan transport vositalari va yuklar harakatlanishi uchun o‘zaro maqbul sharoitlarni ishlab chiqishga kelishilgan. Afg‘on tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda mintaqa davlatlarining transport va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

23 fevral 2022, 10:58

OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun $273,8 mln ajratadi

OTB O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va yangilash uchun 273,8 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar Surxondaryodagi Darband — Denov yo‘lining 106 kmni yangilash, SARES-2 koridoriga kiruvchi G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu yo‘lining 87 kmni rekonstruksiya qilishga sarflanadi. Qolaversa, bank tadbirkor ayollar uchun 150 ming dollarlik grant ham beradi.

22 fevral 2022, 19:31

O‘zbekiston yanvar oyida eksport hajmini ikki baravarga oshirdi

Yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,49 mlrd dollarni (import — 2,09 mlrd, eksport — 1,399 mlrd dollar) tashkil etdi. Bunda oltin eksporti asosiy rolni o‘ynadi va 586,6 mln dollar hajmida sotildi. 2021 yilning yanvarida oltin eksport qilinmagan edi.

22 fevral 2022, 17:42

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,27 so‘mga pasayib, 10 869,80 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

22 fevral 2022, 16:33

Ukraina atrofidagi vaziyat fonida jahon bozorlari «quladi»

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan DXR va LXRlarni tan olish haqidagi farmoni ortidan jahon bozorlari «quladi». Moskva birjasi 2008 yilning noyabridan beri eng shiddatli pastlashni boshdan kechirdi.

22 fevral 2022, 14:02

Chet eldan avtomobil sotib olish endi qanchaga tushadi?

«Gazeta.uz» bojxona bojining pasaytirilishi O‘zbekistonga import qilinayotgan avtomobillar narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishini hisoblab chiqdi. Taqqoslash uchun jadval.

21 fevral 2022, 22:39

Prezident import avtomobillar uchun bojxona boji miqdorini pasaytirdi

Shavkat Mirziyoyev avtomobillar importi uchun boj to‘lovlarini ikki baravar kamaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Dvigatel quvvati uchun qo‘shimcha koeffitsiyentlar miqdori ham kamaytiriladi. Tariflar ikki bosqichda pasaytiriladi (jadval).

21 fevral 2022, 20:50

«O‘zavtosanoat» rahbari avtomobil sotib olishdagi navbatlarni sotish sxemasini oshkor qildi

Uzauto Motors avtomobillarini xarid qilishdagi navbatlar buzilishi dilerlar bergan hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda sodir bo‘lmoqda, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mashina olishdagi navbatlarni aylanib o‘tish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida savdo ma’lumotlar bazasini YHXBB ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashni rejalashtirmoqda. Hozirda mashina sotib olish uchun navbat 52 mingtagacha kamaygan. Shuningdek, u ishlab chiqarish hajmi yetishmasligini mahalliylashtirish darajasining pastligi bilan izohladi

21 fevral 2022, 19:49

Yengil avtomobil chiqarish pandemiyadan oldingi davrdan ortda qolmoqda

Yanvar oyida O‘zbekistonda 14 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan qariyb 2 baravarga ko‘proq. Lekin 2021 yilning yanvarida avtomobil zavodida ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Shuningdek, yil boshida qiymati 3,1 mln dollarga teng bo‘lgan 122 ta elektromobil import qilindi.

21 fevral 2022, 18:51

UzAutoMotors 2021 yil uchun 5,3 trln so‘m utilizatsiya yig‘imi to‘lashi kerak — iqtisodchi Otabek Bakirov

2020 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va import qilinadigan avtotransport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilgan. Biroq ushbu yig‘im bo‘yicha undirilgan to‘lovlar bo‘yicha so‘nggi 1,5 yil davomida ma’lumotlar berilmagan. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, Uzauto Motors ushbu yig‘im bo‘yicha 2020 yil avgust-dekabr oylari uchun qariyb 2,5 trln so‘m, 2021 yil uchun esa kamida 5,3 trln so‘m to‘lashi kerak.

21 fevral 2022, 18:20

2021-yilda iste’molchilar huquqlarini buzgan 466 nafar bank xodimi jarimaga tortilgan

Markaziy bank 2021-yilda iste’molchilarning huquqlarini buzgan 16 ta tijorat banki va 8 ta mikrokredit tashkilotidan jami 1 mlrd 177 mln so‘m miqdorida jarimalar undirdi. Shundan 829 mln so‘mi qoidabuzarliklarga sababchi bo‘lgan 466 nafar bank xodimi hisobidan qoplangan. Qolaversa, yil davomida banklardan iste’molchilarga 25,4 mlrd so‘m qaytarib berilgan.

21 fevral 2022, 16:43

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 713,9 mln dollarga kamaydi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 feral holatida mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi 34,425 mlrd dollarni tashkil etib, yanvarga nisbatan 713,9 mln dollarga kamaydi. Bunda asosiy rolni xorijiy valyutadagi zaxiralarning 532,6 mln dollarga kamayishi o‘ynagan. Oltin zaxiralari miqdori o‘zgarmagan bo‘lsada, uning qiymati bu oyda 175,1 mln dollarga kamaydi.

21 fevral 2022, 13:41

To‘rt nafar o‘zbekistonlikning Shveysariya bankidagi hisob raqamlari ochiqlandi

Jurnalistlar Shveysariyaning Credit Suisse bankidagi hisob raqamlari bo‘yicha sizdirilgan ma’lumotlarni o‘rgandi. Bank xizmat ko‘rsatgan mijozlar orasida O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning rafiqasi, Tennis federatsiyasining sobiq rahbari Igor Shepelev, Timur Tillayevning qarindoshi va Alisher Usmonovning singlisi bor.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting