20 iyul, shanba

Iqtisodiyot

IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimini joriy etish uchun qo‘shma korxona tashkil qilindi 

Mobil telefonlarini IMEI-kodlar bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimini joriy etish yangi tashkil qilingan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi.

Fides Solutions Jahon banki qarori bo‘yicha izoh berdi 

Fides Solutions Jahon banki tomonidan kompaniyaga jazo choralari avvallari bir necha valyuta kurslari mavjud bo‘lganidan kelib chiqqan «tushunmovchilik» ortidan belgilanganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda «Yevro-6» standartidagi dvigatellarni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi 

O‘zbekistonda «Yevro-6» standartidagi avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish boshlanadi. Loyihaviy quvvat yiliga 190 mingta dvigatelni tashkil etadi.

UzAuto Motors kompaniyasining yangi modellari umumiy platformada ishlab chiqariladi 

UzAuto Motors kompaniyasining yangi modellari umumiy bazada ishlab chiqariladi. Bu ishlab chiqarish hajmini oshirib, tannarxni 20−25 foizga kamaytirishga xizmat qiladi, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat».

1 oktyabrdan trade-in dasturi ishga tushiriladi 

O‘zbekistonda 1 oktyabrdan trade-in dasturini ishga tushirish rejalashtirmoqda. Qo‘llanilgan mashinalarni ustama evaziga yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi.

Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi 

Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshladi. Iyun boshidan buyon o‘zbek iste’molchilariga 145 mln kVt⋅s elektr energiyasi yetkazib berildi.

Toshkentda ilk texnologik park ochiladi 

24 iyul kuni Toshkentda dastlabki IT-park ochilishi munosabati bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Lactalis Nestlé Uzbekistan kompaniyasining suv va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini sotib olmoqda 

Nestlé Uzbekistan suv va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini Fransiyaning Lactalis konserniga sotmoqda. Kompaniya boshqa mahsulotlarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib berishda davom etadi.

«Beyneu — Akjigit — O‘zbekiston chegarasi» xalqaro avtomagistrali ochildi 

Abdulla Aripov va Askar Mamin Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati markazidan O‘zbekiston chegarasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lini ochib berdi.

1-oktyabrgacha import qilingan go‘sht QQSdan ozod qilinadi 

1-oktyabrgacha import qilingan qoramol va parranda go‘shti qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Ish haqi, stipendiya va pensiyalarni indeksatsiya qilishga 3,4 trln so‘m yo‘naltiriladi 

Ish haqlari, stipendiyalar, pensiya va nafaqalarni indeksatsiya qilish uchun davlat byudjeti va Pensiya jamg‘armasidan 3,474 trln so‘m ajratiladi.

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida yangi korxonalar ishga tushiriladi 

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida beshta yangi korxona ishga tushiriladi. Prezident zavodga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar bilan tanishdi.