Iqtisodiyot

2 mart 2020, 19:19

SkyPower Global rahbari O‘zbekiston prezidentiga murojaat qildi

O‘zbekiston quyosh energetikasiga 1,3 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirgan Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma imzolanganiga ikki yil bo‘lganiga qaramasdan, hukumat energiyani sotib olish haqida kafolat taqdim etmadi. Kompaniya O‘zbekistondan yanada jozibali takliflar paydo bo‘lgan taqdirda ham o‘z majburiyatlarini bajarishni so‘radi.

29 fevral 2020, 14:42

1 martdan ayrim tanga va pullar muomaladan chiqarilmoqda

Markaziy bank eski namunadagi 25 so‘m va undan kichik bo‘lgan tanga va banknotlarni muomaladan chiqarishini e’lon qildi.

28 fevral 2020, 18:26

Davlat ulushi bo‘lgan 1100 dan ortiq kompaniyalar to‘liq xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, jumladan, banklar, «Qo‘yliq», «O‘rikzor» va «Aviasozlar» kabi bozorlar, «Paxtakor» va «Neftchi» kabi futbol klublari, gazeta tahririyatlari va boshqalarni to‘liq xususiylashtirishni taklif qilmoqda.

28 fevral 2020, 16:33

Prezident Yashnobod texnoparkiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yashnobod tumanidagi texnoparkka, jumladan «aqlli» gaz hisoblagich ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. Prezident korxona ishlab chiqarish bilan cheklanmay, ularni o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.

27 fevral 2020, 10:21

Toshkentda 471,7 mln so‘mlik QQS to‘lamagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 2,4 mlrd so‘mlik tovarlarni naqd pulga sotib, 471,7 mln so‘mlik QQSni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

26 fevral 2020, 21:45

Davlat ulushi bo‘lgan 13 ta yirik korxona isloh qilinadi

Prezident farmoni loyihasida 13 ta yirik davlat korxonasi, jumladan, «O‘zbektelekom», «O‘zavtosanoat», «Toshashahartransxizmat», «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqalarni isloh qilish taklif etilmoqda.

26 fevral 2020, 17:11

Bo‘stonliqda dachalar endilikda maxsus guvohnoma asosida ijaraga beriladi

May oyidan boshlab Bo‘stonlik tumanida mototsikllar, paraplanlar, supa, so‘ri va boshqa dam olish ob’ektlari soliqqa tortiladi. Dacha va dam olish uylari esa maxsus guvohnoma asosida ijaraga beriladi.

26 fevral 2020, 12:11

2021- yildan buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritishga o‘tiladi

2021- yildan aksionerlik jamiyatlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari va yirik soliq to‘lovchilar majburiy tartibda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tadi.

24 fevral 2020, 18:43

Janubiy Koreya bilan kimyo sohasida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kimyo sohasida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

24 fevral 2020, 14:06

Hukumatning yangi ipoteka siyosati ma’lum qilindi

Hukumat ipoteka krediti shartlarini yengillashtirdi, shuningdek, alohida toifaga mansub aholi uchun byudjetdan subsidiya ajratmoqda. Joriy yilda 17 mingdan ortiq uy-joy qurilishi boshlanadi, shunda 13 mingdan ortiq oila imtiyozli taklif bilan sharoitini yaxshilab olishi mumkin.

21 fevral 2020, 21:46

2023-yilgacha raqamli iqtisodiyot strategiyasi ma’lum qilindi

2020−2022-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari ma’lum qilindi. Bu haqda iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichiga bag‘ishlangan konferensiyada fikr bildirgan.

21 fevral 2020, 12:14

Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi

Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi. Limonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 mln dollarlik kredit jalb qilinadi.

20 fevral 2020, 16:49

O‘zbekiston prezidenti turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugun mamlakatimizga kirgan kompaniya albatta manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman, dedi prezident turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.

20 fevral 2020, 14:12

Aviachiptalar narxi qanday qilib arzonlashtiriladi?

Loukasterlar, qo‘l yukisiz va qaytarilmaydigan tariflar hisobiga aviachiptalar qariyb 20 foizga arzonlashtiriladi, deya ma’lum qildi transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov.

19 fevral 2020, 13:31

Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli qoldirildi

5−6 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi koronavirus sababli kuzga qoldirildi.

18 fevral 2020, 16:18

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha amaliy uchrashuvlar yana davom etadi — TIV

Jenevada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishlari qaytadan boshlanadi.

18 fevral 2020, 15:33

Hindiston O‘zbekiston yadro infratuzilmalarini rivojlantirishda yordamga tayyor

Hindiston O‘zbekistonda milliy yadro infratuzilmalarini rivojlantirish jarayonida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

18 fevral 2020, 13:24

Iqtisodiy zonalar haqidagi qonun yangilandi

«Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi yangi qonun uch oydan keyin 1996 yilda qabul qilingan erkin iqtisodiy zonalar haqidagi qonunning o‘rnini egallaydi. Iqtisodiy zonalar turlariga ko‘ra ajratiladi, u yerda amalga oshiriladi investitsiya loyihalariga talab qo‘yiladi.

17 fevral 2020, 15:02

Aeroportlar jozibadorligi qanday ta’minlanadi?

Transport vaziri Elyor G‘aniyev aviayoqilg‘i narxlari va yig‘imlarni pasaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston aeroportlariga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. U nima uchun «Navoiy» logistika markazi rivojlana olmaganiga ham izoh berib o‘tdi.

17 fevral 2020, 14:35

Soliq kodeksida xronometraj tekshiruviga ruxsat berilmagan — DSQ

1 aprelga qadar sayyor tekshirish doirasida xronometraj tadbirini o‘tkazish tartiblari ishlab chiqiladi, deya xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra, xronometraj tekshiruvini olib borish mumkin emas.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting