2020−2022 yillarda chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish va import qilishga davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi.
G‘alla xaridida davlat buyurtmasidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, prezident qarori bilan Qishloq xo‘jaligiga yuklatilgan vazifa va vakolatlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Qibray tumanida Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri tashkil etiladi. Uning hududida Farmatsevtika texnik universiteti va sanoat zonasi joylashadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev samolyot va poyezdlarda xizmatlar sifatining pastligi va chiptalar narxi qimmat ekanligini tanqid qildi.
Qonunchilikdagi yangilikka binoan, manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan 68 nafar mahkumga pensiya tayinlangan. Ammo shu toifa mahkumlarning 300dan ortig‘i davlat pensiyasini olish yoshiga yetgan. Pensiya jamg‘armasi vakili Shuhrat Utaganov ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Hamkorbank rahbarining sobiq o‘rinbosari Alisher Mirzayev «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Milliy paxta mahsulotlarini jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori — Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda. Ular amalga oshirilgan ishlarni tekshirmoqchi.
Aholi va ishbilarmonlarning kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi. Markaziy bank esa 2020 yil uchun inflyatsion prognozni 12−13,5 foiz darajasida saqlab qoldi.
Germaniyaning DEG (Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft) investitsiya korporatsiyasi «Kafolat» sug‘urta kompaniyasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Korporatsiya sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniyalar rivojiga hissa qo‘shadi.
O‘tgan yili O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2018-yilga nisbatan 27,5 foizga o‘sib, 2,32 mln so‘mni tashkil etdi.
2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi. Yangi avtomobillar narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.
Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi uchun PWC va Arup kompaniyalari tomonidan dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitob hujjatlari tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston hukumati va Jahon banki milliy fuqarolik aviatsiyasini modernizatsiya qilishda ko‘mak berish maqsadida bitim imzoladi. Bu tomonlar o‘rtasida tuzilgan ikkinchi kelishuvdir.
Humo Air aviakompaniyasi ichki reyslarda arzon narxlarni taklif qilib, turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda, yozmoqda Spot.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichi yakunlangan.
Prezident parlamentga murojaatida tadbirkorlarni ko‘p qiynaydigan soha — litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartirilishi ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash — iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifa ekanini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llayotgan murojaatnomasida O‘zbekistonda o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etganini bildirdi.
Vazirlar Mahkamasi yangi Humo Air aviakompaniyani tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Kompaniya muassisi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bo‘ladi.
Barcha yirik korxonalarning har yili majburiy audit tekshiruvidan o‘tishi belgilandi. Kapital bozorni rivojlantirish agentligi ushbu o‘zgarishdan ko‘zlanayotgan maqsadni ochiqladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting