Iqtisodiyot

30 aprel 2021, 16:11

O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya paydo bo‘ladi — transport vaziri

Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya tashkil etilishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi transport vaziri va Uzbekistan Airways rahbari Ilxom Maxkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar allaqachon fuqarolik aviatsiyasi agentligiga ariza topshirishgan va lizing asosida samolyotlarni sotib olish ustida ish olib borishmoqda. Aviakompaniyalardan biri Air Marakanda bo‘lishi mumkin.

30 aprel 2021, 10:24

O‘zbekistonda kriptobirjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

O‘zbekiston fuqarolariga kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.

29 aprel 2021, 16:46

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaymoqda

Dollarning rasmiy kursi 6 so‘mga arzonladi va jami 10 509 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

28 aprel 2021, 23:07

O‘zbekiston va Ukraina may oyida aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

May oyida O‘zbekiston va Ukraina to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, haftasiga 2−3 ta reys amalga oshiriladi. Vazir Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlariga reyslar bekor qilinganiga ham izoh berdi.

28 aprel 2021, 16:42

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 14 so‘mga arzonladi va jami 10 515 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

28 aprel 2021, 14:58

UzAuto Motors o‘zining ilk yevroobligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirdi

UzAuto Motors London fond birjasida o‘zining birinchi xalqaro evrobondlarini chiqardi. Buyurtmalar hajmi 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Obligatsiyalar Buyuk Britaniya, AQSH va Germaniyaning 130 ga yaqin investorlari o‘rtasida taqsimlandi.

28 aprel 2021, 14:01

Farg‘onada elektromobillar yig‘ilishi rejalashtirilgan

Farg‘onada yil oxirigacha elektromobillarni yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. 520 mlrd so‘mlik qiymatga ega investitsion loyiha prezident ishtirokidagi yig‘ilishda taqdim etildi.

27 aprel 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga arzonladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

26 aprel 2021, 19:10

Qanot Sharq ilk samolyotini qabul qilib oldi

Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi birinchi Airbus A320 samolyotini qabul qilib oldi. Bir oy ichida yana bir xuddi shunday bortning yetib kelishi kutilmoqda.

26 aprel 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga qimmatladi va jami 10 548 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

24 aprel 2021, 16:15

Senat o‘simlik yog‘i importiga QQSni bekor qilishni ma’qulladi. Byudjetga 267 mlrd so‘m tushmaydi.

Senatorlar o‘simlik yog‘i, kungaboqar, zig‘ir va soya urug‘i importiga QQSni bekor qilishni ma’qulladi. Bundan tashqari, kungaboqar va paxta yog‘i hamda ularning urug‘lariga eksport bojlari joriy etiladi. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov soliq imtiyozlari sababli byudjetga 267 mlrd so‘mlik tushum bo‘lmasligini hamda yo‘qotish o‘rni qanday qoplanishini ma’lum qildi.

23 aprel 2021, 21:47

O‘simlik yog‘i importini QQSdan ozod qilish va uning eksportini cheklash taklif qilindi

Qonunchilik palatasi yil oxirigacha o‘simlik yog‘i va kungaboqar urug‘i importiga hamda ichki bozorda realizatsiyasiga belgilangan QQSni bekor qilish bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, Senatga yubordi. Hukumat ham o‘z choralarini ishlab chiqmoqda.

23 aprel 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 539 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

23 aprel 2021, 15:31

O‘tgan yili 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan — Tanzila Narbayeva

2020 yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan. Qurilish sohasida 124 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 41 ta va ta’lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurishda 367 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

23 aprel 2021, 13:41

«14 ta kvartira, 43 ta mashina, 172 ta do‘kon». Bosh prokuror — sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklarining undirilgan mulki haqida

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m,172 ta do‘kon, ko‘p qavatli uylardagi 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina va boshqa ko‘chmas mulklar zararni undirish uchun xatlanganini ma’lum qildi. Sobiq hokim o‘rinbosari va yana 10 kishi hibsga olingan.

22 aprel 2021, 18:41

Xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratiladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmatlar bozorini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo‘shimcha 300 mln dollar, shundan 1 iyulgacha 150 mln dollar ajratiladi.

22 aprel 2021, 17:50

Makro Toshkentdagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazidan chiqib ketdi

Makro Toshkent shahridagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazida joylashgan do‘konini sotdi. Endi u yerda Carrefour brendi ostida gipermarket ochilishi kutilmoqda.

22 aprel 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 16,77 so‘mga arzonladi va jami 10 535,24 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

22 aprel 2021, 14:46

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning prognozlariga ko‘ra, 2021 yilda YAIM o‘sishi yuqori prognoz chegarasida (5,5%) kutilmoqda.

22 aprel 2021, 12:34

Respublika bo‘ylab yoshlar sanoat zonalari tashkil etiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi. Sentyabrgacha 77 ta shunday zona ochiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting