Mahalliy kengashlarga avtotransportga egalik qilish uchun yillik yig‘im hamda yoqilg‘i uchun (yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mgacha) maxsus yig‘im joriy etishga ruxsat berildi. Ushbu yig‘imlar mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Banklar ayrim filiallari, mini bank va operatsion kassalarini yopmoqda. Yirik filiallar zarar bilan ishlayotgani sababli ular o‘rniga bank xizmatlari ofislari tashkil etilmoqda.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaatida yer ajratish va qurilish sohasidagi muammolarni sanab o‘tdi. U adolatli sharoitlarni yaratish va poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni tezlashtirishga va’da berdi.
Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi 9 dekabr kuni Tehron-Toshkent-Tehron yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirdi. Qatnovlar hozircha haftada bir marta amalga oshiriladi.
Oliy Majlis deputatlari yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildi.
Samarqand viloyatida Hollywood nusxasidagi kino olish shaharchasi — Cinema City Sollywood quriladi. 45 mln dollarlik loyiha dam olish va istirohat bog‘lari, akvapark va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston prezidenti 2021 yildan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.
Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida gaz hisoblash uskunalariga ta’sir ko‘rsatish orqali 30,4 mlrd so‘mlik gaz talon-taroj qilingani aniqlandi.
Dekabrdan Mastercard kartalari egalari Humo terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
«Milliy bank» unitar korxonadan aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari sotiladi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev davlatning iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvini qisqartirish kerakligini bildirdi.
Qozog‘istonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali chop etilishini ma’lum qildi. Ilk sonning mart oyida nashr etilishi kutilmoqda.
2020 yildan bir kub metr yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlariga 25 dollar miqdorida aksiz solig‘i joriy etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni esa soliqlar va bojlardan ozod qilish taklif etilmoqda.
«KamAZ» Samarqand viloyatida yangi yig‘ish liniyasini ochib, ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi.
SamAuto zavodida Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarish boshlandi. Yangi model uchta modifikatsiya va yetti rangda savdoga chiqariladi, narxlar 270−380 mln so‘m atrofida bo‘ladi.
2022 yildan tadbirkorlik sub’ektlari aholidan naqd pul olishda onlayn nazorat-kassa apparatlari va virtual kassalardan foydalanishga o‘tadi.
Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov olti oydan so‘ng qayta moliyalash stavkasining pasayishi kutilayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, bu kreditlar va depozitlar foiz stavkalariga ijobiy ta’sir qiladi.
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yuridik shaxslarning soliq to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hukumat qarori bilan 2019−2020 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning prognoz hajmlari tasdiqlandi.
Markaziy bank 2020 va 2021−2022 yillar uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi. 2020 yilda YAIM o‘sish sur’atlari 5,2−5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,5−5,8 foizgachani tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting