Iqtisodiyot

17 mart 2018, 17:21

Markaziy bank yangi 200 so‘mlik tangalarni muomalaga chiqaradi

Senat 50, 100 va 500 so‘mlik tangalarning yangi dizayni hamda ilk bor chiqarilayotgan 200 so‘mlik tanga namunasini tasdiqladi.

17 mart 2018, 12:02

1 apreldan gaz tariflari oshiriladi

1 apreldan aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz tariflari 10 foizga oshiriladi.

16 mart 2018, 19:47

Samarqandliklar Istanbulga arzonroqqa ucha oladi

Samarqand aeroportiga Turkish Airlines aviakompaniyasining birinchi tijoriy reysi Istanbuldan kelib qo‘ndi. Parvozlar haftasiga ikki martadan amalga oshiriladi.

16 mart 2018, 11:17

Bosh prokuratura AQSH Maxfiy xizmati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va AQSH Maxfiy xizmati transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.

15 mart 2018, 19:47

O‘zbekiston va Qozog‘iston 2020 yilgacha savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari 2020 yilgacha savdo aylanmasi hajmini 5 mlrd dollargacha yetkazish va apreldan «Samarqand-Ostona» temir yo‘l qatnovini ishga tushirishga kelishdi.

15 mart 2018, 17:37

Elektr energiyasi tariflari 12 foizga oshiriladi

1 apreldan «O‘zbekenergo» elektr energiyasi tariflarini qariyb 12 foizga oshiradi.

15 mart 2018, 15:26

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 4 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar-fevral oylarida eksport tuzilmasida xizmatlar, import tuzilmasida esa mashinalar va uskunalar ulushi ko‘proqni tashkil etdi, tashqi savdo aylanmasi qariyb 4 mlrd dollarga yetdi.

15 mart 2018, 13:08

Toshkentda kvartiralar narxi 3 foizga ko‘tarildi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar fevralda 3 foizga qimmatlashdi.

13 mart 2018, 20:35

Varshavada Polsha-O‘zbekiston SSP ochildi

Varshavada Polsha va O‘zbekiston tadbirkorlari uchun ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashuvchi polyak-o‘zbek savdo-sanoat palatasi ochildi.

12 mart 2018, 18:00

«Turonbank» «Oriyonbank» banki bilan o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

«Turonbank» va «Oriyonbank» O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirishga qaratilgan memorandumni imzoladi.

12 mart 2018, 12:32

«Abu Saxiy» qayta tashkil etilganidan so‘ng byudjetga tushumlar hajmi oshdi

Sobiq «Abu Saxiy» bozori qayta tashkil etilganidan keyingi uch oy davomida narxlar arzonlashib, byudjetga tushumlar hajmi ortdi, deya xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanali.

10 mart 2018, 12:22

Hi-Tech City bunyod etiladigan joy ma’lum bo‘ldi

1,4 mlrd dollarga baholanayotgan Hi-Tech City — Toshkentning «yuqori texnologiyali tumani» O‘zekspomarkaz va Xalqaro biznes markazi joylashgan hududni o‘z ichiga oladi.

9 mart 2018, 17:23

Pensiya jamg‘armasiga yangi rahbar tayinlandi

Yorqin Tursunov Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

9 mart 2018, 15:31

O‘zbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlash hajmini ikki barobarga oshirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Dushanbedagi muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini 240 mln dollardan 500 mlnga yetkazish uchun hali ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

7 mart 2018, 17:42

Avtomobil transportini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

Qayta tashkil etilayotgan O‘zbekiston Avtomobil transporti agentligi poytaxt va viloyatlardagi shahar yo‘lovchi transportini boshqarish departamentlarini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi.

5 mart 2018, 22:14

Dizel yonilg‘isi o‘rtacha 12 foizga qimmatlashdi

1 martdan dizel yonilg‘isi uchun chakana narxlar o‘rtacha 12 foizga qimmatlashdi.

5 mart 2018, 13:27

Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi

O‘zbekistonda «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

2 mart 2018, 15:54

O‘zbekiston va Ukraina hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda

11 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Ukraina kuz oylarida hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda.

2 mart 2018, 14:38

Yo‘llarni ta’mirlash uchun yangi texnikalar xarid qilindi

Mamlakatdagi yo‘l-qurilish korxonalari uchun 100 dan ziyod texnikalar xarid qilindi. Yaqin oylarda yana 100 donadan ortiqroq mashina yetkazib beriladi.

1 mart 2018, 12:31

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘zga chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 18−22 mart kunlariga mamlakat ichidagi qatnovlarga chegirmalar e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting