Iqtisodiyot

11 iyul 2021, 13:05

O‘zbekiston besh oyda 291,6 mln dollarga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan

Yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. Eksport qilish bo‘yicha hududlar kesimida Toshkent, Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

11 iyul 2021, 11:21

“O‘zbekiston shampani” zavodining davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zini shampan va gazlangan vinolarni ishlab chiqarish bo‘yicha yagona ixtisoslashgan zavod sifatida tan oladigan “O‘zbekiston shampani” aksiyadorlik jamiyatining 51,48 foiz davlat ulushini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

9 iyul 2021, 17:58

Davlat xizmatchisining xorijda ko‘chmas mulki bo‘lsa, yanvargacha uni yo‘qotishi kerak — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat xizmatchilarining xorijda mol-mulkka ega bo‘lishi 1 yanvardan taqiqlanishini eslatib, bunda ushbu davrgacha davlat xizmatida bo‘lgan paytda orttirilgan mulk ham inobatga olinishini ta’kidladi. «Agar bo‘lsa, yanvargacha yo‘qotish kerak unaqa mulkini. Meros bo‘lib qoladigan bo‘lsa ham, u merosni sotib yoki xadya bo‘ladigan bo‘lsa, uni ham o‘zidan begonalashtirishi kerak», — dedi u.

9 iyul 2021, 16:25

Dollarning rasmiy kursi uch kunlik o‘sishdan so‘ng biroz pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 9,26 so‘mga pasaydi va jami 10 621,49 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

9 iyul 2021, 15:11

O‘zbekiston 870 mln dollarlik suveren yevrobondlarni joylashtiradi

O‘zbekiston umumiy qiymati 870 mln dollarga teng bo‘lgan yevro obligatsiyalarini ikkita transhda chiqaradi. Dollarli transh 10 yil muddatga, so‘mda ko‘rsatilgan yevrobondlar esa 3 yoki 5 yilga chiqariladi, deya xabar berdi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov.

9 iyul 2021, 12:44

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasi uchun qariyb $11 mln ajratadi

O‘zbekiston hukumati va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida maktabgacha ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun 10,9 mln AQSh dollar ekvivalentidagi kredit bitimi imzolandi.

9 iyul 2021, 11:08

Xonadonida pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi

2022 yil 1 yanvardan ho‘l pilla hosilining 1 kg uchun 5 ming so‘m miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratiladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, qorako‘lchilikni yanada rivojlantirishga 200 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

9 iyul 2021, 09:50

Davlat mulkini 1 so‘m qiymatda sotish amaliyoti bekor qilindi

Prezident farmoni bilan davlat mulkini 1 so‘m qiymatda sotish amaliyoti bekor qilindi. obyektlar savdolarga bozor narxlarida chiqariladi. Mol-mulk sotilganidan keyin hududlar va davlat byudjeti ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushi 73 foizdan 87 foizgacha oshirildi.

9 iyul 2021, 09:00

Elektr ta’minotidagi uzilishlar biznesga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

Sifati buzilgan mahsulotlar, och qolgan mijozlar va ishlab chiqarishda yo‘qotilgan kunlar. «Gazeta.uz» tadbirkorlardan elektr ta’minotidagi uzilishlar ish faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini so‘radi.

8 iyul 2021, 20:41

Toshkent markazidagi Geologiya muzeyi binosi auksionga qo‘yildi

Toshkent markazidagi Geologiya muzeyi binosi auksionga qo‘yildi. Obyektning boshlang‘ich narxi — 27,6 mlrd so‘m.

8 iyul 2021, 18:59

J. P. Morgan O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 8,1 foizga o‘sishini prognoz qildi

J. P. Morgan investitsiya banki 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining 8,1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Mamlakat bozorlarni liberallashtirish, keng miqyosli xususiylashtirish orqali iqtisodiyotdagi davlat ulushni qisqartirish kabi islohotlar arafasida turibdi. Shu bilan birga, xususiylashtirishning xatarlardan kafolatlanmagani qayd etildi.

8 iyul 2021, 17:34

«Reklama to‘g‘risida"gi qonun loyihasi biznes-ombudsman bilan kelishilmagan

Biznes-ombudsman «Reklama to‘g‘risida"gi qonun loyihasi kelishish uchun taqdim etilmaganini ma’lum qildi. Qonun loyihasi tarkibida shakar, tuz va yog‘ yuqori bo‘lgan mahsulotlar reklamasiga cheklovlarni ko‘zda tutmoqda, biroq hujjat ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda. Ilhom Abdullayev 1998 yildan buyon qonunga tahririy tusdagi yoki har safar reklama bozorini cheklagan 15 ta tuzatish kiritilganini ma’lum qildi.

8 iyul 2021, 16:35

O‘zbekiston navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini London fond birjasida joylashtiradi

Moliya vazirligi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirilishini e’lon qildi. Obligatsiyalardan kelib tushgan mablag‘lar Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

8 iyul 2021, 16:19

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 5,71 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 630,75 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.

8 iyul 2021, 11:29

Taksichilik bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar qanday soliqlar to‘laydi?

Taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar 2021 yil uchun har oylik 150 ming so‘m qat’iy belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliqni to‘laydilar. Berilgan litsenziya varaqasi bo‘yicha bir yilga 245 ming so‘m miqdorida davlat boji undiriladi. 1 sentyabrgacha YATT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlar uchun davlat boji undirilmaydi.

7 iyul 2021, 20:30

Moody’s O‘zbekiston kredit reytingini «V1» darajasida saqlab qoldi, biroq prognozini oshirdi

Moody’s agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini «B1» darajasida saqlab qoldi, biroq «barqaror» prognozini «ijobiy»ga o‘zgartirdi. Bunga mamlakatning institutsional salohiyati yaxshilangani va davlat siyosati samaradorligi ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

7 iyul 2021, 16:07

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 22,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 625,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi biroz ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.

7 iyul 2021, 15:40

Navoiy IESda gaz sizib chiqishi tufayli elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin

Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bug‘-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi quvurida gaz sizib chiqdi. Nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz bajarish uchun gaz ta’minoti to‘xtatilmoqda. «Shu sababli respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin», — deya ma’lum qildi Energetika vazirligi.

7 iyul 2021, 13:54

Samarqand xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi

Saydullo To‘xtasinov Samarqand xalqaro aeroportining yangi direktori etib tayinlandi. Shu bilan birga u Andijon xalqaro aeroporti direktori vazifasida faoliyat yuritadi.

6 iyul 2021, 16:06

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 602,56 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi biroz pasaydi, rubl kursi esa biroz ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting