Iqtisodiyot

8 iyun 2021, 11:18

YeTTB Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga $70 mln ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Namangan viloyatining uchta tumanida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini qurish uchun 70 mln dollar miqdorida kredit ajratadi.

8 iyun 2021, 09:08

Maydoni kamida 20 sotix bo‘lgan uy-issiqxona majmualari tashkil etiladi

O‘zbekistonda har birining maydoni kamida 20 sotix bo‘lgan uy-issiqxonalar tashkil etiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tayyor holdagi issiqxonalar 2021 yil 31 dekabriga qadar bojxona bojidan ozod qilindi.

7 iyun 2021, 20:53

676 turdagi texnologik uskunalar importi boj va QQSdan ozod qilindi (ro‘yxat)

Hukumat O‘zbekistonga import qilishda bojxona to‘lovlari va QQSdan ozod qilingan 676 turdagi texnologik uskunalar ro‘yxatini tasdiqladi. Ular orasida yadro reaktorlari, qandolatchilik sanoati, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar, yo‘lovchi samolyotlari, tibbiy asbob-uskunalarning ayrim turlari va boshqalar bor.

7 iyun 2021, 19:03

Ko‘chma savdo tartibga solinadi

Ko‘chma savdo bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar «K-SAVDO» axborot tizimi orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Savdo joyi onlayn auksionda sotiladi.

7 iyun 2021, 18:33

Yevroittifoq O‘zbekiston agrosektorini rivojlantirishga 11 mln yevro ajratdi

Yevropa ittifoqi O‘zbekistonga agrooziq-ovqat sektorini qo‘llab-quvvatlash va qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga 11 mln yevro ajratdi.

7 iyun 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi arzonladi

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 547 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.

5 iyun 2021, 14:17

S&P O‘zbekiston reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozni oshirdi

S&P Global Ratings agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini «BB-» darajasida saqlab qoldi, lekin reyting prognozini «salbiy»dan «barqaror»ga oshirdi. Ushbu qaror tashqi qarz o‘sishining sekinlashgani, takomillashgan fiskal siyosat va islohotlar bilan bog‘liq. Agentlik, shuningdek, mamlakatning kredit reytingini yanada kamaytirishga xizmat qiluvchi omillarga ham to‘xtalib o‘tgan.

5 iyun 2021, 09:31

Sement importi hajmi keskin oshdi

O‘zbekiston yanvar-aprel oylarida sement importi hajmini ikki barobarga oshirdi. To‘rt oy ichida 50,5 mln dollarlik 1 mln tonna sement olib kirildi — sabablar va eng ko‘p sement import qilingan davlatlar.

5 iyun 2021, 08:57

Tok o‘chishi natijasida «O‘zbekneftgaz» korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qoldi

Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish sababli «O‘zbekneftgaz» korxonalari, gaz konlari va kompressor stansiyalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qoldi. Bu holat magistral gaz quvurlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sarfi kamayishiga ham olib keldi.

4 iyun 2021, 20:35

14 iyundan 2000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi — Markaziy bank

14 iyundan nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi. Banknotlar mavzusi «Buyuk Ipak yo‘li» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiga bag‘ishlangan.

4 iyun 2021, 17:54

Jahongir Ortiqxo‘jayev 3 yil ichida Toshkent iqtisodiyotining 2 baravarga o‘sgani haqida xabar berdi, ammo bunday emas

So‘nggi uch yil ichida Toshkent iqtisodiyoti ikki baravar o‘sdi, dedi Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev. Aslida esa 2018−2020 yillarda poytaxt yalpi hududiy mahsulotining o‘sish sur’ati 22,6 foizni tashkil etdi. Shahar hokimi qurilgan metro bekatlari soni haqida ma’lumot berishda ham adashdi.

4 iyun 2021, 16:46

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 547 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.

4 iyun 2021, 16:38

O‘zbekistonda 2000 va 20 000 so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi

O‘zbekiston Markaziy banki 2000 va 20 000 so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqaradi.

4 iyun 2021, 15:13

YeTTBning Urganch shahridagi mintaqaviy vakolatxonasi ochiladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) oliy darajadagi delegatsiyasi birinchi vitse-prezident Yurgen Rigterink Urganch shahrida YeTBB yangi mintaqaviy vakolatxonasining ochilishi marosimini o‘tkazadi.

4 iyun 2021, 11:40

O‘zbekiston to‘rt oyda 113,7 mln dollar qiymatida yengil avtomobillar import qildi

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 113,7 mln dollarga teng bo‘lgan yengil avtomobillar import qilgan bo‘lib, bu borada Xitoy, Koreya va Rossiya mamlakatlari yetakchi bo‘lib turibdi.

4 iyun 2021, 10:34

May oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi so‘nggi o‘n yil ichida rekord darajaga yetdi

May oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari so‘nggi o‘n yil ichida eng yuqori darajaga bo‘ldi. Shu bilan birga, dunyo bo‘ylab mahsulotlar narxlari 12 oy ketma-ket o‘sib bormoqda, deya ma’lum qildi FAO.

3 iyun 2021, 16:30

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket oltinchi bor pasaymoqda

Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga arzonladi va jami 10 539 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

3 iyun 2021, 14:58

Toshkentda uchta ko‘prik va yo‘l qurilishi 518,3 mlrd so‘mgacha qimmatlashganiga izoh berildi

Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli yo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi bahosi 280 mlrd so‘mdan 518,3 mlrd so‘mgacha oshirildi. Poytaxt hokimiyati va bosh pudratchi buni qurilish materiallari narxi oshgani va loyiha qo‘shimcha ishlab chiqilgani bilan izohladi.

3 iyun 2021, 13:21

O‘zstandart agentligi tugatilmoqda

Prezident farmoni bilan O‘zstandart agentligi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda.

3 iyun 2021, 11:55

Farg‘onada yirik quyosh elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi Farg‘ona viloyati hududida tahminiy qiymati $700 mln ga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting