Iqtisodiyot

24 aprel 2020, 20:39

“Energiya narxlarini liberallashtirish qoldirilgan” — moliya vaziri o‘rinbosari

Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov elektr va gaz narxlarini liberallashtirish rejasi noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, fevralda energotashuvchilar tariflarini oshirish rejalashtirilgan edi.

24 aprel 2020, 13:54

Gruziyaning TBC banki O‘zbekistonda o‘z faoliyatini iyun oyida boshlaydi

TBC Uzbekistan iyundan ish boshlaydi. Bank naqd pul ko‘rinishidagi kreditlar, ish haqi garov kreditlari, avtokreditlar va boshqa xizmatlarni taklif qiladi. Bankka tegishli Payme kompaniyasi esa alohida ishini davom ettiradi.

24 aprel 2020, 13:11

O‘zbekiston pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 3,1 mlrd dollar jalb qilmoqchi

O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun 3,1 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu mablag‘larning 277,5 mln dollari — sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, 700 mln dollari — tadbirkorlikni, 300 mln dollari — kommunal va energetika korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Davlat byudjetiga 1,8 mlrd dollar yo‘naltiriladi.

24 aprel 2020, 12:32

Google O‘zbekistonda soliq to‘lashni boshladi

Google, Apple, Samsung, Netflix va boshqa kompaniyalar O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun ro‘yxatdan o‘tishdi. Google 2020 yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘lagan.

24 aprel 2020, 11:37

Ilon Mask va boshqa tadbirkorlar Donald Tramp maslahatchilariga aylanishdi

Donald Tramp koronavirus pandemiyasidan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan “Amerikaning buyuk iqtisodiy tiklanishi” loyihasiga jalb etiladigan shaxslar ro‘yhatini e’lon qildi. Unga Ilon Mask, Jeff Bezos, Mark Sukerberg va bir qator taniqli Amerikalik tadbirkorlar va davlat arboblari kirgan. Ularning asosiy vazifasi inqirozdan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklash masalasida Trampga maslahat berish.

23 aprel 2020, 23:49

O‘zbekiston COVID-19 oqibatlariga qarshi kurashish uchun eng kamida 1,6 mlrd dollar qarz oladi

Xalqaro moliya tashkilotlari O‘zbekiston hukumatiga byudjetni qo‘llab-quvvatlash va Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasini moliyalashtirish uchun eng kamida 1,6 mlrd dollar kredit mablag‘larini taqdim etadi.

23 aprel 2020, 21:14

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni 4−5 baravarga ko‘paytirish topshirildi

Prezident “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga kelgusi 5 yilda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 4−5 baravarga ko‘paytirish, tannarxni raqobatchilarga nisbatan arzonlashtirib, tashqi bozorlarni egallash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, YeI bozorlari uchun GSP+ maqomini olish hamda mahsulotlarni BSI standartlari asosida sertifikatlashni jadallashtirish topshirildi.

23 aprel 2020, 16:18

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 3,5 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari esa 1,130 trln so‘mga teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi energetika sohasi barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

23 aprel 2020, 15:45

“Narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emas” — prezident

Shavkat Mirziyoyev dehqon va ishlab chiqaruvchilarga murojaatida narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emasligi, chunki ularga davlat qo‘lidan kelgancha ko‘mak berayotganini ta’kidladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bosh prokuror narx-navo bilan shaxsan shug‘ullanmoqda.

23 aprel 2020, 14:46

Jahon banki pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda

Jahon banki 2020 yilda pandemiya tufayli dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Xususan, Rossiyada ishlaydigan mehnat muxojirlarning o‘tkazmalarining kamayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga salbiy tashqi shoklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

23 aprel 2020, 13:14

Tibbiy mahsulotlar uchun xom ashyo eksportiga cheklovlar joriy etilmoqda

Hukumat koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etmoqda.

22 aprel 2020, 23:21

Jahon banki O‘zbekistonga 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi

Jahon banki O‘zbekistonga «COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob» loyihasi uchun 95 mln dollar, «O‘zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta’minlash» loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun esa 200 mln dollar, jami 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi.

22 aprel 2020, 23:09

Shavkat Mirziyoyev servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev servis sohasini rivojlantirish, xususan, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va frilanserlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

22 aprel 2020, 22:55

Karantin sababli ishsiz qolgan fuqarolar nomma-nom aniqlanadi

Barcha tuman va shaharlarda karantin cheklovlari sababli ishsiz qolgan va ehtiyojmand aholi nomma-nom aniqlanadi. Prezident 110 ming kishini mavsumiy, 167 ming fuqaroni jamoat ishlari bilan qamrab olish vazifasini qo‘ydi.

22 aprel 2020, 21:10

20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan yettitasida faol tashqi savdo balansi kuzatildi

Birinchi chorakda O‘zbekistondagi 3298 ta eksportyor tomonidan qariyb 2,4 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 81,4 foizni tashkil etdi.

22 aprel 2020, 13:53

O‘zbekiston tashqi savdosi deyarli 1 mlrd dollarga qisqardi

Koronavirus pandemiyasi sababli yanvar-mart oylarida import hajmi 10 foizga, eksport esa 11 foizga qisqardi. Xitoy 2016 yildan beri ilk marotaba O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori pozitsiyasini yo‘qotdi. Uning o‘rnini tashqi savdo aylanmasidagi 16,9 foiz ulush bilan Rossiya egalladi.

22 aprel 2020, 09:30

Qibrayda 25 mln dollarga chet ellik investorlar uchun shaharcha quriladi

Turkiyadagi to‘qimachilik kompaniyasi Qibray tumanidagi Invest Village shaharchasi loyihasiga 20 mln dollar sarmoya kiritmoqda. Investorga berilayotgan yer uchastkasi qishloq xo‘jaligi toifasidan aholi punkti toifasiga o‘tkaziladi.

21 aprel 2020, 23:41

MB valyutada kredit olganlarning zararlarini qoplab bermaydi

Markaziy bank valyutada kredit olganlarning so‘m devalvatsiyasi natijasida ko‘radigan zararlarini qoplashni rejalashtirayotgani yo‘q. Valyutadagi kreditlar bo‘yicha xatarlarni qarz oluvchilarining o‘zlari mustaqil ravishda hisobga olishlari kerak, deya qayd etdi nazoratchi.

21 aprel 2020, 12:40

38 foiz YATTlar faoliyati karantin sababli to‘xtab qolgan — DSQ (aniqlik kiritildi)

Karantin choralari sababli 38,4 foiz yoki 95 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati to‘xtab qolgan. Ular soliq organlariga murojaat qilib, soliq yengilliklari olishlari mumkin.

21 aprel 2020, 12:03

Pandemiya sharoitlarida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi

Koronavirus pandemiyasi butun dunyo va O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga qanday ta’sir qiladi? Ushbu savollarga Jahon bankining O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchi mutaxassisi Sergiy Zorya javob berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting