Iqtisodiyot

10 may 2021, 18:24

34 ta klaster chigit narxini sun’iy ravishda oshirganlikda gumon qilinmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birjada texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib sun’iy oshirish alomatlari bilan 34 ta paxta klasteriga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Aprelda ular narxi 38 fizga ko‘tarilgan.

10 may 2021, 16:47

9 viloyatda yog‘ arzonlashdi, Toshkentda esa qimmatlashdi — ITIM

O‘zbekistonda bir litr o‘simlik yog‘i narxi hafta davomida 0,5 foizga arzonlashib, 19,1 ming so‘mgachani tashkil etdi, deya ma’lum qildi ITIM. Narxlar 9 viloyatda arzonlashgan bo‘lsa, Toshkent va qolgan hududlarda qimmatlashishda davom etmoqda. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov avvalroq QQS stavkasining pasayishi xizmat va tovarlarning arzonlashuviga ta’sir qilmasligini ta’kidlagan edi.

10 may 2021, 16:20

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga qimmatladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham yana ko‘tarildi.

10 may 2021, 15:34

2021 yilda O‘zbekiston aholisi ko‘proq naqd pul yechib olishni va xorijiy valyuta sotib olishni boshladi

Yanvar-aprel oylarida banklarning kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar esa 73,9 trln so‘mni tashkil etdi.

10 may 2021, 14:28

15 maydan taksilarga oid tajriba boshlanadi. Noqonuniy taksichilar faoliyati qanday tartibga solinadi

O‘zbekistonda 15 maydan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yo‘lovchilarni tashishga ruxsat berishga oid tajriba boshlanadi. Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy taksilar soni 100 mingdan oshadi. Hukumat noqonuniy taksichilarni qanday tartibga solishni rejalashtirmoqda — prezident qarorining eng asosiy jihatlari.

10 may 2021, 13:54

Total Eren kompaniyasi Samarqandda quyosh elektrostansiyasini quradi

YeTTB, YeIB va Proparco Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega Total Eren quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 87,4 mln yevro ajratmoqda.

10 may 2021, 13:15

Bozorda ustunligini saqlab turgan kompaniyalar ro‘yxati yangilandi

O‘zbekistonda bozorida ustunligini saqlab turgan kompaniyalar ro‘yxatiga 107 xil mahsulot va xizmat ko‘rsatish turi bo‘yicha 93 ta kompaniya kiritildi.

8 may 2021, 16:52

O‘zbekistondagi avtomobil eksportining deyarli barchasi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda

2021 yilning I choragida O‘zbekiston Qozog‘istonga 82,6 mln dollar miqdorda 8 468 dona yengil avtomobil eksport qilgan. Bu ushbu davrdagi O‘zbekiston yengil avtomobil eksportining deyarli 95 foizini tashkil qiladi.

8 may 2021, 15:13

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari yanvar oyidan buyon ilk bor o‘sdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari bir oy ichida 1,5 mlrd dollarga oshib, 1 may holatiga ko‘ra 34,1 mlrd dollarni tashkil qildi.

7 may 2021, 18:04

Samarqand sayyohlik markazi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi va u kim tomonidan quriladi

Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali hududida joylashgan, 353 mln dollarga baholangan Silk Road sayyohlik markazini 2022 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu yerda kongress-xoll, sakkizta mehmonxona, «Abadiy shahar» majmuasi, dam olish maskani va boshqa ob’ektlar paydo bo‘ladi. Markaz qanday ko‘rinishda bo‘ladi (foto).

7 may 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatladi va jami 10 511 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

7 may 2021, 09:25

Soliq xizmati xodimlari daromadlarini majburiy deklaratsiya qilishlari mumkin

DSQ soliq xizmati xodimlari uchun daromadlarni majburiy deklaratsiya qilish taklifini ilgari surdi. Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, ular o‘zlariga tegishli harakatlanuvchi va ko‘chmas mulklar, shuningdek, yil davomida umumiy daromadlaridan olingan boshqa aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiyada ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

6 may 2021, 16:34

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi marta pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 493 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

6 may 2021, 11:11

2020 yilda eng ko‘p zarar va eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonalari

«O‘ztransgaz» 2020 yilda 3,5 trln so‘mlik zarar bilan yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonasi bo‘ldi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonasi bo‘ldi.

5 may 2021, 22:05

Kungaboqar yog‘ining bojxona omborlarida to‘planishi sun’iy taqchillikni keltirib chiqarishi mumkin — ITIM

O‘simlik yog‘i importiga QQSning bekor qilinishi arafasida bojxona omborlaridagi kungaboqar yog‘i hajmi bir hafta ichida 3500 tonnadan 6500 tonnaga ko‘paydi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bu sun’iy taqchillikni keltirib chiqarib, narxlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda.

5 may 2021, 17:16

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga arzonladi va jami 10 501 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi.

5 may 2021, 14:37

Uzbekistan Airways oltinchi Dreamliner’ni qabul qilib oldi

Toshkentga AQSHdagi Boeing zavodidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan Uzbekistan Airways’ning oltinchi Dreamliner’i yetib keldi. Ushbu samolet orqali Orolbo‘yi hududlari uchun 3 mln dollarlik gumanitar yetkazib berildi. Shuningdek, Boeing kompaniyasi 100 ming dollarlik xayriya qildi.

5 may 2021, 09:27

Pensiya va nafaqalarni tarqatish huquqi turli banklarga beriladi

Keyingi yildan boshlab pensiya va nafaqalarni tarqatadigan banklar tender orqali tanlanadi. Ular pensiyalarni naqd pulda berishlari kerak bo‘ladi. Pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport (ID-karta) talab qilinadi.

4 may 2021, 17:03

O‘zbekiston va YeIK iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, bojxona va texnik jihatdan tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va boshqalarga qaratilgan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

4 may 2021, 16:50

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting